Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Istanbul2020

Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020 I
Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020
Адрес канала: @istanbul2020boshkonsulxona
Категории: Путешествия
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 3.36K
Описание канала:

O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/
Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot

Рейтинги и Отзывы

3.00

3 отзыва

Оценить канал istanbul2020boshkonsulxona и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

2

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 5

2022-05-23 19:15:44
O’zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga fuqarolarimizdan kelib tushayotgan shikoyatlar asosida Turkiya hududida hujjatlarni rasmiylashtirish, vizaviy ko’mak xizmatlarini ko’rsatuvchi shirkatlar vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Aksariyat murojaatlar tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ba’zi shirkat xodimlari firibgarlik usullari (Bosh konsulxona nomidan faoliyat olib borish) orqali vatandoshlarimizga xizmat ko’rsatib, natijada belgilangan xizmat haqining me’yoridan ortig’ini talab qilmoqda. Bu o’z navbatida ularning noroziligiga sabab bo’lmoqda.
Shu bois, yig’ilish ishtirokchilariga noqonuniy harakatlarni amalga oshirishdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligi bo’yicha ogohlantirildi va kelgusidagi faoliyat yuritish masalalari muhokama qilindi.
Bosh konsulxona, hujjatlarni rasmiylashtirish, vizaviy ko’mak xizmatlarini ko’rsatuvchi shirkatlar tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar va ular belgilagan narxlar miqdori uchun mas’ul emasligini eslatib o’tamiz.
971 views16:15
Открыть/Комментировать
2022-05-22 12:08:17
Turkiya hududida istiqomat qilayotgan ayollarimizni maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash hamda oʼzbek madaniyati, sanʼatini targʼib qilish maqsadida “Oʼzbekiston madaniyati, birdamligi va hamkorligi jamiyati” asoschilari Chokay Kochar va Temur Toshkent bilan hamkorlikda Oʼzbekiston Xalq artistlari – Muqaddas Holiqova, Zuhra Аshurova, Raʼno Yarasheva va Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist – Tojibar Аzizovalarning Bosh konsulxonada davra suhbati tashkil etildi.

Taniqli sanʼat namoyandalarimiz, oʼzbek vatandosh ayollarimizga o’zbek milliy san’atiga xos kuy-qo’shiq, she’r hamda o’zlarining taklif va maslahatlari bilan ishtirokchilarga koʼtarinki kayfiyat bagʼishladi.
734 views09:08
Открыть/Комментировать
2022-05-22 12:01:46
2022-yil 20-may kuni Oʼzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida “Oʼzbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” bilan hamkorlikda Turkiya hududida istiqomat qilayotgan oʼzbek ayollarimiz uchun “Biznesga ilk qadam” mavzusida biznes-trening oʼtkazildi.
Treningga O’zbekistondan maxsus taklif etilgan “Business Academy” asoschisi – Luiza Sharaxmetova tomonidan ayollarning tadbirkorlikni boshlash asoslari, biznes-reja tuzishdagi eʼtiborga molik jihatlar, mahsulot va xizmatlarni sotishdagi asosiy mexanizmlar va boshqalar toʼgʼrisida taqdimot namoyish etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar, xususan Oʼzbekistonda va Turkiyada tadbirkorlik faoliyatini boshlash, biznes yuritish va boshqarishdagi muammolar, ularni yechish va xususiy sektor yoʼnalishlari yuzasidan fikrlar almashinuvi boʼlib oʼtdi.
737 views09:01
Открыть/Комментировать
2022-05-20 18:11:13
Treningga O’zbekistondan maxsus taklif etilgan “Business Academy” asoschisi - Luiza Sharaxmetova tomonidan ayollarning tadbirkorlikni boshlash asoslari, biznes-reja tuzish, mahsulot va xizmatlarni sotishdagi asosiy mexanizm va boshqalar toʼgʼrisida taqdimot namoyish etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar, xususan Oʼzbekiston va Turkiyada tadbirkorlik faoliyatini boshlash, biznes yuritish va boshqarishdagi muammolar, ularni yechish yuzasidan fikrlar almashinuvi boʼlib oʼtdi.
Bundan tashqari Turkiya hududida istiqomat qilayotgan ayollarimizni maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash hamda oʼzbek madaniyati, sanʼatini targʼib qilish maqsadida Oʼzbekiston Xalq artistlari – Muqaddas Holiqova, Zuhra Аshurova, Raʼno Yarasheva va Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist – Tojibar Аzizova Bosh konsulxonaga tashrif buyurdilar.
Taniqli sanʼat namoyandalarimiz, oʼzbek vatandosh ayollarimizga bergan madaniy dastaklari, tadbir davomida ishtirokchilarga koʼtarinki kayfiyat bagʼishladi.
1.0K views15:11
Открыть/Комментировать
2022-05-20 18:07:39
Bugun, 2022-yil 20-may kuni Oʼzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida “Oʼzbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish” va “Oʼzbekiston madaniyati, birdamligi va hamkorligi” jamiyatlari bilan birgalikda Turkiya hududida istiqomat qilayotgan oʼzbek ayollarimiz uchun “Biznesga ilk qadam” mavzusidagi biznes-trening oʼtkazildi.
Davomi
991 views15:07
Открыть/Комментировать
2022-05-19 17:25:34
Oʼzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Turkiya Din ishlari boshqarmasining masʼul xodimlari, ulamolar va ushbu davlatda keng yoyilgan Naqshbandiya tariqati aʼzolaridan tashkil topgan navbatdagi 140 kishilik ziyoratchilar guruhi joriy yilning 18 may kuni “Istanbul” xalqaro aeroporti orqali Samarqand shahriga joʼnatildi.

Bu orada koʼplab ziyoratchilar tomonidan mamlakatimiz hukumatining turizm sohasini rivojlantirishdagi harakatlari, turkiy millatlarning ota yurti tarixi, qadriyatlari va madaniyatini tiklashga qaratilgan tadbirlarini ijobiy baholab, minnatdorchilik bildirildi.

Xususan, “Yesevitur” turistik agentligi boshligʼi Mehmet Kaya: “Oʼzbekistonni zotan sevamiz. Turk xalqi va oʼzbek xalqi aslida bir millatdir. Oʼzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi va “Oʼzbekiston havo yoʼllari”ga bergan yordamlari uchun minnatdorman.”, deb aytib oʼtdi.

Shuni taʼkidlash lozimki, bu yil ramazon oyi davomida 3 ta bu kabi ziyorat guruhlari Oʼzbekistonga yuborilgan.
672 views14:25
Открыть/Комментировать
2022-05-19 11:19:22 #e’lon
Vatandoshlar diqqatiga!

Hujjatlarning tayyorlanish muddati bo’yicha ko’plab murojaatlarga binoan, agarda talab etilgan hujjatlar to’liq, xatosiz va belgilangan qabul vaqti ichida O’zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga topshirilgan taqdirda, hamda to’lov o’z vaqtida amalga oshirilgandan so’ng, ular quyidagi muddatlarda tayyor bo’lishini ma’lum qilamiz:  
- Bosh konsulxona tomonidan O'zbekiston Respublikasining FXDYo bo'limlari tomonidan berilgan guvohnomalar, harbiy guvohnoma va boshqa hujjatlar asliga to'g'ri deb tasdiqlanishi (onay) – 2 ish kuni;

- Turkiyada pasport muddati tugagan yoki pasportini yo'qotgan O'zbekiston vatandoshlariga O'zbekistonga qaytish guvohnomasini olish – 7 ish kuniga qadar. Bunda 5 ish kunidan so’ngra Bosh konsulxona bilan bog’lanib, O'zbekistonga qaytish guvohnomasining tayyor bo’lganligini so’rashingiz tavsiya etiladi;

- O’zbekiston Respublikasidan hujjatlarni talab qilish - 1 oydan 3 oygacha;

- Notarial harakatlar 3 ish kuni;

⁃ Vaqtinchalik konsullik ro’yxatiga turish - 10 ish kun.
799 views08:19
Открыть/Комментировать
2022-05-17 19:32:37 #murojaat yuzasidan

So’ngi vaqtlarda Bosh konsulxonaga yurtdoshlarimizning yaqin qarindoshlarini yo’qolib qolishi yoki mahalliy politsiya tomonidan ushlab ketilganligi yuzasidan murojaatlari soni ortib bormoqda.

Shu munosabat bilan Bosh konsulxonada Turkiya ichki ishlar vazirligi Migratsiya xizmatining Istanbul boshqarmasi mas’ul xodimlari Xayrullah Yildizbakan va Melih Kaykili bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralarda O‘zbekiston fuqarolarining Turkiyada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlash, deportatsiya markazlariga olib borish va saqlashdagi ayrim holatlarga o’zbek tomonining munosabati bildirib o’tildi.

Bu borada fuqarolarimizga o’z vaqtida va tegishli yordam ko’rsatish maqsadida taraflar ma’lumot almashish jarayonini tezlashtirish, chora ko’rish, hal etish va boshqa masalalarni kelishib oldilar.

Bosh konsulxona tomonidan bu kabi holatlarni yanada keng ravishda o’rganish ishlari davom etmoqda.

Politsiya organlari tomonidan ushlangan yoki sizga nisbatan biror noqonuniy chora ko’rilgan taqdirda ulardan Bosh konsulxona diplomatlari bilan uchrashishni talab qilish huquqingiz borligini eslatib o’tamiz.

Yaqinlaringiz shu kabi holatlarga tushgan bo’lsa, konsulxonaning +90 212 323 20 39 telefon raqamiga qong’iroq qilishni hamda yozma murojaat qilishingizni so’raymiz.

Sizning haq-huquqlaringiz davlat himoyasidadir.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
647 views16:32
Открыть/Комментировать
2022-05-17 19:32:03
Bosh konsulxonada Turkiya ichki ishlar vazirligi Migratsiya xizmatining Istanbul boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Batafsil
560 viewsedited  16:32
Открыть/Комментировать
2022-05-17 17:46:29
#eslatma

Hurmatli vatandoshlar!

Turkiya hududiga bilim olish, davolanish, ishlash, yashash, xizmat safari, turizm va boshqa maqsadlarda kelayotgan va shu hududda istiqomat qilayotgan O’zbekiston fuqarolari diqqatiga eslatma!

Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan faol "tozalash" tadbirlari tashkillashtirilayotganligi tufayli uydan/mehmonxonadan/ishdan tashqariga chiqayotganingizda, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlaringizni (pasport, turk kimlik, o’quvchi guvohnoma va shu kabi) o’zingiz bilan olib yurishingiz tavsiya etiladi.

Barcha hujjatlaringizni ehtiyot qiling'!


https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
1.2K viewsedited  14:46
Открыть/Комментировать