Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Логотип телеграм канала @abituriyent — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓 A
Логотип телеграм канала @abituriyent — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Адрес канала: @abituriyent
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 95.04K
Описание канала:

📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

Рейтинги и Отзывы

3.33

3 отзыва

Оценить канал abituriyent и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

1

2 звезд

1

1 звезд

0


Последние сообщения 8

2023-09-07 14:02:42
# qabul 2023-2024 #perevot #rasmiy

Oldin ‘’ TALABA ’’ qilamiz
Tolovini keyin olamiz!!!

O‘zbekiston oliy talim muassalarida o‘qishni xohlaysizmi? Yoki siz chet elda talabamisiz?

1,2,3,4 kursdan rasman qabul davom etmoqda !

O‘qishingizni biz bilan O‘zbekistonda davom ettiring!

Biz sizga Perevod qilishingizga rasmiy yordam beramiz:

Oʻzbekistoning 30dan ortiq Universitetlariga to’g’ridan -to’g’ri hech qanday imtihonlarsiz 1-2-3 kursdan qabulimiz davom etmoqda


Hoziroq biz bilan bogʻlaning:
+998948870990
+998940537060
Telegram orqali:
@registratsiya02
17.7K views11:02
Открыть/Комментировать
2023-09-07 13:32:09
Talabalik hayotini orzu qilasizmi? Siz yuqori sifatli ta'limni qidiryapsizmi? O'z sohangizda professional bo'lishni xohlaysizmi?

ISFT shunchaki muassasa emas. Bu sizning ta'limingiz va kelajagingiz ustuvor bo'ladigan joy. Biz jahonning ilg'or tajribalariga asoslangan o'qitishni noyob yondashuv asosida ta'lim beramiz.
G'arb standartlariga javob beradigan bilimlarga ega bo'ling, dunyo misollarini amalga oshirish orqali hayotiy tajribaga ega bo'ling va ISFTda to'liq talabalik hayotidan zavqlaning!

Eng yaxshi yechim faqatgina bizda! Bizga hujjat topshiring, DTM imtihonidan to'plagan ballingiz yoki ichki imtihonimiz orqali shu yilning o'zidayoq talaba bo'ling.

Biz eng iqtidorli talabalarimiz uchun 300 ta grant joylarini taklif qilamiz.

Havolaga kiring va bizga qo'shiling: admission.isft.uz

ISFT - bu sizning orzularingizni haqiqatga aylantiradigan muassasa!

Murojaat uchun:
+99855 506 37 37
Telegram bot | Instagram | Facebook
17.5K views10:32
Открыть/Комментировать
2023-09-07 13:28:26 "Superkontrakt" uchun banklar davlat imtiyozli taʼlim krediti bermaydi.

Tijorat banklari oʻz imkoniyatlariga koʻra tijoriy taʼlim kreditlari berishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
18.0K views10:28
Открыть/Комментировать
2023-09-07 12:57:00
Yana 1 yil abiturient bo'lib yurishni istamasangiz, diqqat qiling!

Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universitetida ushbu yo'nalishlarda qabul davom etmoqda:

Amaliy psixologiya
Boshlang'ich ta'lim
Maktabgacha ta'lim
Kompyuter ilmi va dasturlash texnologiyalari
Filologiya va tillarni o'qitish
Buxgalteriya va audit
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Iqtisodiyot

Imkoniyatlar:

Barcha yo'nalish talabalari uchun darsdan tashqari bepul IT kurslari o'tib beriladi;
Xorijda o'qish uchun almashinuv dasturlari yo'lga qo'yilgan;
O'qituvchilar jamoasining 80 foizdan ortig'i ilmiy darajaga ega;

O'zbekiston Respublikasi prezidentining "Davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil qilish to'g'risida"gi 279-sonli qaroriga muvofiq 2023-2024-o'quv yili uchun Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universitetining 4 ta ta'lim yo'nalishiga 5 tadan jami 20 ta davlat granti ajratilgan.

Hujjatlar qabuli va imtihon onlayn shaklda o'tkaziladi.

Shoshiling, yilning oxirgi qabuli tugashiga oz vaqt qoldi. Hoziroq murojaat qiling!

DTM bali bilan suhbat asosida qabul: DTM.qabul-iiiu.uz
Onlayn hujjat topshirish: qabul-iiiu.uz
Oʻqishni koʻchirish: transfer.qabul-iiiu.uz

Aloqa uchun: @iiiu_menejer
+998555061277
+998970097975
+998555067975
+998888000751

Telegram | Instagram | Facebook
17.6K views09:57
Открыть/Комментировать
2023-09-05 08:32:24 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning natijalari (oliy ta’lim tashkilotlari va davlatlar kesimida)

Joriy yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) o‘qishni ko‘chirish uchun talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.

Ularning 18 543 nafari O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, 3 ta OTM talabalari 100 foizlik natija ko‘rsatgan bo‘lsa, 29 ta OTM talabalarining birortasi minimal talabni bajara olmagan.

Yuqori natija qayd etgan OTMlar:

PDP University100 % (2 nafardan 2 nafari);
Toshkent shahridagi INHA universiteti100 % (2 nafardan 2 nafari);
MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali — 100 % (1 nafardan 1 nafari);
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti51,2 % (41 nafardan 21 nafari);
O‘zbekistondagi Sharda universiteti43,9 % (57 nafardan 25 nafari).

Talabgorlarning 22 579 nafari xorijiy mamlakatlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, Janubiy Koreya (42,9%), Latviya (42,9%) va Polsha (42,9%) davlatlaridan o‘qishni ko‘chirayotgan talabalar yuqoriroq natija qayd etgan.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha eng ko‘p arizalar Qirg‘iziston (12 472 nafar), Tojikiston (4 836 nafar), Qozog‘iston (2 968 nafar) va Rossiyada (2 135 nafar) tahsil olayotgan talabalardan kelib tushgan.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
30.5K views05:32
Открыть/Комментировать
2023-09-05 07:16:12
Rasman: 2023/2024 oʻquv yili uchun Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetiga qabul davom etmoqda

Hujjatlar qabuli onlayn shaklda qabul.uztitu.uz sayti va @titu_qabulbot orqali amalga oshiriladi.

Yoʻnalishlar;

Murojaat uchun:
+998990402236 | +998990402237
+998990402238 | +998990402239
+998990402243

Onlayn murojaat: @tivtuoperator

Telegram | Instagram
16.3K views04:16
Открыть/Комментировать
2023-09-04 13:26:35 1-kurs talabalari o‘qish uchun nimalar sotib olishi kerak?

O‘qishga kiyish uchun forma yoki klassik uslubdagi kiyim.

Kanselyariya buyumlaridan:

Qalam (rangli ixtiyoriy)
Daftar (5-6 dona)
Matnni belgilash uchun markerlar
Mavzularni yozib olish uchun kundalik
Fayllar
Qog'oz qisqichlari
Stapler
Oddiy qalam
Lineyka (foydali)

Yana har bir talabaga turli taqdimotlar qilish va uyga vazifalarni bajarish uchun kompyuter kerak bo‘ladi. Boshlanishiga bu ishlarni planshet yoki qotmaydigan telefonda qilib tursa ham bo‘ladi.

Yana nimalar kerak bo‘lishi hamma talabaning qayerda o‘qishiga qarab farqlanadi.

Sizga o'quv yilining birinchi kunida nimalar kerak bo'lyapti?

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
20.5K views10:26
Открыть/Комментировать
2023-08-31 17:41:54 2023-2024-yil o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar o‘z vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi:

Urganch - Toshkent
Xiva - Toshkent
Buxoro - Toshkent
Toshkent - Gʻijduvon
Toshkent - Qorako‘l
Toshkent - Shofirkon

Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtobuslar chiptalarini avtoticket.uz saytidan elektron tarzda xarid qilish mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
20.6K views14:41
Открыть/Комментировать
2023-08-31 10:36:20 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi

2023-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi.

Bunda, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarida, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talablarga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarida Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyalar tayinlanadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
23.9K views07:36
Открыть/Комментировать
2023-08-31 07:40:38 ​​#Qabul2023 #Statistika

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 948 491 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

erkaklar — 419 327 nafar (44,2 %) ni;
ayollar — 529 164 nafar (55,8 %) ni tashkil etdi.

Test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

100 491 nafari (52 %)erkaklar;
92 930 nafari (48 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

erkaklarda — 112,4 ballni;
ayollarda — 125,1 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida:

erkaklarda — 88,9 ballni;
ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.

Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:

Ijtimoiy ta’minot(91,7 %), “Tillar” (88,5 %) va “Ta’lim” (78,7 %) sohalariga ayollar;
“Transport xizmatlari(93,5 %), “Arxitektura va qurilish” (84,8 %) va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” (75,3 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
23.1K views04:40
Открыть/Комментировать