Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​#Qabul2023 #Statistika Talabalikka tavsiya etilgan abi | Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

​​#Qabul2023 #Statistika

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 948 491 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

erkaklar — 419 327 nafar (44,2 %) ni;
ayollar — 529 164 nafar (55,8 %) ni tashkil etdi.

Test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

100 491 nafari (52 %)erkaklar;
92 930 nafari (48 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

erkaklarda — 112,4 ballni;
ayollarda — 125,1 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida:

erkaklarda — 88,9 ballni;
ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.

Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:

Ijtimoiy ta’minot(91,7 %), “Tillar” (88,5 %) va “Ta’lim” (78,7 %) sohalariga ayollar;
“Transport xizmatlari(93,5 %), “Arxitektura va qurilish” (84,8 %) va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” (75,3 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy