Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Turkiya vakolatli idoralarida ushlab turilgan Oʼzbekiston fuqa | Istanbul2020

Turkiya vakolatli idoralarida ushlab turilgan Oʼzbekiston fuqarolarini aniqlash, ularning huquq va erkinliklariga rioya etilishini oʼrganish, saqlash muassasalarida ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish, vatandoshlar bilan suhbatlashish hamda ularga amaliy yordam koʼrsatish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan Istanbul xavfsizlik boshqarmasining Pendik tumanida joylashgan Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurildi.

O’tkazilgan muzokaralar davomida Markazda saqlanuvchilarga tushlik ovqati berilmayotganligi, zaruriy tibbiy yordam oʼz vaqtida koʼrsatilmayotganligi, telefon qilish imkoniyati xaftada atigi bir marta berilayotganligi kabi masalalar koʼtarilib, ularni hal etish va nazoratga olish boʼyicha Markaz maʼmuriyatidan amaliy yordam soʼraldi.

Tashrif yakunida, mazkur markazda ushlab o’tirilgan O’zbekiston fuqarolari bilan birma-bir suhbat o’tkazildi, ularning holati o’rganib chiqildi.

Hozirda Bosh konsulxona tomonidan bu kabi holatlarni yanada keng ravishda o’rganish ishlari davom etmoqda.

#eslatma Politsiya organlari tomonidan ushlangan yoki sizga nisbatan biror noqonuniy chora ko’rilgan taqdirda ulardan Bosh konsulxona diplomatlari bilan uchrashishni talab qilish huquqingiz borligini eslatib o’tamiz.

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз
https://uzconsulate.taplink.ws/