Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 139.74K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 213

2021-11-15 08:49:55
#Taʼlim_forumi

Oʻzbekiston taʼlim delegatsiyasi 16-17-noyabr kunlari Moskva shahrida tashkil etiladigan Rossiya-Oʻzbekiston II taʼlim forumida ishtirok etadi

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi anʼanaga aylangan Rossiya-Oʻzbekiston II taʼlim forumida ishtirok etish uchun Moskvaga joʻnab ketdi.

Forumda ikki davlat ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik borasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Rossiya-Oʻzbekiston I taʼlim forumi 2018-yil Toshkent shahrida oʻtkazilgan edi.

19.7K viewsedited  05:49
Открыть/Комментировать
2021-11-14 19:07:39 #Qabul_2021 | #Professional_taʼlim

Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 13-noyabr kuni kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

13-noyabr kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini ruxsatnoma.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, kirish test imtihonlari DTM tomonidan 17-noyabrga qadar 2 smenada amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
18.1K views16:07
Открыть/Комментировать
2021-11-14 13:43:03
#Bilasizmi

“KAIZEN” QOIDASI

TOYOTA kompaniyasida eng koʻp ishlatiladigan soʻzlardan biri — “KAIZEN”.

Kaizen – biror ish yoki harakatni yanada yaxshilashga harakat qilish maʼnosini anglatadi.

TOYOTA oʻz ishchilarini har doim oʻzlarini ustida ishlashga va samarali hamda unumdor harakat qilishga chaqiradi.

Bundan tashqari, quyidagi gaplar ham TOYOTA zavodlarida koʻp ishlatiladi:

・Kompaniyaga ish uchun borilmaydi, balki bilimlarni chiqarishga boriladi (yaʼni ish paytida bilim talab qilinadi);

・Birovga foydasiz ishlarni qildirish, oʻsha odamning umrini behuda sarflashdir (yaʼni qoʻl ostidagi kishilarning qobiliyatlarini maksimal darajada ishlatish boshliqlarning vazifasida);

・Ish degani, faoliyat + kaizen deganidir (ishni shunchaki talab qilinganidek qilish emas, har doim talab qilinganidan ham yaxshiroq bajarishga harakat qilish kerak).

Biz ham kundalik hayotimizni kaizen qilishni oʻrgansak, yanada koʻproq natijaga erishishimiz mumkin!

Manba: Yaponiya Sadosi
__

@eduuz
15.0K views10:43
Открыть/Комментировать
2021-11-14 11:26:28
«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti» nominatsiyasi asosida «YIL TАNLOVI-2021» oʼtkazilmoqda

Jamoatchilik soʼrovnomasi natijalari hamda jurnalist va blogerlar eʼtirofi asosida gʼoliblar saralanadi.

«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti» deb siz qaysi taʼlim dargohini ayta olasiz?

Ovoz bering, fikrlaringizni yozib qoldiring.

Yil soʼngida «YIL TАNLOVI — 2021» gʼoliblari eʼlon qilinadi!

Tanlov haqida batafsil

Eslatma: Oliy oʼquv yurtlarining nomlari qisqartirma shaklida berilgan. Barcha qatnashchilar roʼyxati quyida:

OVOZ BERING VА KUZАTIB BORING
511 views08:26
Открыть/Комментировать
2021-11-14 07:39:55
#Talaba_uchun_foydali

Talabalarimiz bir haqiqatni yaxshi tushunib olishlari zarur: ozroq shug‘ullansangiz ham, muntazam shug‘ullaning.

Haftasiga 1 marotaba (masalan, yakshanba kuni) 3 soat davomida xorijiy til o‘rganib, keyin xafta davomida boshqa umuman til bilan mashg‘ul bo‘lmagandan ko‘ra, o‘sha 3 soatni xafta kunlariga bo‘lib, har kuni yarim soatdan o‘rgansangiz, samarasi yuqoriroq bo‘ladi.

Har bir ishda (xorijiy til, ilm-fan, ijod va san‘at) eng muhim omil – bu MUNTAZAMLIK.

Oz-ozdan, lekin tez-tez bo‘lsin!
11.0K views04:39
Открыть/Комментировать
2021-11-13 20:30:55
#Abituriyentlar_diqqatiga

OʻzMU qoʻshma taʼlim dasturlariga hujjatlar qabul qilish davom etmoqda

Koʻplab ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlariga binoan, Oʻzbekiston milliy universitetining xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan quyidagi qoʻshma taʼlim dasturlariga hujjatlarni qabul qilish muddati 18-noyabrga qadar uzaytirildi:

Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti qoʻshma fakulteti (ТОP-500);

Tomsk Davlat universitetlarining Axborot xavfsizligi yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturi (TOP-250);

Oʻzbek-Qozon qoʻshma taʼlim dasturi (TOP-350);

Belorussiya davlat universitetining А.D.Saxarov nomidagi Xalqaro Davlat Ekologiya instituti va Polshaning Slupske shahridagi Pomorskiy Аkademiyasi, Lyublina shahridagi Vinantego Polo nomidagi «Oliy maktabi» bilan hamkorlikda qoʻshma ta'lim dasturi;

Oʻzbek-Isroil qoʻshma fakulteti.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5.2K views17:30
Открыть/Комментировать
2021-11-13 17:29:23
#Munosiblar_taqdirlandi

“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” umumrespublika tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

An’anaga ko‘ra, har yili “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” respublika tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yil respublika bosqichiga 59 ta oliy ta’lim muassasalari tomonidan 6 ta bilim sohasi bo‘yicha g‘olib deb e’tirof etilgan 258 nafar pedagoglar ishtirok etdi.

Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra, tanlovda ishtirok etgan pedagog kadrlardan 28 nafari tegishli bilim soha guruhlari bo‘yicha g‘olib deb topildilar.

Nominatsiyalarda 1-o‘rinni egallagan tanlovning respublika bosqichi g‘oliblariga faxriy diplomlar berilib, ularni lavozim maoshining 5 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirish maqsadida Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasidan OTMga 1.2 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi.

Barafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3200

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
16.9K views14:29
Открыть/Комментировать
2021-11-13 16:16:12
#TABRIK

Hurmatli shifokorlar, aziz soha vakillari!

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nomidan siz, azizlarni sharafli kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy qutlaymiz.

Xalqimiz, xususan, talaba yoshlarimizning salomatligini asrab-avaylash yo‘lida samarali mehnat qilayotgan tibbiyot sohasi vakillariga minnatdorlik bildiramiz.

Sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10.5K views13:16
Открыть/Комментировать
2021-11-13 16:10:52
SamDAQIning turkiyalik rektori bilan tanishuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Chidem Djanbay Turkyilmazni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida vazir A.Toshqulov rektor Chidem Djanbay Turkyilmazni O‘zbekistondagi yangi mas’uliyatli lavozimga kirishganligi bilan samimiy tabrikladi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim sohasida o‘zbek-turk hamkorligi holati va istiqbollari hamda bevosita institutda ta’lim sifatini oshirish borasidagi o‘zaro fikrlar almashildi.

Ma’lumot o‘rnida, Chidem Djanbay Turkyilmazni 2021 yil 30 avgustdan e’tiboran Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori sifatida O‘zbekistondagi faoliyatini boshladi. Bungacha Turkiya Respublikasi Yildiz texnika universitetida arxitektura va shaharsozlik, arxitektura va loyihalash sohasida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10.4K views13:10
Открыть/Комментировать
2021-11-13 15:33:45 #Kun_mavzusi

2021 — 2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga qabuli hamda oʻqishni koʻchirish boʻyicha amalga oshirilgan fundamental islohotlar:

Qabul va davlat granti 25% ga oshirildi;

Turli shaklda imtiyozlarga ega abituriyentlarga umumiy kvotadan tashqari alohida kvotalar ajratildi;

5 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan yetuk mutaxassislarni maxsus sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat asosida qabul qilish amaliyoti Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligida ham joriy qilindi;

Xorijiy mamlakatlardan oʻqishini Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish Davlat test markazi (DTM) tomonidan amalga oshirildi.

Magistraturaga qabul ham 2 bosqichda tashkil etildi. Chet tilidan imtihonni oʻtkazish DTM tasarrufiga oʻtdi.

(Keyingi oʻquv yilidan boshlab mutaxassislik fanlari boʻyicha imtihonlarni ham DTM tomonidan oʻtkazilishi koʻzda tutilmoqda).

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
19.2K viewsedited  12:33
Открыть/Комментировать