Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Логотип телеграм канала @abituriyent — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓 A
Логотип телеграм канала @abituriyent — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Адрес канала: @abituriyent
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 95.04K
Описание канала:

📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

Рейтинги и Отзывы

3.33

3 отзыва

Оценить канал abituriyent и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

1

2 звезд

1

1 звезд

0


Последние сообщения 7

2023-09-13 08:31:07
#litsenziya

Namangan xalqaro nodavlat universitetining litsenziyasi bekor qilindi

Uchqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan “NAMXU OTM” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2023-yil 10-fevralda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 062797-sonli litsenziyasi bekor qilindi. Boʻlib oʻtgan sud majlisi muhokamalarida oliy taʼlim tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoʻpol qoidabuzarliklar asosli hujjatlar bilan sudga taqdim etilib, oʻz isbotini topdi.

Ma’lumot o‘rnida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-maydagi buyrug‘iga muvofiq tekshiruv o‘tkazilib, unga ko‘ra universitet tomonidan ta’lim tashkiloti, ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vazirlikning “HEMIS” axborot tizimiga kiritilmagani, tashkilotda rektor maslahatchisi shtati birligi joriy etilmagani, talabalarning o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi ishlab chiqilmagani, barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha adabiyotlar, shu jumladan 95 foiz adabiyotlarning elektron variantlari yetishmasligi, universitet o‘qituvchilarining 23 nafari ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar hisoblansa-da, ulardan 15 nafarining asosiy ish joyi Namangan davlat universitetida ekanligi, litsenziya talabi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 35 foiz ilmiy salohiyat belgilangan bo‘lsa-da, ta’lim tashkilotida 17 foizni tashkil etishi, ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan ta’minlanmagani, tahsil olayotgan 858 nafar talabaga nisbatan ta’lim tashkilotining hududi yetishmasligi kabi holatlar aniqlangan edi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
23.7K views05:31
Открыть/Комментировать
2023-09-13 08:01:14
Talaba boʻlish imkoniyati hali sizda bor!

Rasman: Abituriyentlar kirish imtihonlarida to'plagan bali bilan "Navoiy innovatsiyalar universiteti" talabasi bo'lishi mumkin!

Siz kirish imtihonlarida to'plagan DTM ballingiz bilan ushbu havola orqali ro’yxatdan o'ting va talaba bo'ling!

https://www.niuedu.uz

Call-markazimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritadi, hoziroq qong’iroq qiling

+998555000043 | @niueduuz

Telegram | Instagram | web-sayt
23.8K views05:01
Открыть/Комментировать
2023-09-09 17:45:06
Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Toʻxtasinov Ilhomjon Madaminovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
22.0K views14:45
Открыть/Комментировать
2023-09-09 16:26:11 10-sentyabr — professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni.

Ro‘yxatdan o'tish my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali ertaga soat 23:59 ga qadar davom etadi.


@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
22.9K views13:26
Открыть/Комментировать
2023-09-09 09:32:01 Malaka tavsiflari yangilandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug'i bilan:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (2-ilova);

tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlari (3-ilova);

hamda vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari va muassasalar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlarining (4-ilova) malaka tavsiflari tasdiqlandi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
24.5K views06:32
Открыть/Комментировать
2023-09-08 13:21:32 2023/2024 o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi

Unga koʻra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
18.5K views10:21
Открыть/Комментировать
2023-09-08 12:46:55
Rasman: imtihonda yuqori ball olgan abituriyentlarga 11 mlngacha stipendiya beriladi

Hujjatlar shu yilning 25-sentyabrga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

O'zbekistondagi Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro PDP universiteti, qabul imtihonlarida yuqori ball olgan abituriyentlar uchun 6 mlndan 11 mlngacha stipendiya berilishini eʼlon qildi.

Maʼlumot uchun, Universitetda hozirda qabul davom etmoqda. IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va maktabning 11-sinf o'quvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

Qulayliklar:
3-kursdan 300-500$ maoshga ishlash imkoniyati
Bitiruvchilar 2 ta diplomga ega boʻladi

Savollar tugʻilsa quyidagi raqamga bogʻlaning:
+998787777747

Manba

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
18.6K views09:46
Открыть/Комментировать
2023-09-08 08:31:31 Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qiladi

Mazkur tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliya va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ta’lim muassasalarida bakalavriat (kunduzgi o‘qish shakli) so‘nggi bosqichida hamda magistratura yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar tanlov asosida ishtirok etadi.

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti;
Toshkent shahridagi Vebster universiteti;
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
Toshkent moliya instituti;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
Toshkent shahridagi INXA universiteti;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.

Stipendiatlarga qo‘yiladigan talablar:

o‘quv jarayonida (so‘nggi o‘quv yili natijalariga ko‘ra) yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi (86% dan yuqori);
davlat tilini mukammal bilishi;
xorijiy tillarni (rus va ingliz) bilishi, eng kamida B2 darajasida.

Qo‘shimcha ustunlik beriladi:

ASSA va boshqa xalqaro sertifikatlar;
Python (numpy, pandas, matplotlib) dasturlash tilida ishlay olishi;
Data parsing (beautiful soup, selenium) dasturida ishlay olishi;
Power BI, Qlik platformalarida ishlay olishi;
IELTS 7.0 darajasi;
sohaga oid xalqaro yoki respublika olimpiadasi g‘olibi yoki sovrindorlari.

Hujjatlar joriy yil 13 sentyabrga qadar qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni OTMning rektorati orqali olishingiz mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
19.9K views05:31
Открыть/Комментировать
2023-09-08 08:00:09
DTM testi so‘nggi natija emas!

Imtihonda omadingiz chopmadimi? Harakatlaringiz bekor ketib, eng kamida yana bir yil umringizni yo‘qotishingizni o‘ylab siqilyapsizmi?

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining 18 ta bakalavriat yo‘nalishlaridan birida DTM natijangizga ko‘ra talaba bo‘lishingiz mumkin.

— Sirtqi taʼlim shaklida tahsil olish uchun 50 ball va undan ziyod;
— Kunduzgi taʼlim shaklida talaba bo‘lish uchun esa 70 ball va undan ko‘proq ball to‘plagan bo‘lsangiz kifoya. Talabalikka imtihonsiz qabul qilinasiz!

Kirish imtihonlarida pastroq natija qayd etgan abituriyentlar SUPER KONTRAKT yoki SUHBAT asosida talaba bo‘lishi mumkin.

Hayotingizning oltin davrini qanday o‘tkazishingiz bugun qabul qiladigan qaroringizga bog‘liq.

DTM natijangiz bilan hujjat topshiring: qabul.tift.uz

TIFT universitetida taʼlim yo‘nalishlari va kontrakt narxlari: bit.ly/Talim-yonalishlari

Murojaat uchun: +998781132999, +998999932722

Toshkent qabul ofisi: Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 17-uy

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
23.4K views05:00
Открыть/Комментировать
2023-09-07 14:32:30 Rasman: Kontraktdagi talabalar uchun to‘lov-shartnoma berilishi boshlandi

Bugundan boshlab kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Demak, endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.

ESLATMA: quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:

magistraturaga kirganlar;
super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
“perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
“perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.

Ushbu toifa vakillari uchun ham tez orada shartnoma olish imkoniyati paydo bo‘ladi, hozirda tegishli texnik ishlar ketmoqda.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
18.2K views11:32
Открыть/Комментировать