Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra: test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari; gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. @Abituriyent | Axborot portali https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy 17.1K views14:42