Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Istanbul2020

Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020 I
Логотип телеграм канала @istanbul2020boshkonsulxona — Istanbul2020
Адрес канала: @istanbul2020boshkonsulxona
Категории: Путешествия
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 3.36K
Описание канала:

O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/
Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot

Рейтинги и Отзывы

3.00

3 отзыва

Оценить канал istanbul2020boshkonsulxona и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

2

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 16

2022-01-18 09:35:47 Istanbul2020 pinned «Turkiya Respublikasi hududida nikohdan o’tishni rejalashtirgan fuqarolar diqqatiga Turkiya Munisipaliteti tomonidan ( Nufus Müdürlüğü) nikoh uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati; 1- Tug'ilganlik haqida guvohnoma Guvohnoma (Shaxsning to'liq ismi…»
06:35
Открыть/Комментировать
2022-01-18 09:33:39 Turkiya Respublikasi
hududida nikohdan o’tishni rejalashtirgan fuqarolar diqqatiga

Turkiya Munisipaliteti tomonidan
( Nufus Müdürlüğü) nikoh uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati;

1- Tug'ilganlik
haqida guvohnoma

Guvohnoma (Shaxsning to'liq ismi, tug'ilgan joyi, tug'ilgan
sanasi, onasi va otasining to'liq ismining mavjudligi) Bosh konsulxona
tomonidan “asliga to’gri” muhri bilan tasdiqlangan bo’lishligi (onay) lozim;

2- Nikohda
turmaganlik haqida QR kodlik ma’lumotnoma

Nikohlanuvchi shaxsning oilaviy ahvolini tasdiqlovchi
guvohnoma, masalan – “bo'ydoq / ajrashgan / beva”.

Hujjat yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan
olinadi va bu asosida Bosh konsulxona tomonidan turk tilida ma’lumotnoma beriladi.
O’z navbatida davlat xizmatlari portalidan olingan hujjat 6 oydan so’ng haqiqiyligini
yo’qotadi.

3- Pasport nusxasi

4- 5 dona 3,5х4,5 fotosurat


Fotosurat oxirgi 6 oy ichida olingan bo'lishi kerak.

5- Talassemiya (onkologiya
va gemotologiya), Gepatit B-C, OIV va OITS uchun test natijalari

Oila salomatligi markazlarida topshiriladi

6- Fuqaroning umumiy
salomatligi haqida fotosuratlik
ma’lumotnoma.

Tug’ilganlik haqida guvohnoma va Nikohda turmaganlik haqida ma’lumotnoma Bosh konsulxona tomonidan 3 ish kunida asliga to’g’riligi tekshirilib rasmiylashtiriladi.
Shu sababdan sizdan Nufus mudurligida uchrashuv kuni belgilanishi bilan, ohirgi kunini kutmasdan o’z hujjatlaringizni konsulxonadan tasdiqlab olishingizni so’rab
qolamiz.

Eslatib o’tish
lozimki, yuqorida sanab o’tilgan hujjatlardan tashqari Turkiya vakolatli
organlari qo’shimcha turdagi ma’lumotlarni ham talab qilishi mumkin.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
310 viewsedited  06:33
Открыть/Комментировать
2022-01-17 14:07:07 https://mininnovation.uz/contest/post-313. “OLMAZOR STARTUP INKUBATSIYA” MChJ XK o'zbek-turk inkubatsiya markazi yosh salohiyatli kadrlar uchun Turkiya Respublikasida 4 haftalik tajriba almashinuv dasturiga qabul e'lon qiladi.

Batafsil: https://mininnovation.uz/contest/post-313

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook
678 viewsedited  11:07
Открыть/Комментировать
2022-01-15 14:00:09 «Turk havo yo‘llari» avia-kompaniyasinig bayonotiga ko‘ra, ichki reyslar uchun PZR-testi manfiy natijalarini majburiy taqdim etish talabi bekor qilindi.
908 views11:00
Открыть/Комментировать
2022-01-15 11:02:49
Turkiya OAV O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi haqida

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter|Telegram (на русском)
933 views08:02
Открыть/Комментировать
2022-01-14 15:51:57
Turkiyadan tabrik: O‘zbekiston Qurolli kuchlari xalqaro miqyosda ham tinchlik va barqarorlikning ramzi bo‘lishiga ishonamiz

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter|Telegram (на русском)
1.0K views12:51
Открыть/Комментировать
2022-01-13 19:56:34 Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoning so‘zlariga munosabat bildirdi

Joriy yilning 13 yanvar kuni bo'lib o'tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning KXShT sammitida aytgan shov-shuvli so‘zlariga munosabat bildirdi.

«Kuni kecha ba’zi davlat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi.
Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. 
Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirgan prezident matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Qozog‘istondagi tartibsizliklarga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishida so‘z olgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z nutqida O‘zbekistonni tilga olgandi.
«Qozog‘istondagi vaziyatdan, avvalo, O‘zbekiston hushyor bo‘lishi kerak. Aks holda, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘polon tashkilotchilarining nigohi, jumladan, O‘zbekistonga qaratilgan», degandi Belarus rahbari o‘zining nutqida.
https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
649 views16:56
Открыть/Комментировать
2022-01-13 15:15:21
#ЭЪЛОН

Ҳурматли юртдошлар, “Ватандошлар” жамоат фонди томонидан “14 январь – Ватан ҳимоячилари куни” байрами муносабати жорий йилнинг 14 январь куни соат 16:00 да (Истанбул вақти билан 14:00) Zoom платформаси орқали онлайн-тадбир ўтказилиши режалаштирилмоқда.

Ушбу тадбирда Ўзбекистон ва Тожикистон халқ артисти, “Ватандошлар” жамоат фонди Васийлик Кенгаши раиси Шерали Жўраев, Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати, Жамоат фонди Васийлик Кенгаши аъзоси Хуршид Дустмухаммад, шунингдек, олимлар, маданият ва санъат вакиллари ҳамда хориждаги ватандошлар иштирок этиши кўзда тутилган.

Маълумот учун: Zoom идентификатори - 209 659 8923, пароли – 1. Хориждаги ватандошлар мазкур байрам тадбирини “Ватандошлар” жамоат фондининг Facebook ижтимоий тармоғидаги саҳифасида (http://fb.com/vatandoshlarfondi) тўғридан-тўғри кузатишлари мумкин.

Ушбу онлайн-тадбирда фаол иштирок этишингиз мумкин.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
2.3K viewsedited  12:15
Открыть/Комментировать
2022-01-13 14:48:26
#тезкор

Республика махсус комиссиясининг қарори билан 2022 йил 15 январдан бошлаб қуйидаги тартиб жорий қилинмоқда:

хорижий давлатлардан Ўзбекистон Республикасига ташриф буюрувчилар келишидан камида 48 соат олдин топширилган коронавирус инфекциясига ПЗР тест натижаси бўйича манфий кўрсаткичли маълумотга эга бўлиши;

коронавирус инфекциясига ПЗР тест натижаси бўйича манфий кўрсаткичга эга маълумотнома бўлмаганда, аэропорт, темир йўл вокзаллари ва чегара ўтказиш пунктларида ташкил этилган коронавирус инфекциясига экспресс тест топшириши шарт.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
532 views11:48
Открыть/Комментировать
2022-01-12 17:33:47
“Ватанга қайтиш учун гувоҳномаси (сертификат)”ни consulate.mfa.uz орқали электрон тўлдириш тартиби қандай ?

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
672 views14:33
Открыть/Комментировать