Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#OGOHLIK Hurmatli fuqarolar! So‘ngi vaqtlarda O‘zbekiston | Istanbul2020

#OGOHLIK

Hurmatli fuqarolar!

So‘ngi vaqtlarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida avia-parvozlar soni ortganligiga qaramay, Rossiya-Ukraina munosabatlari keskinlashganligi, Turkiyaga sayyohlar oqimini oshganligi sababli avia-chipta narxlarining ko‘tarilishi kuzatilmoqda.

Ayrim nopok kimsalar vaziyatdan unumli foydalanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali charter reyslar tashkil etilayotganligini e’lon qilib, arzon narxda chipta borligini aytib, firibgarlik yo‘li bilan odamlarni ishonchiga kirib, ularni aldayotganligini kuzatish mumkin.

Turli xildagi Telegram, Watsap, Instagramdagi reklamalarga ishonib, soxta biletlar sotib olayotgan fuqarolar ko‘plab uchrab turganligini bildirib o‘tamiz.

Bosh konsulxona sizlardan bu kabi aldovlarga uchmaslikni, O‘zbekiston va Turkiya havo yo‘llarining ofislari, ularning rasmiy internet saytlari yoki boshqa qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan firmalar orqali chipta sotib olishni tavsiya etadi.

Shuningdek, noqonuniy xatti-harakatlar olib borayotgan shaxslar to‘g‘risida Bosh konsulxonaga ma’lumot berish orqali boshqa vatandoshlarimizni ham firibgarlarlik qurboni bo‘lishliklarini oldini olishga o‘z xissangizni qo‘shing!

Aldov va firibgarlikni o‘ziga kasb qilib olgan fuqarolarga tez orada qonun oldida javob berish muqarrar ekanligini eslatib o‘tamiz.

Zero xalqimizda “Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi”, “Birovning haqi boshqa birovga buyurmaydi” degan naqllar bejizga aytilmagan.

Ogoh bo‘ling!

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona