2022-04-27 16:00:04
Bolalarda ich qotish:bolani qanday asrash kerak Qabziyat-har-hil yoshli bolalarda tez-tez uchrab turadigan buzilishlar bo'lib, ko‘proq go‘daklarda uchraydigan va onalarni havotirga soladigan holatdir.Bolalarda ich qotishning sababi?Uni oldini olsa bo‘ladimi?Keling birga tahlil qilamiz.
Mutaxassislar ich qotishni quyidagicha izohlashadi"sekinlashgan,murakkablashgan yoki muntazam ravishda ichak harakatining etarli emasligi ".
Bolalarda ich qotish simptomlari
-kolik va qorin og‘rishi
-najas qiyin yoki umuman yo‘qligi (aslida bir kunda 1mahal ich kelishi ideal hol)
-bolada ishtaha yo‘qligi
-yig‘i, uyquchanlik, bola injiqligi
-organizmning intoksikatsiyasi
Chaqaloqlarda ich qotishning sabablari
-chaqaloqni haddan tashqari qizitish, butun organizm suvsizlanishiga olib keladi. Bu chaqaloqda eng ko‘p ich qotishga olib keladigan sababdir .
-ichak tuzilishining tug‘ma buzilishi yoki moddalar almashinuvining buzilishi
-Girshprung kasalligi (ichakning bir qismida nerv hujayralarining kam rivojlanganligi)-kam uchraydi
-ovqat hazm qilish a‘zolari, siydik tizimi, nevrologik kasalliklar.
Katta yoshli bolalarda qabziyat sabablari
-organizmning suvsizlanishi, ichak disfunktsiyasiga olib keladi . Har qanday infektsion kasallik yoki quruq, issiq havo ham suvsizlanishga sabab bo‘la oladi.
-organizmda kaliyning yetarlicha bo‘lmasligi ,ichak peristaltikasini susaytiradi va oqibatda-ich qotadi.Chunki kaliy ichaklar uchun zarur,avtomobilga yoilg‘iday.
-stress
- bola parxezida tsellyuloza yo‘qligi yoki yetarli bo‘lmasligi
-qalqonsimon bez funktsiyasining pasayishi.
Bolalar uchun ich qotishining xavfi nimada?
Intoksikatsiya, surunkali ich qotish oqibatida, kichik yoshli bolalarda bo‘lib,psixomotor va emotsional rivojlanishning buzilishlariga va kechikishiga olib keladi.
Katta yoshli bolalarda uzoq muddatli organizm intoksikatsiyasi,uyquchanlik, tez charchab qolish,e'tiborni yo'qotish, aqliy va jismoniy rivojlanishning kechikishiga olib keladi(maktabda kechikish natijasi).
Surunkali ich qotish, ichak pastki qismlarining kengayib, cho‘zilib ketishida "aybdor" hisoblanadi .Bu mushak tonusining yo'qolishiga olib keladi va faqat jarrohlik aralashuvi yordam berishi mumkin bo‘ladi .
-Muhim!chaqaloqlarning haddan tashqari qizib ketishi ich qotishning asosiy sababidir. Chaqaloqlarni qizib ketishdan asrang .
Qabziyatni davolash haqida keyingi postlarimda aytib o‘taman
Sog‘ bo‘ling
658 views13:00