Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Navbatdagi BEPUL YURIDIK MASLAHAT Turkpermit'da! Hurmatli | Istanbul2020

Navbatdagi BEPUL YURIDIK MASLAHAT Turkpermit'da!

Hurmatli vatandoshlar!
Sizda mahalliy qonunchilik bo‘yicha savollar yoki muammolar bormi? Unda siz uchun joriy yilning 17 avgust kuni soat 13:00-16:00 oralig'ida O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi yordamida “O‘zbekiston madaniyat – birdamlik va hamkorlik” jamiyati tomonidan “Turkpermit danışmanlik” shirkatining Kadikoy sho’basiga advokat Berna Akkoyun bilan bepul yuridik maslahat uchrashuvini tashkil etmoqdalar.

Mazkur advokat aynan Turkiyadagi xorijiy fuqarolarning huquqlari bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. Vatandoshlarimiz uchun ushbu maslahatlar BEPUL ko'rsatiladi.

Murojaat uchun: +90-535-688-91-18; +90-539-488-91-18.

Manzil: Istanbul shahri, Kadikoy tumani, Kirtasiyeci ko‘chasi, №36/3.