Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Istanbul2020

Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020 I
Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020
Адрес канала: @istanbul2020boshkonsulxona
Категории: Путешествия
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 3.36K
Описание канала:

O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/
Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot

Рейтинги и Отзывы

3.00

3 отзыва

Оценить канал istanbul2020boshkonsulxona и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

2

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 13

2022-01-26 21:48:55
704 views18:48
Открыть/Комментировать
2022-01-26 21:47:04 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, "Uzbekistan Airways" vakolatxonasi, "Yelkadosh" jamiyati va Turkiyadagi faol o‘zbek tadbirkorlar hamkorligida Istanbul aeroportida parvozi kechiktirilgan vatandoshlarimizga somsa, osh, non, shirinliklar, chaqaloqlar uchun pampers va boshqa gigiеna mahsulotlarini tarqatdilar.

Shu bilan birga ayrim fuqarolar kerakli tibbiy yordam va nogironlik aravachalari bilan ta‘minlandilar.

Tranzit hududida qolib ketgan vatandoshlarning ehtiyojlari ham to'liq qondirildi.

26 yanvar 21:45 da Toshkentga ilk parvoz amalga oshirilib, 24 yanvarda qolib ketgan, yosh bolali, og'ir hasta va homilador fuqarolar jo'natildi.

27 yanvar 01:30 dagi turk havo yo'llarining Toshkentga reysi ham o‘z vaqtida amalga oshirilishi kutilmoqda.

27 yanvardagi Toshkent-Istanbul-Toshkent reyslari ham vaqtida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Hurmatli qoldirilgan reysdagi fuqarolar! Chipta olgan joyingizdan yoki "Uzbekistan Airways" ofislaridan chiptangizni almashtirishni, ayniqsa kimning imkoniyati bo'lsa kechroq muddatga parvozni kochirishni tavsiya qilamiz.

Bosh konsulxona sabr qilib kutgan, qo‘ldan kelgancha moddiy-ma‘naviy yordam bergan vatandoshlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
703 viewsedited  18:47
Открыть/Комментировать
2022-01-26 16:54:48 Istanbul aeroporti mas'ul xodimining ma'lum qilishicha, Turk havo yo‘llarining 27 yanvar soat 19:35 ga rejalashtirilgan TK-370 reysi Istanbuldan Toshkentga o‘z vaqtida amalga oshirilishi kutilmoqda.

O'zgarishlar bo‘yicha ma‘lumotlarni kanalimizda kuzatib boring
https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
898 viewsedited  13:54
Открыть/Комментировать
2022-01-26 15:11:48 O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ob-havoning noqulay bo'lganligi tufayli Istanbul xalqaro aeroportida o'z parvozini kutayotgan vatandoshlarimizga zarur ashyo va oziq ovqat mahsulotlarini tarqatib, Bosh konsul Amirsaid Agzamxodjaev va barcha konsulxona hodimlari ularga tushuntirish ishlarini amalga oshirdi.

Bunda Turkiyadagi faol tadbirkorlar va bloggerlar o‘z yordamlarini ko'rsatdilar.

Parvozlar yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlarni bilish uchun Istanbul bosh konsulxonasi rasmiy kanalini kuzatib boring.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
974 viewsedited  12:11
Открыть/Комментировать
2022-01-26 09:34:56
Kun savoli: Mirzo Ulug'bekning Istanbulga kelib, "Ayasofya" madrasasida dars bergan shogirdi kim?
Anonymous Quiz
15%
Qozizoda Rumiy
12%
Sulton Buxoriy
17%
Xo'ja Ahrori Valiy
55%
Ali Qushchi
830 voters1.0K views06:34
Открыть/Комментировать
2022-01-26 00:07:16 DIQQAT!!!

"Uzbekistan Airways" Aktsiyadorlik Jamiyatining İstanbul vakolatxonası hodimlari ma'lumotiga ko'ra, davom etayotgan qiyin ob-havo sharoitini hisobga olgan holda Istanbul aeroporti faqat favqulodda reyslarni qabul qila boshladi. Shu munosabat bilan 26 yanvar kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY271/272 va Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha HY277/278 reyslarini bekor qilishga majbur bo‘ldi.

Qo'shimcha ma'lumotlarni bilish uchun Istanbul bosh konsulxonasi rasmiy kanalini kuzatib boring!

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
471 viewsedited  21:07
Открыть/Комментировать
2022-01-25 23:12:46 Aksaray-Adana va Nevshehir trassalari kuchli qor yog’ishi tufayli og’ir yuk mashinalari uchun yopildi.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
542 viewsedited  20:12
Открыть/Комментировать
2022-01-25 22:19:54 Olingan ma’lumotlarga ko’ra, Turk havo yo‘llari Istanbul aeroportidan parvozlarni boshladi.
@istanbul2020Boshkonsulxona
778 viewsedited  19:19
Открыть/Комментировать
2022-01-25 20:25:40
Turkiyaning Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotiga ko'ra 25 yanvar kuni mamlakat bo'ylab kunlik COVİD-19ga chalinganlar soni 76 341 kishini va undan vafot etganlar soni 174 kishini tashkil qildi.

Eng yuqori ko'rsatkich Istanbul shahrida kuzatilgan.

@istanbul2020Boshkonsulxona
965 views17:25
Открыть/Комментировать
2022-01-25 18:56:31 Ma’lumot uchun!

Istanbul gubernatori Ali Yerlikayaning bayonotiga ko’ra, kuchli qor yoqqanligi va noqulay ob-havo saqlanib turganligi munosabati bilan quyidagi cheklov va chora-tadbirlar e’lon qilindi:

Xavfsizlik, sog’liqni saqlash, transport va zarur bo’lgan boshqa sektorlarda xizmat ko’rsatayotgan ishchilardan tashqari boshqa davlat idoralarida ish faoliyati yuritayotgan xizmatchilar uchun joriy yilning 26 yanvar – chorshanba kuni ham dam olish kuni deb belgilandi;

Davlat muassasalarida ishlayotgan nogiron va homilador ayollar uchun 26-27-28 yanvar kunlari ta'til deb e’lon qilindi;

Esenler, Haram va boshqa barcha avtostantsiyalar 26 yanvar soat 09:00 ga qadar faoliyati to'xtatildi;

Istanbuldagi Universitet rektorlari bilan kelishgan holda talabalar uchun ta’til 31 yanvarga qadar uzaytirildi;

Xususiy ta’lim va reabilitatsiya markazlarida ta’til 26, 27 va 28 yanvarga qadar uzaytirildi;

Sudya va prokurorlarga (navbatchilar mustasno) 25-26 yanvar kunlari ta’til ekanligi ma’lum qilindi.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
1.2K viewsedited  15:56
Открыть/Комментировать