Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 141.15K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 216

2021-11-10 18:15:22
#ESLATMA

Magistraturaga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son qaroriga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul toʻlov-kontrakt miqdori bir talabaning oʻqishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
21.5K views15:15
Открыть/Комментировать
2021-11-10 17:52:04
“Kitobxon talaba” Respublika tanlovi final bosqichi oʻtkazildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida boʻlib oʻtgan final bosqichida saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 6 nafar ishtirokchi oʻzaro 3 ta shart boʻyicha bellashdilar.

Hakamlar hayʼati ishtirokchilarni jami 100 ballik tizimga binoan, shaffoflik bilan baholab, yakuniy natijalarni eʼlon qilishdi:

Fayzullayev Azamat Abdullo oʻgʻli
— TDSHU talabasi;
Umarova Nozima Qobil qizi — QarDU talabasi;
Saydazamova Chamangul Olimjon qizi — SamDU talabasi;

Jumayeva Zarnigor Umid qizi — BuxDU talabasi;
Qurbonova Diyoraxon Rasuljon qizi — AndDU talabasi;
Muxtorov Murodjon Muhammajon oʻgʻli — TDIU talabasi.

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

-oʻrin: 3 million soʻm pul va I darajali diplom;
-oʻrin: 2 million soʻm pul va II darajali diplom;
-oʻrin: 1 million soʻm pul va III darajali diplom.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5.7K views14:52
Открыть/Комментировать
2021-11-10 17:36:29
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Zarifa Odilovna Muminova Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Zarifa Muminova 1984-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2007-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Ilmiy darajasi: Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Shu kunga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
9.0K views14:36
Открыть/Комментировать
2021-11-10 17:04:58
#bolaning_begonasi_boʻlmaydi

BOLALAR BAXTLI BOʻLISHGA HAQLI

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi 15-son Mehribonlik uyi bolajonlari uchun “Baxt ulashing” loyihasini boshladi. Loyiha doirasida filial jamoasi va talabalarining 4,5 million soʻmdan ortiq mablagʻi toʻplandi. Bu mablagʻga kitoblar, sport jihozlari, oʻquv qurollari sotib olindi.

Shuningdek, kuni kecha filial tomonidan bolajonlar uchun ajoyib sovgʻa tayyorlanib, ularning Toshkent shahridagi hayvonot bogʻiga sayohati tashkil etildi. “Baxt ulashing” loyihasida TDTU Olmaliq filialining doimiy hamkori - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Kasaba uyushma qoʻmitasi ham ishtirok etib, sayohat uchun avtobus hamda 1 million soʻm mablagʻ ajratdi.

Bolalarga baxt tuygʻusini ulashish, tabassum hadya etish loyiha ishtirokchilarining har biriga eng ezgu insoniy tuygʻularni baxsh etdi.

Zero, inson yaxshilik qilish uchun yaralgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
12.0K views14:04
Открыть/Комментировать
2021-11-10 15:47:38
#Brifing

Bugun AOKA majlislar zalida oʻtkazilgan brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov mavzu yuzasidan maʼlumot berdi.

Brifingda

Kollej va texnikumlarga o‘qishga kirish uchun qancha abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi?

2021/2022 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga qancha abituriyent qabul qilish rejalashtirilgan?

Kimlarga kirish imtihonlarisiz to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishinishiga ruxsat berildi?

Kirish test sinovlari qachon va qay tartibda o‘tkaziladi?

Test sinovlarida belgilangan talablarga zid va shubhali holatlarga guvoh bo‘lganda kimga murojaat qilinadi? kabi savollarga batafsil javob berildi.



Matn shaklida o‘qish: https://edu.uz/uz/news/view/3182

HD formatda ko‘rish:



Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
23.9K viewsedited  12:47
Открыть/Комментировать
2021-11-10 13:52:58
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Obidjon Baxtiyorovich Shofiyev Termiz davlat universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Obidjon Shofiyev 1986-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2012-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.

Ilmiy darajasi: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Shu kunga qadar Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti dekani lavozimida ishlagan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
13.7K viewsedited  10:52
Открыть/Комментировать
2021-11-10 13:41:10
#Ehtiyot_boʻling

Toshkentdagi AJOU Universitetida is gazi bilan zaharlanish va yongʻin bilan bogʻliq favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Batafsil videolavhada

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
11.7K views10:41
Открыть/Комментировать
2021-11-10 13:06:59
#Brifing

Bugun, 10-noyabr soat 16:00 da AOKA majlislar zalida OAV va elektron nashrlar xodimlari ishtirokida brifing tashkil etiladi.

Brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov „2021/2022-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining tashkil etilishi va qabul parametrlari bilan bogʻliq muhim yangiliklar boʻyicha maʼlumot beradi.

Brifing “UzReport TV” telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
15.3K views10:06
Открыть/Комментировать
2021-11-10 09:38:36
#maxsus_reportaj

Urganch davlat universitetida xalqaro matematika anjumani tashkil qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
20.4K views06:38
Открыть/Комментировать
2021-11-10 07:18:40 ​#BILASIZMI

Ta’lim olish piramidasi haqida eshitganmisiz?

1960 yillar boshida AQShning Milliy oʻquv laboratoriyasi (National Training Laboratory) “ta’lim olish piramidasi” (“learning pyramid”) tushunchasini ishlab chiqqan.

Unga koʻra, …

Agar oʻqituvchi faqat maʼruza usulidan foydalansa, talaba faqat 5% maʼlumotni xotirasida saqlab qoladi.

Agar talaba mustaqil tarzda kitob oʻqisa, u 10% materialni eslab qoladi.

Agar darsda audiovizual usullardan foydalanilsa, bu holda talabaning oʻzlashtirish darajasi 20% boʻladi.

Agar oʻqituvchi maʼlumotni koʻrsatib bersa (koʻrgazma, namoyishlar orqali oʻqitish usuli), unda xotirada saqlab qolish darjasi 30% ga koʻtariladi.

Rasmda koʻrinib turganidek , yuqoridagi barcha holatlarda talaba PASSIV oʻrganuvchi hisoblanadi.

Eng samarali FAOL bilim quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

Agar darsda talabalar kichik guruhlarga boʻlinib, muhokamalar, baxs-munozara (debatlar)da ishtirok etsa, ularda notiqlik san’ati, tanqidiy fikrlash, toʻgʻri savollar tuzish mahorati rivojlanib, ular materialning 50% ni oʻzlashtirib, xotirada saqlab qolishlari mumkin.

Dars jarayonlarini amaliyot bilan bogʻlash, har qanday olingan yangi ma’lumotlarni amaliyotda sinash oʻrganuvchi uchun katta samara beradi. Bu holda 75% bilim xotirada saqlanib qoladi.

Va soʻnggi bosqich – oʻz bilimlarini boshqalarga yetkazish, oʻrgatish, oʻqitish orqali (teach others) 90% samaraga erishish mumkin.
Bilim olishning eng afzal usuli – bilim berish degan naql bor.

Ushbu ta'lim olish piramidasidan ham muallimlar, ham talabalar to'g'ri xulosa chiqarsa, ta'lim sifati yanada yaxshilanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6.8K views04:18
Открыть/Комментировать