Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Логотип телеграм канала @abituriyent — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓 A
Логотип телеграм канала @abituriyent — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Адрес канала: @abituriyent
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 95.04K
Описание канала:

📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

Рейтинги и Отзывы

3.33

3 отзыва

Оценить канал abituriyent и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

1

2 звезд

1

1 звезд

0


Последние сообщения 10

2023-08-24 08:12:29 Rasman: Yuqori ball olmagan barcha abituriyentlar xususiy universitetga imtihonsiz talabalikka qabul qilinadi

Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;

Hujjatlar shu yilning 30-avgustiga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali va unversitetning hududiy bo'limlarida qabul qilinadi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori bilan foizsiz kredit orqali kontrakt summasi to'lanishi mumkin va o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlari joylashtirilgan barcha talabgorlar oʻqishni IMTIHONSIZ "перевод" qilishlari mumkin.

Bundan tashqari kontrakt summasini 4 ga bo'lib to'lash mumkin.

Murojaatlar uchun maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 24/7 rejimida ishlamoqda va istalgan masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga +998555000043 va onlayn shaklda murojaat qilishingiz mumkin!

Manba

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
22.9K viewsedited  05:12
Открыть/Комментировать
2023-08-23 12:32:45 13,5 ming nafarga yaqin abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

180 ming nafarga yaqini — umumiy qabul parametrlari doirasida;
13,5 ming nafarga yaqini — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

nogironligi bo‘lgan shaxslar3,5 ming nafar;
“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 261 nafar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,2 ming nafar;
harbiy xizmatchilarning farzandlari2,1 ming nafar;
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 720 nafar;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar1,9 ming nafar;
kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar351 nafar.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
26.6K views09:32
Открыть/Комментировать
2023-08-23 10:03:04 Oliy ta'lim vazirligining eng katta xatosi – nechta nodavlat oliygohining litsenziyasi borligini xatto aniq bilmaydi.

Vazirlikning https://stat.edu.uz/Univer-list.php saytiga kiritilgan ma'lumotlar to'liq emas, jumladan nodavlat oliygohlarning atigi 65 tasigina ro'yxati kiritilgan, 20 ga yaqin nodavlat oliygohlar ro'yxati esa saytga kiritilmagan.

Vazirlikdek katta tashkilotning "Call center" hodimalari esa ro'yxatda kiritilmagan nodavlat oliygohlarning litsenziyasi yo'qligi haqida murojaat qilgan ota-onalar (abituriyentlar)ga ma'lumot bermoqda.

Bu vaziyatda vazirlik yolg'on (noto'g'ri) axborot bergani uchun javogarlikka tortiladimi?

Yoki saytdagi ma'lumotlarni yangilab qo'yishga vazirlik mas'ullarining vaqti (yoxud xoxshi) yo'qmi?

Qabul jarayonlari ayni pallasida bu kabi loqaydlik ko'plab tushunmovchilik va oqibatlarga olib keladi. Har holda kap-katta vazirlik degan tashkilotning "Call center"i ishonch bilan litsenziyasi yo'q degan jumlalarni ishlatmoqda.

Vaholan-ki, ro'yxatga kiritilmagan litsenziyaga ega qaysidir nodavlat oliygohi bu ish uchun vazirlikni bemalol sudga berishi ham mumkin!

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.9K views07:03
Открыть/Комментировать
2023-08-22 17:25:27 Oʻtgan yili birinchi yoʻnalishga “super” qilish imkoni berilgan

2022-yilda Davlat qabul komissiyasi qaroriga koʻra, abituriyent oʻzi tanlagan birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2-, 3-, 4- yoki 5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super-kontraktda oʻqishiga ruxsat berilgandi.

Bu istisno 2-, 3- yoki 4-yoʻnalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yoʻnalishga oʻqishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki toʻrtinchi yoʻnalishni tanlab super-kontrakt qila olmagan, faqat birinchi yoʻnalishga qilishi mumkin boʻlgan.

Birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2—5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super kontraktda oʻqishiga ruxsat berilgan edi. Bunda abituriyent to‘plagan ball 1-ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lishi lozimligi belgilangan.

Misol uchun, abituriyent 143 ball to‘plagan. Bunda:

birinchi ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish ball (kontraktning oxiri) 143 dan yuqori bo‘lsa, super kontrakt asosida o‘qishiga ruxsat berilgan;

lekin o‘tish bali (kontraktning oxiri) 143 yoki undan past bo‘lsa, super kontraktga ruxsat berilmagan va u o‘zi tavsiya etilgan ta’lim yo‘nalishida o‘qishi mumkin bo‘lgan.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
22.6K views14:25
Открыть/Комментировать
2023-08-22 15:51:25
4-sentabrdan metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti ma’lum qilindi

Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2023-yil 4-sentabrdan yuqoridagi 31 ta oliy ta’lim maskani (rasmda) talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
24.0K views12:51
Открыть/Комментировать
2023-08-22 15:03:43 Akademik litsey pedagoglari oʻquv yuklamasi, oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarini belgilash qoidalari yangilanadi

Muhokamalar portaliga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Akademik litsey pedagog xodimlari ish faoliyatining vaqt meʼyorlari: oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash tоʼgʻrisida”gi buyrugʻi loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra pedagog xodimlarning oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlariga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt bоʼyicha hisobi yuritilmaydi.

Mazkur Qoidalardan “Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseylar hamda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi akademik litseylar ham foydalanishlari mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
24.7K views12:03
Открыть/Комментировать
2023-08-22 14:08:03
Uzrli sababli bilan nodavlat oliygohgidan o'qishni ko'chirish mumkinmi?

Qish faslida uzrli sababga ega bo'lgan talabalar boshqa viloyatdagi davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishlarini ko'chirishga ruxsat beradi.

Biroq bu imtiyoz faqatgina davlat oliygohida o'qiyotgan talabalar uchun amal qiladi. Nodavlat oliygohida o'qiyotgan talabada uzrli sabab bo'lsa ham o'qishini ko'chirishga ruxsat berilmaydi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.4K views11:08
Открыть/Комментировать
2023-08-22 09:33:01 #Qabul2023

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida maslahat markazlari tashkil etildi.

Bunda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish uchun Toshkent shahriga kelishlari shart emas.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlar tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar beriladi.

Maslahat markazlarining ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 ga qadar (13:00-14:00 tushlik vaqti).

Izoh: Abituriyentlarni tabaqalashtirilgan yoki oshirilgan kontrakt asosida talabalikka qabul qilish Bilimni baholash agentligining vakolatiga kirmaydi. Abituriyentlar mazkur masala yuzasida bevosita oliy ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishi va to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.6K views06:33
Открыть/Комментировать
2023-08-21 23:49:21
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
23.2K views20:49
Открыть/Комментировать
2023-08-21 10:41:08
21-avgust soat 09:00 holatiga ko‘ra, kollejlarga qabul bo‘yicha jami 11 401 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 4 856 nafar;
Sirtqi – 5 537 nafar;
Kechki – 54 nafar;
Dual – 954 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
29.8K views07:41
Открыть/Комментировать