Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#eslatma O’zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga! Turki | Istanbul2020

#eslatma
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga!

Turkiya Hukumati Migratsiya boshqarmasining bayonotiga ko’ra, mamlakatga noqonuniy ravishda kirgan, viza yoki yashash uchun ruxsatnomasi (Ikamet izni) bo’lmagan, ruxsatnomasiz (Çalışma izni) ishlayotgan, jamoat tartibiga tahdid soladigan chet elliklarni deportatsiya qilish jarayonlari davom etmoqda.
Bosh konsulxonaga, fuqarolarimizning huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlanib, olib ketilishi bilan bog’liq ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Shu kabi holatlarda, ushlangan fuqarolarimizning shaxsini tasdiqlovchi pasportlarini, begonalarga bermasdan, Bosh konsulxonaning xodimlariga murojaat etib, taqdim etish tavsiya etiladi. Bu, ularning mazkur holatdagi masalalarini tezroq hal qilish imkoniyatini yaratadi.
Eslatib o’tamiz, Turkiya hududida shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlaringizni (Kimlik ID karta, pasport) yoningizda ehtiyot qilib olib yuring.
Batafsil
http://uzconsulate.org.tr/news/161?language=uz