Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#Taqdirlash “YANGI O‘ZBEKISTONNING ISTE’DODLI YOSHLARI” INSHO | Edu.uz

#Taqdirlash

“YANGI O‘ZBEKISTONNING ISTE’DODLI YOSHLARI” INSHOLAR TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Barcha insholar orasidan eng yaxshi 30 nafar insho mualliflari diplom bilan taqdirlandi.

Insholar orasidan faxrli 1-o‘ringa Urganch davlat universiteti magistranti Nodira Abdullayeva, 2-o‘ringa Namangan davlat universiteti talabasi Xurshid Mirzahmedov loyiq deb topilgan bo‘lsa, 3-o‘rinni Farg‘ona davlat universiteti talabasi Feruza Abduvaliyeva egalladi.

Eng yuqori ball to‘plagan tanlov g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3199

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube