Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#murojaat yuzasidan So’ngi vaqtlarda Bosh konsulxonaga yurt | Istanbul2020

#murojaat yuzasidan

So’ngi vaqtlarda Bosh konsulxonaga yurtdoshlarimizning yaqin qarindoshlarini yo’qolib qolishi yoki mahalliy politsiya tomonidan ushlab ketilganligi yuzasidan murojaatlari soni ortib bormoqda.

Shu munosabat bilan Bosh konsulxonada Turkiya ichki ishlar vazirligi Migratsiya xizmatining Istanbul boshqarmasi mas’ul xodimlari Xayrullah Yildizbakan va Melih Kaykili bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralarda O‘zbekiston fuqarolarining Turkiyada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlash, deportatsiya markazlariga olib borish va saqlashdagi ayrim holatlarga o’zbek tomonining munosabati bildirib o’tildi.

Bu borada fuqarolarimizga o’z vaqtida va tegishli yordam ko’rsatish maqsadida taraflar ma’lumot almashish jarayonini tezlashtirish, chora ko’rish, hal etish va boshqa masalalarni kelishib oldilar.

Bosh konsulxona tomonidan bu kabi holatlarni yanada keng ravishda o’rganish ishlari davom etmoqda.

Politsiya organlari tomonidan ushlangan yoki sizga nisbatan biror noqonuniy chora ko’rilgan taqdirda ulardan Bosh konsulxona diplomatlari bilan uchrashishni talab qilish huquqingiz borligini eslatib o’tamiz.

Yaqinlaringiz shu kabi holatlarga tushgan bo’lsa, konsulxonaning +90 212 323 20 39 telefon raqamiga qong’iroq qilishni hamda yozma murojaat qilishingizni so’raymiz.

Sizning haq-huquqlaringiz davlat himoyasidadir.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona