Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Логотип телеграм канала @abituriyent — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓 A
Логотип телеграм канала @abituriyent — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Адрес канала: @abituriyent
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 95.04K
Описание канала:

📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

Рейтинги и Отзывы

3.33

3 отзыва

Оценить канал abituriyent и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

1

2 звезд

1

1 звезд

0


Последние сообщения 3

2024-02-10 08:16:37 Talabalar attestatsiyada ishtirok eta oladimi?

OTM 4-bosqich talabasiman maktabda dars beraman attestatsiyada ishtirok etishim mumkinmi?

Javob: Yoʻq, mumkin emas. Nizomning 5-bandi ko'ra attestatsiyaga taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog kadrlari jalb etiladi.

Magistraturada oʻqiyman 6 oydan beri maktabda dars beraman attestatsiyada qanday tartibda qatnashaman?

Javob: Siz, 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyalarda oʻz ixtiyoringizga koʻra qatnasha olasiz.

Agar ishtirok etsangiz, bu attestatsiya Siz uchun navbatdan tashqari attestatsiya hisoblanadi hamda past natija qayd etgan taqdiringizda ham Sizga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.

Magistraturada tahsil olayotganingiz Sizga navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etib, toifa olishingizga toʻsqinlik qila olmaydi.

Shuningdek, magistr darajasiga ega boʻlgan (diplomni olgan) pedagoglarga attestatsiyasiz toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi toifa beriladi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
21.7K viewsedited  05:16
Открыть/Комментировать
2024-02-10 07:01:25
O‘zbekistondagi deyarli barcha ayollarni qiynaydigan muammolardan biri: O'zini boricha qabul qila olmaslik.

Aybdorlik hisi, o'zini qadrlamaslik va shu kabi muammolar har bir ayolning hayotida juda jiddiy bo'lib, uni zudlik bilan hal qilish kerak.

Ushbu yakshanba aynan siz uchun taniqli psixolog Nargiz Sattarova BEPUL kurs tayyorladilar, va sizi "Jonli tahlillar"da ishtirok etishga taklif qiladilar.

Efir sanasi: 11-Fevral 15:00
Qayerda bo'lib o'tadi: uni onlayn tomosha qilishingiz mumkin https://t.me/+t_HBVi5s8u0yZmEy

Hoziroq kanalga o'ting va yangiliklarni kuzatib boring!
21.9K views04:01
Открыть/Комментировать
2024-02-09 06:00:01 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 21-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
18.3K viewsedited  03:00
Открыть/Комментировать
2024-01-31 08:25:19
2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.

Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
18.1K viewsedited  05:25
Открыть/Комментировать
2024-01-30 10:24:09
"Qishki perevod" natijalarini qayerdan bilsa bo'ladi?

Tegishli nizomga ko'ra, "qishki perevod" natijalari 25-yanvardan 15-fevralgacha muddat oralig'ida ma'lum qilinadi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan arizalar ko'rib chiqilib, yakuniy natijalar OTMlarga yuboriladi. Shunda siz natijalarni bilmoqchi bo'lsangiz, o'qishingizni ko'chirib o'tkazmoqchi bo'lgan oliygoh rasmiylaridan ma'lumot olishingiz mumkin.

"Qishki perevod" natijalari barcha OTMlar va bizning kanalimizda bir xil vaqtda e'lon qilinadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
13.7K viewsedited  07:24
Открыть/Комментировать
2024-01-30 08:23:59
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti Buyuk Britaniyaning Koventri universiteti bakalavriat dasturida o‘qishni xohlovchi o‘rta maktab va litsey/kollej o‘quvchilari uchun maxsus ishlab chiqilgan Pre-foundation dasturiga qabulni ochiq deb e’lon qiladi.

Dastur 3 bosqichdan iborat:
- Intermediate
- Upper-intermediate
- Advanced + IELTS

Har bir bosqich 2 oy davom etadi.


Dastur afzalliklari:
- Xalqaro dastur talabasi bo‘lish;
- Xorijiy professorlardan ta’lim olish;
- Xalqaro muhitga sho‘ng‘ish imkoniyati;
- Ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- Universitet imkoniyatlaridan foydalanish.


"Pre-foundation" dasturini muvaffaqiyatli tamomlash orqali Koventri universiteti bakalavriat dasturlari uchun Agrobank tomonidan taqdim etiladigan 200 ta grantdan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz

DASTURDA ISHTIROK ETISH UCHUN HAVOLA ORQALI RO‘YIXATDAN O‘TING

Batafsil:


Instagram Facebook Telegram

78 888 08 00
info@udea.uz
14.4K views05:23
Открыть/Комментировать
2024-01-23 12:02:12
Toshkent shahridagi IMC Academy hamda Buyuk Britaniyaning Pearson education bilan hamkorlikdagi BTEC foundation dasturi 2024- o'quv yili uchun qishki qabul boshladi!

2024-yilning fevral oyida Foundation darajasida oʻqishni boshlang, muvaffaqiyatli bitiruvchilar O'zbekistondagi xalqaro universitetlarda (MDIS, TMS va boshqalar), xorijiy universitetlar filiallarida, qo'shma ikki diplom dasturlarida, ( IMC Krems, LSE&UoL, Ural) yoki chet elda 2-kursga oʻtish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Afzal tomonlari:
Grant o‘rinlari;
Ingliz tilida ta'lim;
Xalqaro standartlar bo'yicha ta'lim;
Davlat OTMga o'qishni ko'chirish;
"Student exchange" dasturi orqali Yevropada o'qish;
Work & Travel;

Ta'lim yo'nalishlari:
Biznes boshqaruvi
Axborot texnologiyasi

Hujjatlar 8-fevralgacha qabul qilinadi!
(Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul)

Kirish imtihonlari 10-fevral kuni soat 10:00 da bo'lib o'tadi.
(TDIU 2-bino 2-qavat IMC Academy)

Hujjat topshirish uchun havola

Murojaat uchun:
+998909950110 (telegram)
+998997618909 (telegram)

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi 49.
Rasmiy Telegram kanal <
28.0K views09:02
Открыть/Комментировать
2024-01-11 19:28:40 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 16-dekabrdan 29-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (11-13-yanvar) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
14.3K views16:28
Открыть/Комментировать
2024-01-10 14:27:58
O‘zbekiston budjetidan 2024-yilda yarim million talabaga taʼlim kreditlari ajratish rejalashtirilyapti

Joriy yilda qo‘shimcha 180 ming nafar talabalarga taʼlim kreditlarini ajratilib, ushbu dastur bilan qamrab olinadigan talabalar soni qariyb 500 mingga yetishi kutilmoqda. Bu maqsadlar uchun 2024-yilda jami 2,2 trillion so‘m mablag’ yo’naltiriladi.

Shu bilan birga, bu yil davlat budjetidan talabalar turar joyini barpo etish subsidiyalariga — 250 milliard so‘m, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari subsidiyalariga — 200 milliard so‘m, talabalar oylik ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismini qoplash uchun — 200 milliard so‘m sarflanadi.

O‘tgan yili talabalar soni 1 million 15 ming 400 nafarga yetgandi. Joriy yil ularning umumiy soni 1 million 67 ming 700 nafar bo‘lishi kutilmoqda. Shundan davlat grant asosida o‘qiydigan talabalar 204 ming 500 kishini, to‘lov kontraktda tahsil oladiganlari 863 ming 100 kishini tashkil qiladi.

Bu yil OTMlarini saqlash xarajatlariga 18,5 trillion so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan. Shundan 6 trillion so‘mi budjetdan, 12,5 trillion so‘mi to‘lov kontraktlar hisobidan to‘lanishi ma’lum qilinibdi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
14.0K viewsedited  11:27
Открыть/Комментировать
2024-01-10 12:48:24
Amerika universiteti endi Markaziy Osiyoda

American University of Central Asia (AUCA) — AQSh taʼlim tizimi asosida oʻqituvchi ushbu universitet endi qoʻshni Qirgʻiziston poytaxti, Bishkek shahrida va unda U.S.-CAEF 2024 stipendiya dasturi doirasida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonlik isteʼdodli yoshlar 4ta yoʻnalish boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishlari mumkin:

Biznes boshqaruvi
Iqtisodiyot
Dasturiy taʼminot muhandisligi
Amaliy matematika va informatika

Universitet shuningdek, quyidagi afzalliklarga ham ega:

Toʻrt yillik taʼlim xarajatlari qoplanadi (GRANT);
Oylik stipendiya;
Turar joy;
Sayohat puli;
Yozgi bepul amaliyotlar;
Shaxsiy rivojlanish va boshqalar

Hujjatlar 2024-yilning 15-yanvarigacha online tarzda qabul qilinadi.
Toʻliq maʼlumotlar universitet saytida:
https://uscaef.org/apply/
13.9K views09:48
Открыть/Комментировать