Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#soft_skills Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “ta' | Edu.uz

#soft_skills

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “ta'lim-fan-ishlab chiqarish”ning uzviy integratsiyasini ta'minlash va mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash maqsadida “Karyera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi.

Unda tijorat banklari, 200 dan ortiq kompaniya vakillari, taniqli tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov ham ishtirok etdi.

“Bugun universitetlar oldida turgan ustuvor vazifalardan biri – bu nafaqat talabaga ta'lim berish, balki bitiruvchilarning ishga joylashishiga ko‘mak berish hamdir. Bitiruvchining ish bilan ta'minlanishida so‘nggi qaror, albatta, ish beruvchi tomonidan qabul qilinadi. Ammo, universitet bitiruvchi va ish beruvchi o‘rtasida o‘ziga xos bog‘lovchi platforma bo‘lib, professional sahnada qanday malakaviy talab va andozalar bugungi kunda muhim ekanligi haqida tushuntirish berishi lozim”, – dedi S.Usmanov.
__
@eduuz