2021-06-11 22:50:18
Qizil rang— o’zining kuchiga ishonuvchi, irodali, hech narsadan qo’rqmaydigan, egalik qilishga intiladigan va shu bilan birga jizzaki, tez jahli chiqadigan fe'l-atvorli insonlarga xosdir. Bu rangni yoqtirmaydiganlar esa ko’pincha o’ziga uncha ishonmaydigan, har doim ham yaxshi munosabatlar o’rnata olmaydigan, faqat yakkalikni yaxshi ko’radigan bo’ladilar.
Olov rang— bu rangni xushlaydigan odamlarda oldindan ko’ra bilish xislati bor. Ularda sezish qobiliyati ham yaxshi rivojlangan, shu bilan birga ko’p xayol suradilar. Bundan tashqari ular ko’zbo’yamachilik ham qilib turishlari mumkin.
Jigar rang— bu va shunga yaqin ranglarni sevuvchilar xayol surib osmonda uchib yurmasdan yerda mustahkam turadilar. Ular barcha narsaga o’z kuchlari va mehnatlari bilan erishadilar. Bu rangni yaxshi kuradigan insonlar oila va urf-odatlarni barcha narsadan ustun qo’yadilar. Aksinchabu rangni yoqtirmaydiganlar esa faqat o’zini o’ylaydigan, odamlar bilan chiqisha olmaydigan insonlardir.
Sariq rang— orastalik, madaniyatlilik, insonlar bilan muomalada o’zini erkin his qiladigan insonlarning fe'l-atvoridan darak beradi. Bu rangni yoqtiradiganlar har narsaga qiziqadilar, odamlar bilan tez til topisha oladilar. Ular sharoitga tez ko’nikuvchan bo’lib, birovlarga yoqishni ham, boshqalarni o’zlariga jalb qilishni ham xohlaydilar. Sariq rangni yoqtirmaydiganlar kelajakka ishonmaydigan, yangi tanishlar orttirishni xush ko’rmaydigan insonlardir.
Pushti rang— bu rangni yoqtiradigailar hayotga, kelajakka, barchaga g’amxo’rlik qilishga intiladilar. Ularning ko’ngillari nozik bo’lib, arzimagan narsalarga ham siqilishlari mumkin.
Siyoh rang— his-hayajonlarini yashira olmaydigan, ta'sirchan, shu bilan birga ma'naviy darajasi yuqori bo’lgan insonlarga xosdir. Bu rangni har narsada uyg’unlik bo’lishinixohlaydiganlar xush ko’rishadi. Bu rangni yoqtirmaydiganlar esa iltimos qilishni xushlamaydilar. Ular hamma ishni o’zlari bajarishga harakat qiladilar.
Ko’k rang— bu rangni ma'naviy yuksaklikka, go’zallikka intiladigan, hayotni yaxshi ko’radigan, shuningdek tez ranjiydigan, yangi sharoitga sekin ko’nikadigan
insonlar yoqtirishadi. Ko’pincha ular o’zlariga ishonmaydilar, shuning uchun ularni qo’llab-quvvatlab turish lozim. Ko’k vaunga yaqin ranglarni xush ko’rmaydiganlar esa yengiltaklikka moyil bo’ladilar.
Yashil rang— tabiat, tiriklik, hayot va boxor ramzidir. Bu rangni yaxshi ko’radiganlar Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlarni yaxshi ko’rishadi. Ular bilan buyruq ohangida gaplashishlarini, shu bilan birga - ularning ishlariga aralashganlarni yomon ko’radilar. Yashil rangni xush ko’radigan odamlar hayotda o’z o’rnini topishga intiluvchan bo’ladilar. Yashil va unga yaqin ranglarni yoqtirmaydiganlar hayotdagi barcha qiyinchiliklardan qo’rqib yashaydilar.
@D5031
12 viewsedited 19:50