Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxo | Istanbul2020

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, "Uzbekistan Airways" vakolatxonasi, "Yelkadosh" jamiyati va Turkiyadagi faol o‘zbek tadbirkorlar hamkorligida Istanbul aeroportida parvozi kechiktirilgan vatandoshlarimizga somsa, osh, non, shirinliklar, chaqaloqlar uchun pampers va boshqa gigiеna mahsulotlarini tarqatdilar.

Shu bilan birga ayrim fuqarolar kerakli tibbiy yordam va nogironlik aravachalari bilan ta‘minlandilar.

Tranzit hududida qolib ketgan vatandoshlarning ehtiyojlari ham to'liq qondirildi.

26 yanvar 21:45 da Toshkentga ilk parvoz amalga oshirilib, 24 yanvarda qolib ketgan, yosh bolali, og'ir hasta va homilador fuqarolar jo'natildi.

27 yanvar 01:30 dagi turk havo yo'llarining Toshkentga reysi ham o‘z vaqtida amalga oshirilishi kutilmoqda.

27 yanvardagi Toshkent-Istanbul-Toshkent reyslari ham vaqtida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Hurmatli qoldirilgan reysdagi fuqarolar! Chipta olgan joyingizdan yoki "Uzbekistan Airways" ofislaridan chiptangizni almashtirishni, ayniqsa kimning imkoniyati bo'lsa kechroq muddatga parvozni kochirishni tavsiya qilamiz.

Bosh konsulxona sabr qilib kutgan, qo‘ldan kelgancha moddiy-ma‘naviy yordam bergan vatandoshlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona