Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 142.15K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 217

2021-11-09 19:02:32
#Ehtiyot_bo'ling

IS GAZIDAN ZAHARLANISHGA YO‘L QO‘YMANG!

Tabiiyki, kunlar sovishi bilan aholining isitish moslamalariga bo‘lgan ehtiyojlari ortib boradi. Isitish maqsadida kimdir elektr isitish asboblaridan foydalansa, kimdir tabiiy gaz tarmoqlari yoki yoqilg‘ining boshqa turlaridan foydalanadi. Ammo, ming afsuski, keyingi paytlarda nafaqat Toshkent shahrida, balki, respublikamizning turli viloyatlarida is gazidan zaharlanish holatlari tez-tez sodir bo‘lmoqda.

Xo‘sh, bunga nima sabab bo‘lmoqda? Bu holatni oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Bu haqida videolavha orqali bilib oling!

Tabiiy va is gazidan zaharlanish yuz berganda:

- zaharlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating;
- 103 telefon raqami orqali “Tez tibbiy yordam”ga;
- 104 telefon raqami orqali gaz ta’minoti xizmatiga;
- 1050 telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qutqaruv xizmatiga murojaat qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
19.7K views16:02
Открыть/Комментировать
2021-11-09 16:27:56 ​#Professional_ta'lim

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi

Kuni kecha 2021/2022-oʻquv yili qabulida kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun Davlat test markazi tomonidan test sinovlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

DTM maʼlumotiga koʻra, 2021/2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va tarix)dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
17.0K viewsedited  13:27
Открыть/Комментировать
2021-11-09 16:05:06
#bolaning_begonasi_boʻlmaydi

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sportchi talabalari ishtirokida Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun mahorat darslari o’tkazildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
13.9K viewsedited  13:05
Открыть/Комментировать
2021-11-09 13:34:33
#Doktorantura_2022

Endi imtihonlarni onlayn kuzatish yanada osonlashdi

Xabaringiz bor 2022-yildan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)da oʻqish uchun OTMda imtihon jarayonlari oʻtkazilmoqda.

Mazkur imtihon jarayonlarini ZOOM platformasidagi manzillar orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan edi.

Endilikda imtihonlar shaffof va jamoatchilik nazoratida oʻtishini taʼminlash maqsadida, jarayonlar uzluksiz tarzda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining imtihon.edu.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, bugun 14 ta OTMda imtihonlar boʻlib oʻtmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
40.3K views10:34
Открыть/Комментировать
2021-11-09 10:45:00
#Talabaga_qulaylik

Filial talabalari uchun inkubatsiya markazi hamda qayta taʼmirlangan talabalar turar joyi oʻz bagʻrini ochdi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida
talaba yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirish uchun dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari inkubatsiya markazi ishga tushdi.

Shu bilan birga, oliygohning talabalar turar joyi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
23.8K views07:45
Открыть/Комментировать
2021-11-09 08:54:24
#tyutor

“Tyutor lavozimini egallagan oliy ma’lumotli shaxs … talaba ta’lim olayotgan soha mutaxassisi sifatida pedagogik, psixologik, etik, estetik jihatdan barkamol, o‘zligini anglagan, dunyoqarashi keng, sog‘lom fikrli, intellektual salohiyatli bo‘lishi lozim”, -
Obidjon Xamidov, Buxoro davlat universiteti rektori

Batafsil: https://is.gd/9d8v3m


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
31.0K views05:54
Открыть/Комментировать
2021-11-09 08:13:50
Yangi loyihaga start berildi!

Ilk bor Termiz davlat universiteti ko’magida Xalqaro xayriya ta'lim loyihasi - "From heart to heart" - o'z ishini boshladi.

Loyiha tashkilotchisi – TerDU Xorijiy filologiya fakulteti talabasi, Just GRANT dasturi g'olibi, IELTS Instruktori Barno Omonova.

Barcha ma'lumotlarni videorolikda bilib olishingiz mumkin.

_____
Eduuzdan yiroqlashmang!
4.8K views05:13
Открыть/Комментировать
2021-11-09 05:53:45 ​#BILASIZMI

“Universitet” va “institut” oʻrtasidagi farqlar nimalardan iborat?

Talaba yoshlarimiz orasida “universitet” “institut” oʻrtasida nima farq bor degan savollar koʻp uchraydi. Hozirgi kunga qadar quyidagi xalqaro amaliyot asrlar davomida shakllangan…

Universitet bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti sanaladi. Ayrim mamlakatlarda, kamida 7 ta yoʻnalish boʻlishi kerak.

Institut esa maʼlum bir taʼlim yoʻnalishiga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtidir.

“Universitet” tushunchasi “institut” tushunchasidan koʻra kengroq. Ta’lim imkoniyatlari va oʻquv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Universitet ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi.

Gʻarb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida boʻladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega.

Shuni e’tiborga olish zarurki, zamonaviy dunyoda ish beruvchilarning aksariyati universitet va institut oʻrtasidagi farqlarga ahamiyat berishmaydi. Eng muhim omil – bu bitiruvchi tomonidan oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalar, samara va ishga ishtiyoq.
_____
Eduuzdan yiroqlashmang!
15.0K views02:53
Открыть/Комментировать
2021-11-08 21:30:33
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Nozliya Zarilovna Normurodova Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Nozliya Normurodova 1986-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2009-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.

Ilmiy darajasi: Filologiya fanlari doktori (DSc).

Shu kunga qadar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8.5K viewsedited  18:30
Открыть/Комментировать
2021-11-08 19:16:05
SamDUda viloyat OTMning qish mavsumiga tayyorgarligi mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qilindi

Samarqand davlat universitetida
o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat ta’lim muassasalarining qish mavsumiga tayyorgarligi, ta’lim muassasalariga qarashli hududlarni obodonlashtirish, o‘quv va yotoqxona binolaridagi issiqlik tizimlarining sozligi, qozonxonalar holati va gaz ta’minoti bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://samdu.uz/news/1046

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8.7K views16:16
Открыть/Комментировать