Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Eʼlon!!! Post pandemiya sharoitida Turkiyadagi transport-logi | Istanbul2020

Eʼlon!!!

Post pandemiya sharoitida Turkiyadagi transport-logistika tizimida faollik kuchaygan bulib, buning natijasida bojxona, aeroportlar, dengiz portlari, omborlarda navbatning koʼpayishi kuzatilmoqda.

Turkiya portlari orqali Oʼzbekiston milliy mahsulotlarining eksport miqdori oshgani, omborxonalarda joy yetishmasligi sababli mamlakatimizdan kelayotgan yuk tashuvchi avtomobillar yukni tushira olmay uzoq muddat kutib qolishiga sabab boʼlmoqda.

Kutib turishda haydovchilarning oʼz avtomobilini tashlab keta olmasligi, bir joyda koʼp miqdorda avtomobillar toʼplanishi, mehmonxona, hojatxona, oshxona, ustaxona, shifoxona va boshqa qulayliklarning yoʼqligi ularning noroziligiga sabab boʼlmoqda.

Shu bilan birga, aksariyat haydovchilar yuk egasini koʼrmasdan ijtimoiy tarmoqlar orqali shartnoma tuzib kelishi ularning bu yerda chiqishi mumkin boʼlgan turli holatlarda muammo bilan toʼqnashishlariga olib kelmoqda.

2022 yil avgust oyining boshida Kojaeli viloyatining Gebze, Izmit, Dilovasi tumanlarida bir necha yuzlab yuk avtomobillari toʼplanib qoldi. Ushbu haydovchilar Oʼzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishdi.

Bosh konsulxona xodimlari 11- avgust kuni Kojaeli viloyatiga borib bir nechta muzokaralar olib borishi natijasida alohida omborxona ajratildi va har kuni 10-15 tadan avtomobil yuklarini tushirish boshlandi.

Baʼzi holatlarda yuk avtomobillari mahsulot va shaxsiy hujjatlarini yoʼqotib (oʼgʼirlatib) qoʼyish holatlari ham uchrab turibdi. Bunday sharoitda ham kerakli konsullik-huquqiy yordam koʼrsatilmoqda.

Joriy yilning 20-21 avgust kunlari haydovchilar Bosh konsulxonaga qoʼngʼiroq qilib, yana yuk tushirish toʼxtatib qoʼyilganligini bildirmoqdalar.
Bosh konsulxona holatga oydinlik kiritgan holda yuk tushirish ishlari toʼxtatilmaganligini, xattoki hafta oxirida ham davom etayotganligini maʼlum qiladi.
2022 yil 20 avgust kuni 16 dona avtomobil yukini tushirganligi oʼrganildi. 21-22 avgust kunlari 24 ta avtomobilning yukini tushirildi.

Har kuni qoʼshimcha ravishda yana bir nechta avtomobillar kelishi natijasida muammo (yuk avtomobillari toʼplanishi) saqlanib qolmoqda. Shuning uchun Bosh konsulxona Oʼzbekiston-Turkiya yoʼnalishida harakatlanayotgan haydovchilardan kelish oldidan joy borligini bilishi, kelgandan keyin 3 kundan ortiq yuk tushirmaganda har bir kun uchun toʼlovni undirishga masʼullarni belgilab olishi (kerak boʼlsa shartnoma imzolashi), yuk beruvchi va tushiruvchilarning aloqa telefonlarini qayd etib olishlari, bojxonadan oʼtayotganda hujjatlarning toʼliq va xatosiz toʼldirilishini nazoratga olishlarini soʼrab qoladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook|Telegram bot|Instagram |Web-site