Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Istanbul2020

Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020 I
Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020
Адрес канала: @istanbul2020boshkonsulxona
Категории: Путешествия
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 3.36K
Описание канала:

O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/
Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot

Рейтинги и Отзывы

3.00

3 отзыва

Оценить канал istanbul2020boshkonsulxona и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

2

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 2

2022-08-22 20:14:19 Eʼlon!!!

Post pandemiya sharoitida Turkiyadagi transport-logistika tizimida faollik kuchaygan bulib, buning natijasida bojxona, aeroportlar, dengiz portlari, omborlarda navbatning koʼpayishi kuzatilmoqda.

Turkiya portlari orqali Oʼzbekiston milliy mahsulotlarining eksport miqdori oshgani, omborxonalarda joy yetishmasligi sababli mamlakatimizdan kelayotgan yuk tashuvchi avtomobillar yukni tushira olmay uzoq muddat kutib qolishiga sabab boʼlmoqda.

Kutib turishda haydovchilarning oʼz avtomobilini tashlab keta olmasligi, bir joyda koʼp miqdorda avtomobillar toʼplanishi, mehmonxona, hojatxona, oshxona, ustaxona, shifoxona va boshqa qulayliklarning yoʼqligi ularning noroziligiga sabab boʼlmoqda.

Shu bilan birga, aksariyat haydovchilar yuk egasini koʼrmasdan ijtimoiy tarmoqlar orqali shartnoma tuzib kelishi ularning bu yerda chiqishi mumkin boʼlgan turli holatlarda muammo bilan toʼqnashishlariga olib kelmoqda.

2022 yil avgust oyining boshida Kojaeli viloyatining Gebze, Izmit, Dilovasi tumanlarida bir necha yuzlab yuk avtomobillari toʼplanib qoldi. Ushbu haydovchilar Oʼzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishdi.

Bosh konsulxona xodimlari 11- avgust kuni Kojaeli viloyatiga borib bir nechta muzokaralar olib borishi natijasida alohida omborxona ajratildi va har kuni 10-15 tadan avtomobil yuklarini tushirish boshlandi.

Baʼzi holatlarda yuk avtomobillari mahsulot va shaxsiy hujjatlarini yoʼqotib (oʼgʼirlatib) qoʼyish holatlari ham uchrab turibdi. Bunday sharoitda ham kerakli konsullik-huquqiy yordam koʼrsatilmoqda.

Joriy yilning 20-21 avgust kunlari haydovchilar Bosh konsulxonaga qoʼngʼiroq qilib, yana yuk tushirish toʼxtatib qoʼyilganligini bildirmoqdalar.
Bosh konsulxona holatga oydinlik kiritgan holda yuk tushirish ishlari toʼxtatilmaganligini, xattoki hafta oxirida ham davom etayotganligini maʼlum qiladi.
2022 yil 20 avgust kuni 16 dona avtomobil yukini tushirganligi oʼrganildi. 21-22 avgust kunlari 24 ta avtomobilning yukini tushirildi.

Har kuni qoʼshimcha ravishda yana bir nechta avtomobillar kelishi natijasida muammo (yuk avtomobillari toʼplanishi) saqlanib qolmoqda. Shuning uchun Bosh konsulxona Oʼzbekiston-Turkiya yoʼnalishida harakatlanayotgan haydovchilardan kelish oldidan joy borligini bilishi, kelgandan keyin 3 kundan ortiq yuk tushirmaganda har bir kun uchun toʼlovni undirishga masʼullarni belgilab olishi (kerak boʼlsa shartnoma imzolashi), yuk beruvchi va tushiruvchilarning aloqa telefonlarini qayd etib olishlari, bojxonadan oʼtayotganda hujjatlarning toʼliq va xatosiz toʼldirilishini nazoratga olishlarini soʼrab qoladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook|Telegram bot|Instagram |Web-site
1.3K viewsedited  17:14
Открыть/Комментировать
2022-08-22 17:49:05
Joriy yilning 19-avgust sanasida Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsuli Amirsaid Agzamxo‘jayev, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xodimlari, Assotsiatsiyaning Turkiyadagi vakili Ergash Jumayev ishtirokida Turkiyadagi vatandoshlarimiz uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Bosh konsul Turkiyadagi vatandoshlarimiz uchun muhim boʻlgan yangiliklar, qonunchilikdagi oʻzgarishlar va tartiblar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, Assotsiatsiya xodimlari va vakili E.Jumayev tomonidan tadbir ishtirokchilariga OʻYUA faoliyati, amalga oshirayotgan loyihalar xususida ma’lumot berildi.

Tadbirda vatandoshlarimiz Turkiyadagi migratsiya va fuqarolik masalalari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi. Qolaversa, ular mamlakatimizda yoshlarga, xususan xorijdagi yoshlarga oid olib borilayotgan siyosat va islohotlar, erishilayotgan yutuqlar bilan tanishdilar. Bosh konsulxona va Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari tomonidan bu kabi sayyor qabullar koʻlamini oshirish, uni Turkiyaning boshqa shaharlarida ham keng koʻlamda tashkil etishga kelishildi.

WAYU telegram sahifasiga obuna bo’ling - @wayuuz

Telegram | Instagram | Facebook

www.wayu.uz
913 views14:49
Открыть/Комментировать
2022-08-19 09:59:18
O‘zbekistonning “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi Turkiyada katta qiziqish uyg‘otmoqda

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter|Telegram (на русском)
1.8K views06:59
Открыть/Комментировать
2022-08-18 13:34:38 DIQQAT E'LON!

Turkiyadagi vatandoshlarimizni duch kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlarni yaqindan oʻrganish maqsadida ertaga 19 Avgust Juma kuni soat 19:00'da boʻlib oʻtadigan ochiq muloqot sizlarni taklif qilamiz.

Manzil: YTB İSTANBUL OFİSİ Şehit Muhtar, İmam Adnan Sk. No:9, Taksim - Beyoğlu/İstanbul

Lokatsiya: https://goo.gl/maps/GNGZ2MryfgD2fzbQ9

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining İstanbul shahridagi Bosh konsuli Amirsaid Agzamhodjaev hamda O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi xodimlari ishtirok etishadi.

Turkiyadagi barcha vatandoshlarimizni taklif etamiz!
3.0K views10:34
Открыть/Комментировать
2022-08-16 20:43:39
Navbatdagi BEPUL YURIDIK MASLAHAT Turkpermit'da!

Hurmatli vatandoshlar!
Sizda mahalliy qonunchilik bo‘yicha savollar yoki muammolar bormi? Unda siz uchun joriy yilning 17 avgust kuni soat 13:00-16:00 oralig'ida O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi yordamida “O‘zbekiston madaniyat – birdamlik va hamkorlik” jamiyati tomonidan “Turkpermit danışmanlik” shirkatining Kadikoy sho’basiga advokat Berna Akkoyun bilan bepul yuridik maslahat uchrashuvini tashkil etmoqdalar.

Mazkur advokat aynan Turkiyadagi xorijiy fuqarolarning huquqlari bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. Vatandoshlarimiz uchun ushbu maslahatlar BEPUL ko'rsatiladi.

Murojaat uchun: +90-535-688-91-18; +90-539-488-91-18.

Manzil: Istanbul shahri, Kadikoy tumani, Kirtasiyeci ko‘chasi, №36/3.
2.6K views17:43
Открыть/Комментировать
2022-06-24 17:44:59
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun 26-iyun kuni Istanbul shaxrida 30 dan ortiq davlat kurashchilari bahs olib bordi. Turkiyaning eng diqqatga sazovor joylarida O‘zbekiston pavilioni tashkil etiladi. Bu harakatlar zamirida kurashni Olimpiya o‘yinlari tarkibiga kiritish maqsadi turibdi.
221 views14:44
Открыть/Комментировать
2022-06-22 20:13:04
1.9K views17:13
Открыть/Комментировать
2022-06-22 18:37:39 #Hushxabar

Hurmatli fuqarolar!

Istanbul shahrida qidirilayotgan Axmedova Feruza O'tkurovna sog’lom va beshikast ravishda topildi.

Qidiruvga yordam bergan va bee'tibor bo’lmagan hammaga, Feruza Ahmedovaning yaqin qarindoshlari va Bosh konsulxona o’z minnatdorchiligini bildiradi.
1.1K views15:37
Открыть/Комментировать
2022-06-22 10:17:31
Туркия билан Ўзбекистонни, айниқса, Хоразмни умумий илдизларимиз - маданият, тарих ва тил бирлаштиради. Биз Туркияда ўзбек миллий рақс дурдонасини намойиш этиш имконияти туғилганидан ниҳоятда мамнунмиз.

Умид қиламанки, “Лазги” балети турк томошабинига анъаналаримизни танитишга ва маданиятлараро ришталаримизни янада мустаҳкамлашга ёрдам беради.

28-29 июнь кунлари ушбу балет Бурса шаҳридаги Меринос Отатурк саҳнасида намойиш этилади.
936 views07:17
Открыть/Комментировать
2022-06-22 09:21:22
Tadbir 2022 yil 26-iyun kuni soat 17:00-20:00 da Istanbul shahri, Zaytunburnu tumani, Topkapi Turk dunyosi mahallasida bo’lib o’tadi

https://maps.apple.com/?address=Topkap%C4%B1%20K%C3%BClt%C3%BCr%20Park%C4%B1%20%C4%B0%C3%A7i%20Yolu,%2034010%20Zeytinburnu%20%C4%B0stanbul,%20T%C3%BCrkiye&auid=415340555515033606&ll=41.022122,28.921563&lsp=9902&q=T%C3%BCrk%20D%C3%BCnyas%C4%B1%20K%C3%BClt%C3%BCr%20Mahallesi&_ext=CisKBQgEENwBCgQIBRADCgQIBhAQCgQIChAACgQIUhACCgQIVRASCgQIWRAFEiQpzhxxTL+CREAxDQJlMqDrPEA5+axCNeuCREBBo6OHZyrsPEA%3D&t=m

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/
1.3K views06:21
Открыть/Комментировать