Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Joriy yilning 19-avgust sanasida Turkiyaning Istanbul shahrida | Istanbul2020

Joriy yilning 19-avgust sanasida Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsuli Amirsaid Agzamxo‘jayev, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xodimlari, Assotsiatsiyaning Turkiyadagi vakili Ergash Jumayev ishtirokida Turkiyadagi vatandoshlarimiz uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Bosh konsul Turkiyadagi vatandoshlarimiz uchun muhim boʻlgan yangiliklar, qonunchilikdagi oʻzgarishlar va tartiblar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, Assotsiatsiya xodimlari va vakili E.Jumayev tomonidan tadbir ishtirokchilariga OʻYUA faoliyati, amalga oshirayotgan loyihalar xususida ma’lumot berildi.

Tadbirda vatandoshlarimiz Turkiyadagi migratsiya va fuqarolik masalalari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi. Qolaversa, ular mamlakatimizda yoshlarga, xususan xorijdagi yoshlarga oid olib borilayotgan siyosat va islohotlar, erishilayotgan yutuqlar bilan tanishdilar. Bosh konsulxona va Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari tomonidan bu kabi sayyor qabullar koʻlamini oshirish, uni Turkiyaning boshqa shaharlarida ham keng koʻlamda tashkil etishga kelishildi.

WAYU telegram sahifasiga obuna bo’ling - @wayuuz

Telegram | Instagram | Facebook

www.wayu.uz