Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 139.74K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 219

2021-11-06 12:32:27 ​#Eduuz_tavsiya_etadi

Birinchi kurs talabalari uchun foydali maslahatlar

G’arb oliygohlarida birinchi kurs talabasini “freshman” deb atashadi. Yangi hayotga yangi qadam qo’ygan talaba oldida sanog’i yo’q imkoniyat va tanlovlar gavdalanadi.

Shu holatda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Universitetda siz uchratadigan har bir inson (professor-o’qituvchilar, tyutorlar, kampusdagi xodimlar, hatto kursdoshlar)ning akademik hayotingizda o’rni bor. Imkon qadar ko'proq odamlar bilan mazmunli muloqot ("networking") qilib, ularning bilim va tajribalaridan maksimal olishga harakat qiling.

Har bir ishda tartibli bo'ling, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga ilk kundan odatlaning! Berilgan topshiriqni o’z vaqtida (“deadline”) bajarish – muvaffaqiyatning yarmi sanaladi. Birinchi kursdan tartib va intizomga odatlansangiz, keyinchalik ham unga amal qilish oson bo’ladi.

Ma’ruza vaqtida qayd qilib borish ("note-taking") odatini o’rganing. Ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yildan yilga talabalar ma’ruza vaqtida qayd qilib borish (konspekt yozish) odatini unutib bormoqda. Qayd qilish ma’lumotlarni chuqurroq o'rganish, eslab qolish va ma’lum vaqt o’tgandan keyin takrorlash imkoniyatini beradi. Bu nihoyatda muhimdir. Ixcham va samara bilan yozilgan konspektlar talabaning kuch hamda vaqtini tejaydi.

Davomi bor …

Eduuzdan yiroqlashmang!
9.2K views09:32
Открыть/Комментировать
2021-11-06 05:57:50
В Совместном Белорусско-Узбекском межотраслевом институте прикладных технических квалификаций в городе Ташкенте организована конференция, посвященная вопросам профилактики пожарной безопасности.


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
12.4K views02:57
Открыть/Комментировать
2021-11-06 05:56:49
#Ehtiyot_bo'ling

Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida profilaktika tadbiri tashkil etilib, unda mutasaddilar tomonidan talabalarga yong’in xavfsizligi va is gazidan saqlanish bo’yicha amaliy tushunchalar berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
12.9K views02:56
Открыть/Комментировать
2021-11-05 20:53:30 ЧАНГЛИ ҲАВОДА НИМА ҚИЛИШ КЕРАК?

Кеча юртимизда кучли шамоллар туфайли мавсумга хос бўлмаган чанг-қумли бўрон ҳодисаси кузатилди. Ҳаво таркибидаги чанг зарралари уйлар, ишхоналар, автомобилларнинг эшик - деразаларидан сизиб кириб, ёпиқ хоналар ҳавосини ҳам чанг заррачалари билан ифлослантирди. Нима қилиш керак?

• Кўчага иложи борича камроқ чиқиш;
• Ишга, ўқишга, харид учун кўчага чиққанда тиббий ниқоб тақиш ва ҳар 2 соатда алмаштириш;
• Кўчадан уйга қайтгач душ қабул қилиш (соч ва юз-кўзларни яхшилаб ювиш);
• калит, кўзойнак, телефон ва сумкани намланган салфетка билан яхшилаб артиш;
• кўчага кийиб чиққан кийимларни ювиш; устки кийимларни (костюм, плащ, пальто ва бошқалар) маска таққан ҳолда ташқарида яхшилаб қоқиш.
• ним таъсир этувчи тузли сув билан томоқ ва бурунларни тез-тез чайиш;
• кўпроқ суюқлик (илиқ) ичиш, иложи бўлса кўк чой, наъматак дамламасини ичиш;
• ёғли, қовурилган, дудланган, тузланган, шўр, аччиқ таомларни чеклаш; суюқ сабзавотли таомлар, сут ва сут маҳсулоталари (қатиқ, кефир ва бошқалар), кўкатларни истеъмол қилиш.

Чангни кўп тўпланишини олдини олиш ва уйни ҳамда юзаларни тўғри тозалаш керак:

• уй, ишхона ва машина эшиклари ва деразаларини зич ёпиш;
• чанг йиғилиши мумкин бўлган ҳамма нарсаларни чанг ютгич ёрдамида тозалаш керак (ковролин, гилам, юмшоқ мебель, юмшоқ ўйинчоқлар ва бошқалар); юмшоқ мебелни қоқишдан аввал усти намланган латта билан ўралиши тавсия этилади.
• чанг йиғилиши мумкин бўлган барча юзаларни (пол, шкаф, ишчи юзалар ва бошқалар) кун давомида бир неча марта намланган латта билан яхшилаб артиш керак;
• оёқ кийимларини эшик олдида қолдириш ва имкон қадар тезроқ ювиб қўйиш керак;
• хона ҳавоси оптимал намлигини таъминлаш: ҳўл сочиқларни хоналарга осиш, каттароқ сиғимли идишларга сув солиб қўйиш.

Феруза Ибодуллаевна Саломова, Атроф-муҳит гигиенаси кафедраси мудири, профессор

Обуна бўлинг Тошкент тиббиёт академияси
9.5K viewsedited  17:53
Открыть/Комментировать
2021-11-05 20:15:13
#Talaba_uchun

TIQXMMI Qarshi filiali talabalari uchun kapital taʼmirdan chiqarilgan talabalar turar-joyi foydalanishga topshirildi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialining foydalanishga topshirilgan talabalar turar-joyi 200 kishiga mo‘ljallangan.

TTJda talabalar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi, maroqli dam olishi va darslarini tayyorlashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Mazkur talabalar turar-joyida olti oy davomida mukammal kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Binoning tomi, eshik-romlari, yoʻlaklar, kanalizatsiya tizimi yangilandi. Sanitariya-gigiyena, tibbiyot xonalari hamda oshxonalarga eng so‘nggi jihozlar olib kelinib o’rnatildi.

Shuningdek, barcha qavatlar muzlatgich, zamonaviy kir yuvish mashinalari, elektr plitalar, televizorlar va dazmollar bilan jihozlandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3166
_____
Eduuzdan yiroqlashmang!
12.2K views17:15
Открыть/Комментировать
2021-11-05 16:49:39
#soft_skills

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “ta'lim-fan-ishlab chiqarish”ning uzviy integratsiyasini ta'minlash va mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash maqsadida “Karyera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi.

Unda tijorat banklari, 200 dan ortiq kompaniya vakillari, taniqli tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov ham ishtirok etdi.

“Bugun universitetlar oldida turgan ustuvor vazifalardan biri – bu nafaqat talabaga ta'lim berish, balki bitiruvchilarning ishga joylashishiga ko‘mak berish hamdir. Bitiruvchining ish bilan ta'minlanishida so‘nggi qaror, albatta, ish beruvchi tomonidan qabul qilinadi. Ammo, universitet bitiruvchi va ish beruvchi o‘rtasida o‘ziga xos bog‘lovchi platforma bo‘lib, professional sahnada qanday malakaviy talab va andozalar bugungi kunda muhim ekanligi haqida tushuntirish berishi lozim”, – dedi S.Usmanov.
__
@eduuz
19.2K views13:49
Открыть/Комментировать
2021-11-05 14:44:42
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Shomurod Normo‘minovich Mustafayev Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shomurod Mustafayev 1966-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1992-yilda Samarqand davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Ilmiy darajasi: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Shu kunga qadar Samarqand davlat universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlagan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8.9K views11:44
Открыть/Комментировать
2021-11-05 12:03:24 Xabaringiz bor, kechadan buyon yurtimizda kuchli shamol tufayli mavsumga xos boʻlmagan chang- toʻzonli noqulay ob-havo kuzatilmoqda. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami koʻtarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 5 barobar oshdi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi prognoziga koʻra, bugun, 5-noyabr kuni ham Toshkent shahri hamda respublikamizning boshqa joylarida chang-qumli noqulay ob-havo hodisasi davom etadi.

Ushbu holatda shifokor-mutaxassislar professor-oʻqituvchilar va oʻquvchi-talabalarga quyidagilarni tavsiya etadi:

ko‘chaga chiqishdan oldin nim ta’sir qiluvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni chaygan holda chiqishlari;

ochiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yurish va ularni har ikki soatda almashtirish;

xonalarni yopiq saqlash, xoʻl sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sigʻimli idishlarga suv solib qoʻyish zarur.

Shuningdek, agar professor-oʻqituvchi va oʻquvchi-talabalarimizda tashqi muhitdagi changlar tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, koʻzlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yoʻtal belgilari yuzaga kelsa, tezda allergolog shifokorga murojaat qilishlari lozim. Shu bilan birga, zarurat sezganda "103" xizmatiga murojaat qilib, tun-u kun sifatli tibbiy yordam olishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
32.8K views09:03
Открыть/Комментировать
2021-11-05 12:03:24
#Yurtimizda_noqulay_ob_havo
17.4K views09:03
Открыть/Комментировать
2021-11-05 09:23:21 #Tyutorlar

Tyutorlik – katta ishonch va ma'suliyat

Samarqand davlat universitetida tyutorlik faoliyati yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yildi. Universitetning 15 mingdan ortiq talabalariga 100 ga yaqin tyutorlar biriktirilgan.

Tyutorlar:
- “Talabalarning qiziqishi va imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqdamiz”.
- “Ijarada yashaydigan talabalarning muammolarni o‘rganib chiqyapmiz”.
12.7K views06:23
Открыть/Комментировать