Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Логотип телеграм канала @abituriyent — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓 A
Логотип телеграм канала @abituriyent — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Адрес канала: @abituriyent
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 95.04K
Описание канала:

📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

Рейтинги и Отзывы

3.33

3 отзыва

Оценить канал abituriyent и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

1

2 звезд

1

1 звезд

0


Последние сообщения 9

2023-08-30 13:32:36 Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi

ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi

umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
23.8K views10:32
Открыть/Комментировать
2023-08-30 10:36:15 Xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan (15.08.2022-yildagi 447-son), magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

Bunda talabgorlar har yili 15-sentabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktabrga qadar tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrug‘i qabul qilinadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
22.9K views07:36
Открыть/Комментировать
2023-08-29 18:43:38 Rasman: Aloqa xatlari berila boshlandi

Xorijiy va nodavlat oliygohlaridan o'qishini ko'chirgan talabgorlar uchun aloqa xatlari bugundan berila boshlandi.

Yetarli ball to'plab, o'qishi ko'chirilgan talabgorlar o'qishini ko'chirgan OTMning rasmiy sahifalariga obuna bo'lishi tavsiya etiladi. Barcha oliygohlar birma-bir aloqa xati berila boshlangani haqida xabar bera boshlashdi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
19.5K viewsedited  15:43
Открыть/Комментировать
2023-08-28 05:10:36 Qachondan boshlab super-kontrakt
uchun ariza yoziladi?


O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan talabgorlar oshirilgan kontrakt asosida o'qishlarini ko'chirishlari mumkin.

O'tgan yili "super kontrakt" uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali olingan edi. Katta ehtimol bilan bu yil ham shunday. Biroq abituriyent va "perevodchilar"ning ma'lumotlari saytga to'liq kiritib bo'linmagani sababli vazirlik bayonot berayotgani yo'q.

Katta ehtimol bilan oliygohlarda dars jarayonlari boshlanganidan so'ng oshirilgan kontrakt uchun arizalar qabuli ham boshlanadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
24.7K views02:10
Открыть/Комментировать
2023-08-26 10:32:11 Kontraktni bo'lib to'lash muddatlari:

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
— 75% 1-aprelgacha;
— 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
24.2K views07:32
Открыть/Комментировать
2023-08-26 10:01:54
2023-yil O’zbekistonda 100% talaba bo'lish imkoniyati paydo boʻldi!

BIROR DAVLATDA oʻqib turgan bo’lsangiz hozirning o’zida hech qanday muammolarsiz
o’qishingizni O’zbekistonga 2 va 3 kursdan ko’chirib beramiz.

AGARDA YOSHINGIZ 19 yoshdan yuqori bulsa 2 - kursga to’g’ridan to’g’ri talaba bo’la olasiz bunday imkoniyatni
qo’ldan boy bermang

O’zbekistonda diplomi 100% tan olinadi
O’zbek, rus va ingliz tillarida ta’lim olish.
⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀
40 DAN ORTIQ YO'NALISHLAR:
- MEDITSINA
- HUQUQ
- Moliya
- Turizm
- Dasturiy injiniring
- NEFT VA GAZ
- Pedagogika va psixologiya
- Boshlang'ich ta'lim
- Maktabgacha ta'lim
- Filologiya
- Soliqlar va soliqqa tortish
- Sport faoliyati
⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀
Unversitetlar respublika bo’ylab hamma viloyatlarda mavjud. Batafsil
+998942482000
+998912439363
+998912419363
+998912469363

Telegram
23.6K views07:01
Открыть/Комментировать
2023-08-25 12:31:11 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning 89,2 foizi talabni bajara olmagan

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonlarda jami 41 122 nafar talabgor ishtirok etdi.

Bunda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar OTMlar tomonidan, test sinovlari esa Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazildi.

Joriy yilning iyul oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlangan bo‘lib, o‘qishni ko‘chirish uchun mazkur talabni bajarish lozim.

Test sinovida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida 41 122 nafar talabgordan 75 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatilgan. Bu OTMlarga kirish test sinovlariga nisbatan 11 baravar ko‘p (OTMlarga kirish test sinovlarida 888 660 nafar talabgordan 148 nafari chetlatilgan).

Hududga kirishda esa 78 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatilgan. Bu OTMlarga kirish test sinovlariga nisbatan 25 baravar ko‘p (OTMlarga kirish test sinovlarida 67 nafar).

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
26.6K views09:31
Открыть/Комментировать
2023-08-25 12:09:03 Hali imkon bor! "Yiqilgan" abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin!

Hujjatlar 5- sentyabrgacha onlayn shaklda va hududiy boʻlimlarda amalga oshiriladi.

Ma'lumki, deyarli barcha OTMlar to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balli (maksimal 189 ballning 30 foizi), yaʼni 56,7 balldan past ball toʻplaganlar uchun ham talaba boʻlish imkoniyatini taqdim etadi.

Yaʼni abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida o'qishga qabul qilinadilar. Lekin siz Super kontrak toʻlab oʻqishga kirishga shoshilmang, otning kallasidek 200 mlnlab kontrak toʻlashdan koʻra yaxshiroq variantlar bor.

Misol uchun, biz sizga 40 ga yaqin yoʻnalishlari, dual taʼlim asosida ham oʻqib ham ishlash imkoniyati mavjud boʻlgan TOP Xususiy Renessans taʼlim Universitetda oʻqishni tavsiya qilamiz!

Oʻqishni "перевод" qilish imkoniyati ham mavjud!

Kontrakt 12 mlndan boshlanadi, 4 ga boʻlib toʻlash mumkin!

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, murojaat qiling:
+998555067007 | Yozish

Manba

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.9K viewsedited  09:09
Открыть/Комментировать
2023-08-25 09:36:00
2023-yilgi o’tish ballarini qayerdan ko’rsa bo’ladi?
#abituriyent

JAVOB: agar siz OTMlar kesimida yoki imtiyozlilar kesimida joriy yilgi o’tish ballari kerak bo’lsa, unda https://mandat.uzbmb.uz saytining “Qo’shimcha” bo’limidagi “OTMlar bo’yicha o’tish ballari” hamda “Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari” sahifasidan ko’rib olishingiz mumkin.

To’g’ridan-to’g’ri kirish uchun:

OTMlar bo’yicha o’tish ballari
https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz23/Index

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.2K views06:36
Открыть/Комментировать
2023-08-24 09:48:03 Ta'lim krediti haqida eng muhim ma'lumotlar

To‘lov shartnoma asosida o‘qiyotganlar uchun ajratiladigan ta’lim krediti faqat davlat OTMlari talabalariga emas, balki xususiy OTMlar talabalariga ham ajratiladi.

Kredit olish imkoniga kimlar ega?

Respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalari. O‘qishini "perevod" qilganlar ham kredit ololishi mumkin.

Bunda talaba kontrakt qog‘ozini (OTM bilan tuzilgan kontrakt shartnomasi) bankka topshiradi va bir yillik kontrakt summasiga teng kredit ola oladi.

Lekin super-kontrakt uchun kredit berilmaydi.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Kreditni muddatidan oldinroq ham to‘lab qo‘ysa bo‘ladi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
16.1K views06:48
Открыть/Комментировать