Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Toksik eritema Toksik eritema-bu yallig‘lanish kasalligi | Педиатр.uz

​​Toksik eritema

Toksik eritema-bu yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar terisida turli shakllardagi toshmalar toshishi bilan tavsiflanadi. Yangi muhit sharoitiga moslashish xususiyatiga ega. Kamdan-kam hollarda paydo bo‘lib,7-15%chaqaloqlar bunday reaktsiyaga moyil bo‘lishadi. Bu jarayon chaqaloqlarning birinchi kunidanoq rivojlanib, amaliy jihatdan, 100%holatlarda,muddatga etib tug‘ilgan va emizikli chaqaloqlarda paydo bo‘Ladin .

Sabablari
Bu kasallikning aniq sababi ma‘lum emas, lekin bir nechta taxminlar mavjud:
-chaqaloqning terisidan asl moylash vositasini artib tashlash
-ona ko‘krak sutidagi ayrim komponentlariga allergik reaktsiyasi
-chaqaloq organizmidagi moslashish jarayonlari
-bola terisidagi mikroorganizmlarning soch follikulalariga ta'siri
-bola organizmining haddan tashqari qizishi
-issiq va nam iqlimdagi tug‘ruq
-terining ta‘sirlanishi (masalan,sochiq bilan terini ishqalaganda)
-uzoq muddatli tug‘ruq

Belgilari

-terining qizarishi (teri qon tomirlarining kengayishi natijasida)
-qizil rangli dog‘larning paydo bo‘lishi
-toshmaning birlashgan ko‘rinishda bo‘lishiga moyillik
-shuningdek ugri va pufakchalarning ham rivojlanishi
-toshmaning boshda, yuzda, bo‘g‘imlar yonida, dumba va ko‘krak qismida mahalliylashganligi
-toshmaning zichligi
-toshmaning bir necha kundan keyin butkul yo‘q bo‘lib ketishi
-bir -hilda ikkilamchi toshmaning rivojlanishi
-ikkilamchi toshmaning 4kungacha bo‘lishi
-bolaning bezovta bo‘lishi
Toksik eritema, tabiiy yo‘l bilan, muddatga yetib tug‘ilgan chaqaloqlarda ko‘proq rivojlanadi.

Davosi
Ko‘pincha, bu kasallik maxsus davoni talab qilmaydi, chunki bola bir necha kundan keyin o‘z-o‘zidan tuzaladi

Profilaktikasi
Hozirgi vaqtda maxsus profilaktikaning o‘zi yo‘q. Muhimi bola terisini to‘g‘ri parvarishlash.