Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

2022-yil 20-may kuni Oʼzbekiston Respublikasining Istanbul sha | Istanbul2020

2022-yil 20-may kuni Oʼzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida “Oʼzbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” bilan hamkorlikda Turkiya hududida istiqomat qilayotgan oʼzbek ayollarimiz uchun “Biznesga ilk qadam” mavzusida biznes-trening oʼtkazildi.
Treningga O’zbekistondan maxsus taklif etilgan “Business Academy” asoschisi – Luiza Sharaxmetova tomonidan ayollarning tadbirkorlikni boshlash asoslari, biznes-reja tuzishdagi eʼtiborga molik jihatlar, mahsulot va xizmatlarni sotishdagi asosiy mexanizmlar va boshqalar toʼgʼrisida taqdimot namoyish etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar, xususan Oʼzbekistonda va Turkiyada tadbirkorlik faoliyatini boshlash, biznes yuritish va boshqarishdagi muammolar, ularni yechish va xususiy sektor yoʼnalishlari yuzasidan fikrlar almashinuvi boʼlib oʼtdi.