Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Turkiya Respublikasi hududida nikohdan o’tishni rejalashtirgan | Istanbul2020

Turkiya Respublikasi
hududida nikohdan o’tishni rejalashtirgan fuqarolar diqqatiga

Turkiya Munisipaliteti tomonidan
( Nufus Müdürlüğü) nikoh uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati;

1- Tug'ilganlik
haqida guvohnoma

Guvohnoma (Shaxsning to'liq ismi, tug'ilgan joyi, tug'ilgan
sanasi, onasi va otasining to'liq ismining mavjudligi) Bosh konsulxona
tomonidan “asliga to’gri” muhri bilan tasdiqlangan bo’lishligi (onay) lozim;

2- Nikohda
turmaganlik haqida QR kodlik ma’lumotnoma

Nikohlanuvchi shaxsning oilaviy ahvolini tasdiqlovchi
guvohnoma, masalan – “bo'ydoq / ajrashgan / beva”.

Hujjat yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan
olinadi va bu asosida Bosh konsulxona tomonidan turk tilida ma’lumotnoma beriladi.
O’z navbatida davlat xizmatlari portalidan olingan hujjat 6 oydan so’ng haqiqiyligini
yo’qotadi.

3- Pasport nusxasi

4- 5 dona 3,5х4,5 fotosurat


Fotosurat oxirgi 6 oy ichida olingan bo'lishi kerak.

5- Talassemiya (onkologiya
va gemotologiya), Gepatit B-C, OIV va OITS uchun test natijalari

Oila salomatligi markazlarida topshiriladi

6- Fuqaroning umumiy
salomatligi haqida fotosuratlik
ma’lumotnoma.

Tug’ilganlik haqida guvohnoma va Nikohda turmaganlik haqida ma’lumotnoma Bosh konsulxona tomonidan 3 ish kunida asliga to’g’riligi tekshirilib rasmiylashtiriladi.
Shu sababdan sizdan Nufus mudurligida uchrashuv kuni belgilanishi bilan, ohirgi kunini kutmasdan o’z hujjatlaringizni konsulxonadan tasdiqlab olishingizni so’rab
qolamiz.

Eslatib o’tish
lozimki, yuqorida sanab o’tilgan hujjatlardan tashqari Turkiya vakolatli
organlari qo’shimcha turdagi ma’lumotlarni ham talab qilishi mumkin.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona