Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​#Kun_mavzusi Taʼlim jarayonining kredit-modul tizimi nimala | Edu.uz

​#Kun_mavzusi

Taʼlim jarayonining kredit-modul tizimi nimalardan iborat?

Aksariyat xorijiy universitetlarda, jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va AQShda ta’lim jarayoni kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) asosida tashkil qilingan.

Bu tizim birinchi navbatda taʼlim dasturining “modul” tizimini nazarda tutadi.

Yaʼni, muayyan mutaxassislik boʻyicha barcha oʻquv materiallari alohida bloklarga (modullarga) boʻlingan bo‘lib, talaba oʻz mutaxassisligi doirasida maʼlum bir fan / modulni tezlashtirilgan tartibda oʻrganadi. Ushbu fan boʻyicha maʼruza va amaliy mashgʻulotlar deyarli har kuni imtihon yoki test topshirilgunga qadar oʻtkaziladi.

ECTS tizimi taʼlim dasturlarining moslashuvchanligini ta’minlaydi. Tayyorgarlik darajasiga qarab talaba fan boʻyicha maʼlum miqdordagi soatlarni oladi.

ECTS tizimi individual oʻquv rejasini shakllantirishda talabalarning ishtirokini nazarda tutadi. Yaʼni, har bir talaba qaysi kursni semester boshida, qaysi birini semester ohirida oʻqishini o‘zi tanlaydi.

ECTS tizimining yana bir afzal tarafi – talabaning mustaqil taʼlim olishi. Talabaga mustaqil taʼlim uchun bir qator mavzular beriladi. Ular ijodiy ish, insho va taqdimotlar (prezentatsiyalar) tayyorlaydilar. Muallim tomonidan tavsiya etilgan qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlab, oʻzlari qiziqqan sohani oʻrganadilar.