2021-06-16 21:53:06
UMR YO'LDOSHNI QANDAY TANLASH KERAK???
(Erkaklar uchun)
Bir qarashda erkaklarning sevimli ishlari bu o’zlarining obro’ — martabalari yuqori bo’lishi haqida tinmay o’ylash, oila va naslni davom ettirishni hayollariga ham keltirmayotgandek tuyulishi mumkin. Lekin umr davomida bir bora bo’lsa ham, erkak kishining hayoliga umr yo’ldoshni qanday tanlash kerak degan savol keladi. Bu ishga mas’uliyat bilan yondashish kerakligini anglab yetadilar.
Bir ayol bilan turmush qurishdan avval uni yaxshilab kuzatish va o’rganish lozim. Asosiy ahamiyatni nimaga qaratish kerak?
TURMUSHGA TAYYORLIGINI BILISH
Buning ichiga umr yo’ldoshini qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish, murosali bo’lish hamda masuliyat hissi kiradi. Ko’pgina qizlar turmush qurishni bolalik chog’laridan orzu qilishadi, lekin bu ularni turmush qurishga tayyorligini bildirmaydi. O’z oilasi baxti uchun o’zining o’rganib qolgan odatlaridan voz kecha oladimi bu masalada yaxshilab gaplashib olish kerak.
YETUKLIK
Ko’pgina erkaklar yosh turmush o’rtoq haqida orzu qiladilar. Agar qiz bolada turmush qurish jarayoniga kirishishda shaxs sifatida rivojlanish bo’lmasa, bu turmush uzoqqa bormasligi aniq. Bu bilan hali rivojlanmagan qizni o’z yo’rig’iga yurgazib olaman deb o’ylash ham yaxshi oqibatga olib kelmaydi.
OILAVIY HAYOT HAQIDA TASAVVUR
Qiz bolani fikricha oilaviy hayot faqat bayrammi? Uni fikricha uning vazifasi o’z yorini hayotini yanada go’zalroq qilishdan iborat ekan. Erkak esa uni ta’minlash, u haqida qayg’urish, gullar va qimmat baho buyumlar bilan siylashi kerakmi? Agar qizning hayolida shunday fikrlar bo’lsa, demak u turmush qurishga hali tayyormas.
HAYOTGA MUNOSABAT
Hayotning ikir-chikirlar masalasida qancha oilaviy kemalar falokatga uchramaganmi? Agar sevganingiz oddiy buterbrod tayyorlashni bilmasa – bu hali tashvishga tushishingizga sabab emas, uni ovqat tayyorlashga o’rgatish mumkin. Agar uy ishlarida ayolingiz qatnashishni xohlamasa, yo uy ishlarini bajaruvchi ayolni yollashga majbur bo’lasiz, yo bu ishlarni o’zingiz qilasiz, yoki bo’lmasa boshqa turmush o’rtoq topishga majbur bo’lasiz. Xullas dastyor bo'lishi shart.
PULGA MUNOSABAT
Haddan tashqari ko’p pul ishlatishi yaxshi odat emas, lekin erkak kishi ham ziqnalik qilishi yaxshi emas. Bu holda me’yorni erkak kishining topishiga qarab belgilagan ma’quldir.
BOLALARGA BO'LGAN MUNOSABAT
Oila qurishning yana bir sababi bu o’z naslini qoldirishdir. Qiz bola, farzand ko’ra oladimi? Agar yo’q bo’lsa yoki bunga hali tayyor bo’lmasa, bolalar uyidan bola asrab olish zarurmi? Balki u umuman farzand ko’rishni xohlamasachi? Balki u ko’p bola ko’rish istagidadir? Agar farzandli bo’lsangiz, farzandlar bilan muomalaga kirishishni yo’lga qo’yish kerak bo'ladi, shuning uchun yosh bolalarni yaxshi ko'radigan va mexribon bo'lishi kerak.
OTA-ONALAR TARBIYASI
Psixologlarning ta’kidlashicha bolalar o’z ota-onalarini taqdirini o’zlarida namoyon qilish ehtimoli yuqori darajada ekan. Agar qaynona yoqimsiz ayol bo’lsa, uning qizi ham yigirma yildan so’ng shunday taqdirni qaytarish ehtimoli yuqori bo’lishini nazarda tutmoq zarur. Agar qaynota ayolini so’zidan chiqmaydigan bo’lsa shu oilada tarbiya topgan qiz o’z erini shunday o’rinda ko’rishi ehtimoldan holi emas. Shu sababli qanday oilada tarbiya ko'rganiga ahamiyat berish kerak.
ONA BILAN MUNOSABATI
Onasiga bo'lgan munosabatiga e'tibor bering va xulosa qiling, hamda onalar qizlariga katta ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ham egalar. Bu yaxshi hol bo’lsada ko’pincha ular orasidagi munosabatda har-xil ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Qiz bola onasidan uzoqroq bo’lib, mustaqilroq hayot kechirgani ma’qul.
@D5031
54 viewsedited 18:53