Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Ma’lumot uchun! Istanbul gubernatori Ali Yerlikayaning bayon | Istanbul2020

Ma’lumot uchun!

Istanbul gubernatori Ali Yerlikayaning bayonotiga ko’ra, kuchli qor yoqqanligi va noqulay ob-havo saqlanib turganligi munosabati bilan quyidagi cheklov va chora-tadbirlar e’lon qilindi:

Xavfsizlik, sog’liqni saqlash, transport va zarur bo’lgan boshqa sektorlarda xizmat ko’rsatayotgan ishchilardan tashqari boshqa davlat idoralarida ish faoliyati yuritayotgan xizmatchilar uchun joriy yilning 26 yanvar – chorshanba kuni ham dam olish kuni deb belgilandi;

Davlat muassasalarida ishlayotgan nogiron va homilador ayollar uchun 26-27-28 yanvar kunlari ta'til deb e’lon qilindi;

Esenler, Haram va boshqa barcha avtostantsiyalar 26 yanvar soat 09:00 ga qadar faoliyati to'xtatildi;

Istanbuldagi Universitet rektorlari bilan kelishgan holda talabalar uchun ta’til 31 yanvarga qadar uzaytirildi;

Xususiy ta’lim va reabilitatsiya markazlarida ta’til 26, 27 va 28 yanvarga qadar uzaytirildi;

Sudya va prokurorlarga (navbatchilar mustasno) 25-26 yanvar kunlari ta’til ekanligi ma’lum qilindi.

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona