Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiya | Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari;
xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati
tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma;
Matematika fanidan — yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
Matematika fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki;
Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
(Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda oʻtkaziladi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy