2021-12-13 16:00:37
Agar go‘dak balandlikdan yuqilib tushsa...
Albatta siz doimo ehtiyot bo'laman va farzandim bilan bunday bo‘lmaydi deb o‘ylashingiz mumkin ?
Hotirjam bo‘ling, bunday holat hammada bo‘ladi, shunchaki bir soniyaga bola yotgan divan yoki yo‘rgaklash stolidan uzoqlashsangiz, farzandingiz o'zini uchish uchun yaratilganman deb hisoblaydi.
Aytmoqchi, ona qoqilib bola qo‘lidan tushib ketish holatlari ham bo‘lishi mumkin...
Bu juda qo'rqinchli vaziyat-ayniqsa bola boshi bilan parketga tushgandagi ovozi ,qaerga yugurish va nima qilish kerak?
Har qanday vaziyatda, asosiysi Vahimaga Tushmaslik!
Ko‘pincha bolaga hech nima qilmaydi va shifokor yordami ham kerak bo‘lmaydi.
Shifokorga murojaat qilish kerakmi yoki shart emasmi qanday bilsa bo‘ladi?
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda yiqilishlarning 50%zi halokatli jarohatlarga olib kelmaydi . Ammo bu og‘ir bosh miya jarohatlari bo‘lmaydi degani emas. Chunki qanchalik bola yoshi kichkina bo'lsa -shunchalik bola bosh miya suyagi nozik mo‘rt bo‘lib, jarohatlardan himoyalanmagan bo‘ladi.
Shunday qilib ,birinchi va muhim nuqta!Bolani yerdan ko‘tarishga shoshilmang!Yiqilishlarda bosh miya jarohati umurtqa pog‘onasi jarohati bilan birga birlashtiriladi!
Bunday vaziyatda bolani qimirlatsa, bolaga qo‘shimcha zarar keltirish mumkin.
Yiqilgandan keyin bolani qo‘lga olishdan oldin, bosh miya og'ir jarohatining aniq belgilari bor yo‘qligini tekshirib korishingiz kerak:
hushdan ketish
qusish
burnidan yoki kulog‘idan qon ketish
bosh miya yumshoq to‘qimalari gematomasi ,shish belgilari yoki ochiq jarohatlar, qon ketishlar
bosh miya suyagining sinishi
talvasa ,konvulsiyalar
Agar shu belgilarning bittasi bo‘lsa ham-bolani ko‘tarmasdan darhol tez yordam chaqiring!
tananing qandaydir joyida deformatsiya,suyak singani kabi belgilar bo‘lsa ham -tez yordam chaqiring
Agar tashvishli belgilar bo‘lmasa-bolani ko'tarib, tinchlantirishingiz mumkin. Bola qo‘rqib ketganidan yig‘lashi mumkin-bu normal holatdir. Agar bola uzoq vaqt tinchlanmasa-shoshilinch ravishda shifokorga murojaat qiling!
Bolaning keyingi hatti-harakatini 24soat ichida kuzatamiz .Jarohatdan keyin boshida bola uyqichan bo‘lishi mumkin (bir-ikkisoat, ko‘p emas),agar bola ko‘proq uxlagisi kelsa havotirlanib uni har soatda uyg‘otmang, uxlasin!
Jarohatdan keyingi birinchi kun bola hatti-harakatidagi o'zgarishlarga e'tiborli bo‘lishingiz kerak :
ovqatlanishdan voz kechishi
qo‘zg‘aluvchanlikning kuchayishi, ko‘z yoshi,tinchlanmaslik
uyqichanlik yoki holsizlik
qusish
shifokorga borishga sabab bo'luvchi boshqa belgilar.
Shubhalaringiz bo‘lsa-shifokorga murojaat qiling!Agar ichki tuyg'ularingiz bilan, bola ahvoli yaxshimasligini sezsangiz -albatta shifokorga murojaat qiling!
Bunday vaziyatda e'tiborli bo'lgan yaxshiroq, beye'tibor bo'lgandan ko‘ra.
Agar 24soat ichida bolangiz o‘zini yaxshi his qilsa, demak jiddiy oqibatlar va jarohatlar yo‘q. Esda tuting,bola boshi bilan yiqilganda, jarohat olganda shifokor ko‘rigiga oborishingiz bu hato emas!
Kimga oborish mumkin-bolalar nevrologi yoki neyroxirurgi agar imkoni bo‘lsa ,bo‘lmasa bolalar shifokori ham ko'rib beradi!
Agar bularning birortasi ham bo‘lmasa boshqa shifokorga ko‘rsatsatishingiz mumkin!
Yiqilishni oldini olish haqida bir-ikki og‘iz so‘z-undan ko‘ra yiqilmaslik!
bolangizni kattalar yotog‘ida qarovsiz qoldirmang. Bolangiz hali o‘girilmaydi deb o‘ylasangiz ham-bunday holat kutilmaganda ro‘y berishi mumkin!
beshik,chaqaloq tashuvchilar,mashina o‘rindig‘larini-tepa joylarga emas yerga qo‘ygan ma'qulroq;
g‘o‘dakni ikkala qo‘lingiz bilan ko‘taring. Bolani ko‘targaningizda birdaniga kofe, qizigan dazmol va kiyim to'plamini olmoqchi bo‘lmang!
Bolani ko‘targanda albatta bo'ynini ham ushlang!
O‘zingiz va farzandlaringizni ehtiyot qiling
881 views13:00