Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Istanbul2020

Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020 I
Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020
Адрес канала: @istanbul2020boshkonsulxona
Категории: Путешествия
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 3.36K
Описание канала:

O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/
Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot

Рейтинги и Отзывы

3.00

3 отзыва

Оценить канал istanbul2020boshkonsulxona и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

2

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 4

2022-06-15 14:50:57
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Turkiya hududida sodir etilgan turli huquqbuzarliklarda gumon qilinib ushlangan respublikamiz fuqarolari haqida maʼlumot olish, ularning qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishini o‘rganish, konsulxona vakolati doirasida ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda saqlab turish muassasalari faoliyati bilan tanishish maqsadida Istanbul shahar hokimligi Migratsiya idoralari direksiyasi Silivri repatriatsiya markaziga tashrif buyurdilar.
Davomi
http://uzconsulate.org.tr/news/168

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/
1.1K viewsedited  11:50
Открыть/Комментировать
2022-06-14 10:01:42 #OGOHLIK

Hurmatli fuqarolar!

So‘ngi vaqtlarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida avia-parvozlar soni ortganligiga qaramay, Rossiya-Ukraina munosabatlari keskinlashganligi, Turkiyaga sayyohlar oqimini oshganligi sababli avia-chipta narxlarining ko‘tarilishi kuzatilmoqda.

Ayrim nopok kimsalar vaziyatdan unumli foydalanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali charter reyslar tashkil etilayotganligini e’lon qilib, arzon narxda chipta borligini aytib, firibgarlik yo‘li bilan odamlarni ishonchiga kirib, ularni aldayotganligini kuzatish mumkin.

Turli xildagi Telegram, Watsap, Instagramdagi reklamalarga ishonib, soxta biletlar sotib olayotgan fuqarolar ko‘plab uchrab turganligini bildirib o‘tamiz.

Bosh konsulxona sizlardan bu kabi aldovlarga uchmaslikni, O‘zbekiston va Turkiya havo yo‘llarining ofislari, ularning rasmiy internet saytlari yoki boshqa qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan firmalar orqali chipta sotib olishni tavsiya etadi.

Shuningdek, noqonuniy xatti-harakatlar olib borayotgan shaxslar to‘g‘risida Bosh konsulxonaga ma’lumot berish orqali boshqa vatandoshlarimizni ham firibgarlarlik qurboni bo‘lishliklarini oldini olishga o‘z xissangizni qo‘shing!

Aldov va firibgarlikni o‘ziga kasb qilib olgan fuqarolarga tez orada qonun oldida javob berish muqarrar ekanligini eslatib o‘tamiz.

Zero xalqimizda “Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi”, “Birovning haqi boshqa birovga buyurmaydi” degan naqllar bejizga aytilmagan.

Ogoh bo‘ling!

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
1.3K views07:01
Открыть/Комментировать
2022-06-13 18:45:17
DIQQAT!

Joriy yilning 9 iyun kuni Turkiyaga kelib, turk tilini yaxshi bilmasdan, yonida telefoni bo‘lmagan fuqaromiz 34 yoshli Axmedova Feruza O‘tkurovna yo‘qolib qoldi.

Yaqin qarindoshlari uning holidan xavotir olishmoqda.

Ushbu vatandoshimizni ko‘rgan, bilgan va u haqida eshitganlardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (0212 323-20-37, 0212 323-20-39 telefon raqamlari orqali xabar berishlarini so‘raymiz!

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
3.3K views15:45
Открыть/Комментировать
2022-06-04 10:40:27
Ўзбекистон Республикасига кириш тартиби тўғрисида
МАЪЛУМОТ

Хорижий давлатлардан Ўзбекистон Республикасига ташриф буюрувчилар тегишли тартибда эмланганлик сертификати ёки паспортига эга бўлган (электрон QR code) тақдирда, улардан ПЦР тест натижаси ҳамда коронавирус инфекциясига экспресс-антиген тест топшириши талаб этилмайди.

Ташриф буюрувчилар тегишли тартибда эмланганлик сертификати ёки паспортига эга бўлмаган тақдирда республикага ташриф буюришидан камида 72 соат олдин топширилган коронавирус инфекциясига ПЦР тест натижаси (электрон QR code) ёки чегара ўтиш пунктларида экспресс-антиген тест топшириши бўйича манфий натижали маълумотномага эга булишлари лозим
.

12 ёшга тўлмаган болалардан эмланганлик сертификати ёки паспорти, ПЦР тест натижаси ва экспресс-антиген тест топшириши талаб этилмайди.
745 viewsedited  07:40
Открыть/Комментировать
2022-06-04 09:52:16 Turkiya vakolatli idoralarida ushlab turilgan Oʼzbekiston fuqarolarini aniqlash, ularning huquq va erkinliklariga rioya etilishini oʼrganish, saqlash muassasalarida ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish, vatandoshlar bilan suhbatlashish hamda ularga amaliy yordam koʼrsatish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan Istanbul xavfsizlik boshqarmasining Pendik tumanida joylashgan Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurildi.

O’tkazilgan muzokaralar davomida Markazda saqlanuvchilarga tushlik ovqati berilmayotganligi, zaruriy tibbiy yordam oʼz vaqtida koʼrsatilmayotganligi, telefon qilish imkoniyati xaftada atigi bir marta berilayotganligi kabi masalalar koʼtarilib, ularni hal etish va nazoratga olish boʼyicha Markaz maʼmuriyatidan amaliy yordam soʼraldi.

Tashrif yakunida, mazkur markazda ushlab o’tirilgan O’zbekiston fuqarolari bilan birma-bir suhbat o’tkazildi, ularning holati o’rganib chiqildi.

Hozirda Bosh konsulxona tomonidan bu kabi holatlarni yanada keng ravishda o’rganish ishlari davom etmoqda.

#eslatma Politsiya organlari tomonidan ushlangan yoki sizga nisbatan biror noqonuniy chora ko’rilgan taqdirda ulardan Bosh konsulxona diplomatlari bilan uchrashishni talab qilish huquqingiz borligini eslatib o’tamiz.

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз
https://uzconsulate.taplink.ws/
868 viewsedited  06:52
Открыть/Комментировать
2022-06-02 17:10:33
ДИҚҚАТ!

Истанбул шаҳрида яшаб, ишлаб келаётган ҳамда Андижон вилоятида истиқомат қилувчи оила аъзолари билан доимий алоқада бўлиб келган Ўзбекистон фуқароси Мухторов Исломбек Шавкатжон ўғли билан 2021 йил 24 ноябрь кунидан буён алоқа узилган. И.Мухторовнинг яқин қариндошлари хавотир олишмоқда. Ушбу ватандошимизни кўрган, билган ва у ҳақида эшитганлардан Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонасига (0212) 323-20-37, (0212) 323-20-39 телефон рақамлари орқали хабар беришларини сўраймиз!

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз
https://uzconsulate.taplink.ws/
1.5K viewsedited  14:10
Открыть/Комментировать
2022-06-02 17:06:26
ДИҚҚАТ!

Истанбул шаҳрида яшаб ишлаб келаётган ҳамда Андижон вилоятида истиқомат қилувчи оила аъзолари билан доимий алоқада бўлиб келган Ўзбекистон фуқароси Холдаров Уктамжон Рахмоналиевич билан 2022 йил 31 январ кунидан буён алоқа узилган. У.Холдаровнинг яқин қариндошлари хавотир олишмоқда. Ушбу ватандошимизни кўрган, билган ва у ҳақида эшитганлардан Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонасига (0212) 323-20-37, (0212) 323-20-39 телефон рақамлари орқали хабар беришларини сўраймиз!
1.4K views14:06
Открыть/Комментировать
2022-06-01 21:06:58
Joriy yilning 1-iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasining Istanbul Bosh konsulxonasi, Oʼzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi islom sivilizatsiyasi markazi hamda Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, sanʼati va madaniyati tadqiqot markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Oʼzbekiston - Islom sivilizatsiyasi markazi” nomli fotokoʼrgazma tashkil etdi.

Tadbirda Bosh konsul А.Аgzamxodjaev, IRCICA bosh direktori professor M.E.Kilich, Istanbul hokimi oʼrinbosari O.Bozkurt, “Demiroren Аxborot Аgentligi” bosh direktori J.Korkut, “Oʼzbekiston madaniyati, birdamligi va hamkorligi jamiyati” rahbari Ch.Kochar, Istanbul shahri diniy boshqarmasi xodimlari, “Naqshbandiya” tariqati vakillari, Turkiya oliy oʼquv yurtlari professor-oʼqituvchilari, talabalar va boshqa mehmonlar ishtirok etdilar.

Davomi
https://telegra.ph/O%CA%BCzbekiston---Islom-sivilizatsiyasi-markazi-nomli-fotoko%CA%BCrgazma-Istanbul-shahrida-bo%CA%BClib-o%CA%BCtdi-06-01

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
https://uzconsulate.taplink.ws/
1.3K views18:06
Открыть/Комментировать
2022-05-25 20:58:54 Toshkent – Istanbul yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan HY-273 reysi haqida rasmiy xabar

Bugun, 25-may kuni HY-273 Toshkent – Istanbul aviaqatnovini amalga oshiruvchi havo kemasi jadvalga muvofiq Toshkentdan parvozni boshlagan. Texnik sabablarga ko’ra havo kemasiToshkent vaqti bilan soat 21:10 da Trabzon aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.
Hozirda havo kemasi bortidagi 240 yo‘lovchi xayotiga hech qanday xavf tug‘dirmayapti. Yaqin vaqt ichida barcha yo‘lovchilar Trabzon shahrida joylashgan mehmonxonaga joylashtirilib, tez fursatlarda belgilangan manzilga – Istanbul shahriga yetkaziladilar.
O‘z navbatida, ushbu sabab tufayli HY274/25MAY22 Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovi vaqti kechiktiriladi (Istanbul mahalliy vaqti bilan jadvalga muvofiq 21:45 rejalashtirilgan parvoz). Ayni vaqtda Istanbuldan Toshkentga yo‘lovchilarni olib ketish uchun rezerv havo kemasini yuborish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz, shuningdek, yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunishingizni so‘rab qolamiz.

Официальная информация по рейсу HY-273, следовавший по маршруту Ташкент – Стамбул

Сегодня, 25 мая воздушное судно, следовавшее по регулярному маршруту HY-273 Ташкент – Стамбул, вылетел из Ташкента согласно расписанию. По техническим причинам в 21:10 по ташкентскому времени воздушное судно совершило вынужденную посадку в аэропорту Трабзона.
В настоящее время на борту самолета находятся 240 пассажиров и их безопасности ничего не угрожает. В самое ближайшее время все пассажиры будут размещены в гостиницу в городе Трабзон и будут доставлены до пункта назначения – в город Стамбул, в самое кратчайшее время.
В свою очередь, по указанной причине задерживается вылет рейса HY274/25MAY22 по маршруту Стамбул Ташкент (вылет по расписанию в 21:45 местного времени Стамбула). В настоящее время прорабатывается вопрос направления резервного воздушного судна для вывоза пассажиров из Стамбула в Ташкент.
Приносим извинения за доставленные неудобства пассажирам и встречающим лицам, а также просим отнестись с понимаем сложившейся ситуации.

#urgent
514 views17:58
Открыть/Комментировать
2022-05-25 19:34:55
#eslatma
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga!

Turkiya Hukumati Migratsiya boshqarmasining bayonotiga ko’ra, mamlakatga noqonuniy ravishda kirgan, viza yoki yashash uchun ruxsatnomasi (Ikamet izni) bo’lmagan, ruxsatnomasiz (Çalışma izni) ishlayotgan, jamoat tartibiga tahdid soladigan chet elliklarni deportatsiya qilish jarayonlari davom etmoqda.
Bosh konsulxonaga, fuqarolarimizning huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlanib, olib ketilishi bilan bog’liq ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Shu kabi holatlarda, ushlangan fuqarolarimizning shaxsini tasdiqlovchi pasportlarini, begonalarga bermasdan, Bosh konsulxonaning xodimlariga murojaat etib, taqdim etish tavsiya etiladi. Bu, ularning mazkur holatdagi masalalarini tezroq hal qilish imkoniyatini yaratadi.
Eslatib o’tamiz, Turkiya hududida shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlaringizni (Kimlik ID karta, pasport) yoningizda ehtiyot qilib olib yuring.
Batafsil
http://uzconsulate.org.tr/news/161?language=uz
747 viewsedited  16:34
Открыть/Комментировать