Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 139.74K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 214

2021-11-13 14:55:02
#Kun_mavzusi

Kuni kecha mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining milliy reyting natijalari eʼlon qilingan. Reytingda 1-oʻrinni Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo'jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti (TIQXMMI) egallaganligidan xabaringiz bor.

Vazir reytingda TOP 10 talikni egallagan oliy taʼlim muassasalarini qutlab, oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Vazir, shuningdek, oʻtgan yilning koʻrsatkichlariga nisbatan yuqoriroq natijalar koʻrsatgan oliygohlarni sanab oʻtdi. Jumladan,

BuxMTI bir oʻquv yilida 50-oʻrindan 28-oʻringa yaʼni 22 pogʻona koʻtarilgan;
TFI - 22 pogʻona yuqorilagan; AndMI - 20 pogʻona koʻtarilgan;
NavDKI - 16 pogʻonaga, GulDU - 14 pogʻonaga, OʻzDXA - 13 pogʻonaga, OʻzDK - 11 pogʻonaga, TDYU - 10 pogʻonaga, TPTI - 9 pogʻonaga, SamDTI - 8 pogʻonaga, TDSHU - 5 pogʻonaga, QarMII - 7 pogʻonaga, UrDU - 6 pogʻonaga, TerDU - 5 pogʻonaga, OʻzXIA - 4 pogʻonaga yuqoriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7.2K views11:55
Открыть/Комментировать
2021-11-13 14:35:19
#Live | #Kun_mavzusi

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi yig'ilish va seminar-treningda 96 ta davlat oliy ta'lim muassasalaridan 24,5 ming nafar ishtirokchi Zoom platformasi orqali qatnashmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
9.2K views11:35
Открыть/Комментировать
2021-11-13 13:50:53
#Live | #Kun_mavzusi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov rahbarligida oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, kredit-modul tizimini tatbiq etishdagi muammolarga bagʻishlangan yigʻilish va seminar-trening boshlandi.

Jarayonlarni vazirlikning YouTube media xostingidagi rasmiy sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.





Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
19.1K viewsedited  10:50
Открыть/Комментировать
2021-11-13 13:39:18 ​#Kun_mavzusi

Taʼlim jarayonining kredit-modul tizimi nimalardan iborat?

Aksariyat xorijiy universitetlarda, jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va AQShda ta’lim jarayoni kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) asosida tashkil qilingan.

Bu tizim birinchi navbatda taʼlim dasturining “modul” tizimini nazarda tutadi.

Yaʼni, muayyan mutaxassislik boʻyicha barcha oʻquv materiallari alohida bloklarga (modullarga) boʻlingan bo‘lib, talaba oʻz mutaxassisligi doirasida maʼlum bir fan / modulni tezlashtirilgan tartibda oʻrganadi. Ushbu fan boʻyicha maʼruza va amaliy mashgʻulotlar deyarli har kuni imtihon yoki test topshirilgunga qadar oʻtkaziladi.

ECTS tizimi taʼlim dasturlarining moslashuvchanligini ta’minlaydi. Tayyorgarlik darajasiga qarab talaba fan boʻyicha maʼlum miqdordagi soatlarni oladi.

ECTS tizimi individual oʻquv rejasini shakllantirishda talabalarning ishtirokini nazarda tutadi. Yaʼni, har bir talaba qaysi kursni semester boshida, qaysi birini semester ohirida oʻqishini o‘zi tanlaydi.

ECTS tizimining yana bir afzal tarafi – talabaning mustaqil taʼlim olishi. Talabaga mustaqil taʼlim uchun bir qator mavzular beriladi. Ular ijodiy ish, insho va taqdimotlar (prezentatsiyalar) tayyorlaydilar. Muallim tomonidan tavsiya etilgan qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlab, oʻzlari qiziqqan sohani oʻrganadilar.
14.8K views10:39
Открыть/Комментировать
2021-11-13 11:56:48
#Ochiq_yigʻilish

Koʻp sonli ota-ona va talabalarning taklifiga binoan bugun, 13-noyabr kuni, soat 15:30 da Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov rahbarligida oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, kredit-modul tizimini tatbiq etishdagi muammolarga bagʻishlangan yigʻilish va seminar-trening jarayonini Vazirlikning YouTube videoxostingi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrishingiz mumkin.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
20.6K viewsedited  08:56
Открыть/Комментировать
2021-11-13 09:17:59
Bugun, 13-noyabr kuni, soat 15:30da Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov rahbarligida oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, kredit-modul tizimini amalda tatbiq etishdagi asosiy muammolarga bagʻishlangan onlayn yig'ilish va seminar-trening tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan mazkur tadbirda barcha professor-o'qituvchilar (darsi borlar mustasno)ning o'z ta'lim muassasalaridan faol ishtirok etishlarini so'raymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
15.3K viewsedited  06:17
Открыть/Комментировать
2021-11-13 08:58:47
Шавкат Мирзиёев «Туркий давлатлар ташкилоти» саммитида иштирок этди

Президент қуйидаги асосий таклифларни илгари сурди:

Туркий давлатлар савдо ҳамкорлиги бўйича тадқиқот марказини ташкил этиш ва транспорт соҳасидаги ўзаро боғлиқлиқ дастурини ишлаб чиқиш;

ташкилотлар негизида “Инжиниринг ва технологиялар марказлари”ни ташкил этиш, шунингдек, Ўзбекистонда «Туркий давлатлар саноат ҳафталиги»ни ўтказиш;

БМТ билан ҳамкорликда Туркий мамлакатларнинг атроф-муҳит муҳофазаси бўйича тузилмасини тузиш;

«Туркий дунё туризми» ва «Табаррук зиёрат» сайёҳлик лойиҳаларини амалга ошириш;

2022 йилни Туркий дунёда “Ёшлар ташаббусларини қўллаб-қувватлаш йили” деб эълон қилиш.

Шунингдек, Шавкат Мирзиёев Афғонистондаги ҳозирги мураккаб вазиятга ҳам эътибор қаратиб, ушбу мамлакат гуманитар инқирозга тушиб, халқаро майдонда яккаланиб қолишига, унинг террорчилар маконига айланишига йўл қўймаслик кераклигини ҳам таъкидлади.


@xushnudbek
8.4K views05:58
Открыть/Комментировать
2021-11-12 22:03:17
TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Vazirlik rasmiy sahifasiga ulanish:
https://t.me/joinchat/Rfn4C07nmVy_NS2j
3.8K viewsedited  19:03
Открыть/Комментировать
2021-11-12 22:03:17
#Taqdirlash

“YANGI O‘ZBEKISTONNING ISTE’DODLI YOSHLARI” INSHOLAR TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Barcha insholar orasidan eng yaxshi 30 nafar insho mualliflari diplom bilan taqdirlandi.

Insholar orasidan faxrli 1-o‘ringa Urganch davlat universiteti magistranti Nodira Abdullayeva, 2-o‘ringa Namangan davlat universiteti talabasi Xurshid Mirzahmedov loyiq deb topilgan bo‘lsa, 3-o‘rinni Farg‘ona davlat universiteti talabasi Feruza Abduvaliyeva egalladi.

Eng yuqori ball to‘plagan tanlov g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3199

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4.4K views19:03
Открыть/Комментировать
2021-11-12 18:07:52
#huquqiy_madaniyat

Toshkent moliya institutida Bosh prokuratura hamkorligida “Inson shaxsini rivojlantirishda huquqiy madaniyatning ahamiyati” mavzusida talabalar uchun ochiq dars tashkil qilindi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
15.7K viewsedited  15:07
Открыть/Комментировать