Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Istanbul2020

Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020 I
Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020
Адрес канала: @istanbul2020boshkonsulxona
Категории: Путешествия
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 3.36K
Описание канала:

O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/
Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot

Рейтинги и Отзывы

3.00

3 отзыва

Оценить канал istanbul2020boshkonsulxona и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

2

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 14

2022-01-25 16:50:15 DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!

O’zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga joriy yilning 25-26 yanvar kunlari "Istanbul-Toshkent" avia-parvozlari vaqti yuzasidan juda ko’p murojaatlar bo’lmoqda.

O’rganishlar natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, 25 yanvar kuni amalga oshirilish rejalashtirilgan HY – 271/272/273/274 “Toshkent – Istanbul – Toshkent” yo'nalishi bo'yicha reyslar bekor qilindi.
26 yanvar soat 01:35 da uchishi kerak bo’lgan TK-0368 “Toshkent – Istanbul” reysi ham qoldirildi.

Hamma vatandoshlarimizdan so’rab qolamiz
Aeroport va yo’llardagi tirbandlikni, hamda parvozlar bekor etilganligini e’tiborga olib, aeroportga bormaslik tavsiya etiladi.

Ayni shu vaqtda aeroportda turli davlatlar fuqarolari to’planib qolib, yeb-ichish, xojatxona, kutish, PCR-test topshirish, aloqa va boshqa muammolar ko’zga tashlanmoqda.

Aeroportda protest qilgan shaxslarga nisbatan politsiya tomonidan chora ko'rilgani haqida ma'lumotlar olindi.

Ma'lumot o'rnida: Bekor qilingan parvozlar yo’lovchilari chiptaning to’liq qiymatini sotib olgan joylaridan qaytarish, parvozlar qayta tiklanganidan so’ng boshqa kunga bepul ko’chirish huquqiga egadirlar.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
1.3K views13:50
Открыть/Комментировать
2022-01-25 10:56:07
E‘LON

Istanbul shahar ma’muriyati va Gidrometeorologiya xizmati markazi xabarlariga ko’ra, bugun – 25 yanvar kuni soat 18:00 dan keyin ob-havoning keskin o’zgarishi va qor yog’ish ehtimoli saqlanib qolmoqda.

O’zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Vatandoshlarimizdan ehtiyot bo’lishni, zaruriyat tug’ilmagan taqdirda tashqariga chiqmaslikni, barcha ogohlantirishlarni to’g’ri qabul qilib kerakli choralarni ko’rishlarini so’rab qoladi.

Turkiyaga samolyotda kelishni, Istanbul xalqaro aeroporti orqali boshqa davlatlarga uchishni rejalashtirayotgan fuqarolardan vaqtinchalik boshqa marshrut tanlashni yoki ob-havoni yaxshilanishini kutishlarini so’rab qolamiz.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
2.8K views07:56
Открыть/Комментировать
2022-01-25 08:46:29
E‘LON

Bosh konsulxonaga kelgan ma'lumotlarga ko'ra, Istanbul aeroportidagi barcha parvozlar 25 yanvar soat 13:00ga qadar to'xtatilgan. Aeroportga boruvchi hamma yo‘llar qordan tozalash ishlari olib borilayotganligi tufayli yopilgan.

O'zbekiston havo yo'llari vakillarining ma'lumotiga ko'ra 25 yanvar soat 12:30ga rejalashtirilgan HY272 parvozi hozircha soat 17:50ga o'zgartirildi.

Bosh konsulxona fuqarolarimizdan vaziyat barqarorlashguniga qadar va zarurat bo'lmaganda avtomobil qo‘llanmaslikni iltimos qiladi.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
1.9K views05:46
Открыть/Комментировать
2022-01-24 21:25:35
Turkiyaning Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Kojaning ma'lumotiga ko'ra 24 yanvar kuni mamlakat bo'ylab kunlik COVİD-19ga chalinganlar soni 67 023 kishini va undan vafot etganlar soni 156 kishini tashkil qildi.

Eng yuqori ko'rsatkich Istanbul shahrida kuzatilgan.

@istanbul2020Boshkonsulxona
928 viewsedited  18:25
Открыть/Комментировать
2022-01-24 17:49:01
E‘LON

Istanbulda kuchli qor yog‘ishi tufayli Istanbul aeropotidan barcha avia qatnovlar noma'lum muddatga bekor qilindi.

Airoportga borish avtomobil yo‘llari kuchli qor yog‘ishi tufayli yopilgan.

Bosh konsulxona fuqarolarmizdan aeroportga vaziyat ijobiy o'zgarishiga qadar bormaslikni iltimos qiladi. Uchoqlarning o'zgargan vaqtini aniqlab borish tavsiya qilinadi.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
80.3K viewsedited  14:49
Открыть/Комментировать
2022-01-22 07:05:19 Хушхабар!
Кизимиз Макнуна сог-саломат топилди. Метрога тушиб, адашиб бошка йуналишга кетиб колган. Кидирувда жуда куп фаол фукароларимиз катнашдилар. Кечаси билан шифохоналар, кучалар ва бошка ерларни бориб куришган. Хамма беэтибор булмаганларга якинлари ва консулхона номидан рахмат!
https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
2.2K viewsedited  04:05
Открыть/Комментировать
2022-01-21 13:17:06
Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси ва Туркиядаги ўзбек аёлларини ҳақ ва ҳуқуқларини ҳимоя қилиш мақсадида тузилган “Özbek Kadın Hakları Derneği” ўртасида ўзаро ҳамкорлик Меморандуми имзоланди.
Ўзаро ҳамкорлик натижасида қисқа вақт ичида бошқа фаол фуқароларимиз кўмагида 30 дан ортиқ хотин-қизларга манзилли ёрдам кўрсатилди (10 нафар одам савдоси қурбонларини қайтишлари, 5 нафар Туркияда ўз пулини қайтара олмаётган аёлларни иш ҳақларини ундирилиши, 2 нафар Истанбул шифохоналарида даволанган ҳастани Ўзбекистонга юбориш, кўчада қолган 4 та юртдошимизни вақтинчалик иш жойи билан таъминлаш, 2 нафар вафот этган фуқароларимиз жасадларини Ўзбекистонга юбориш ва бош.).
Томонлар давом этиб келаётган ҳамкорликнинг янги ҳуқуқий босқичга олиб чиқиб, ўзбек хотин-қизларини мавқеини юксалтириш йўлида биргаликда ҳаракат қилиш ва бу борадаги қилинадиган ишларнинг режаси тузиб олдилар.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
975 views10:17
Открыть/Комментировать
2022-01-21 08:05:11
Kun savoli: Turkiyada bo'lib turgan fuqarolarimiz o'laroq quyidagi konsullik xizmatlaridan qaysi biriga ko'proq ehtiyoj mavjud deb o'ylaysiz?
Anonymous Poll
7%
O'zbekistonga qaytish uchun guvohnoma chiqarish
19%
Turli hujjatlar (nikoh, tug'ilganlik, ta'lim va boshq. haqidagi guvohnomalar)ni tasdiqlash
19%
Xorijga chiqish passportini rasmiylashtirish
55%
Yuqoridagilarning barchasi
588 voters352 views05:05
Открыть/Комментировать
2022-01-20 11:06:31
Kun savoli: Turkiyaning quyidagi shaharlaridan qaysi birida O'zbekiston faxriy konsulligi mavjud emas?
Anonymous Quiz
14%
Antaliya
16%
Adana
12%
Bursa
58%
Erzurum
269 voters451 views08:06
Открыть/Комментировать
2022-01-19 21:56:38
Bugunning savoli: Bu yil o'zbek-turk diplomatik munosabatlari o'rnatilganiga necha yil to'ladi?
Anonymous Quiz
15%
29 yil
32%
31 yil
19%
28 yil
35%
30 yil
311 voters593 views18:56
Открыть/Комментировать