Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Edu.uz

Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz E
Логотип телеграм канала @eduuz — Edu.uz
Адрес канала: @eduuz
Категории: Образование
Язык: Русский
Страна: Узбекистан
Количество подписчиков: 139.74K
Описание канала:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006
📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Рейтинги и Отзывы

3.00

2 отзыва

Оценить канал eduuz и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

1


Последние сообщения 218

2021-11-08 21:30:33
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Nozliya Zarilovna Normurodova Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Nozliya Normurodova 1986-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2009-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.

Ilmiy darajasi: Filologiya fanlari doktori (DSc).

Shu kunga qadar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8.5K viewsedited  18:30
Открыть/Комментировать
2021-11-08 19:16:05
SamDUda viloyat OTMning qish mavsumiga tayyorgarligi mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qilindi

Samarqand davlat universitetida
o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat ta’lim muassasalarining qish mavsumiga tayyorgarligi, ta’lim muassasalariga qarashli hududlarni obodonlashtirish, o‘quv va yotoqxona binolaridagi issiqlik tizimlarining sozligi, qozonxonalar holati va gaz ta’minoti bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://samdu.uz/news/1046

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8.7K views16:16
Открыть/Комментировать
2021-11-08 17:48:14
#XALQARO_HAMKORLIK

Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Akademiyaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida
Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart (Michael Linhart) boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.

Tashrif davomida nufuzli mehmonlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining ilmiy-pedagogik faoliyati, talaba hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
17.1K views14:48
Открыть/Комментировать
2021-11-08 17:22:15 Edu.uz rasmiy kanali pinned « ​ Magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan…»
14:22
Открыть/Комментировать
2021-11-08 17:09:44 #Nuqtayi_nazar

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” modelini joriy etish masalasi ta’kidlangan.

Tadqiqotlarga koʻra, dunyo universitetlari umumiy sonining atigi
0,3 foizi “Universitet 3.0” modeliga mos deb tan olinar ekan.

Xoʻsh, bu tushuncha oʻzi nimani anglatadi?

Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor USMANOV maʼlumot beradi
.

Batafsil
18.4K views14:09
Открыть/Комментировать
2021-11-08 12:18:53

Magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarni tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan toʻlov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda qoʻshimcha qabul qilishga ruxsat berildi.

Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga 2021-yil 9-noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.

Toʻlov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021-yil 20-noyabr.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son qaroriga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul toʻlov-kontrakt miqdori bir talabaning oʻqishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
55.3K viewsedited  09:18
Открыть/Комментировать
2021-11-08 12:13:57 ​​ Магистратура мутахассисликларига қўшимча қабул учун рухсат берилди

Ўзбекистон Республикаси давлат олий таълим муассасаларига 2021/2022-ўқув йили магистратура мутахассисликлари бўйича кириш имтиҳонларида иштирок этиб, мутахассислик фанидан белгиланган максимал баллнинг 40 фоизи (40 балл) ва ундан юқори балл тўплаган абитуриентларни тегишли олий таълим муассасаси томонидан белгиланган тўлов-контракт асосида баллар кетма-кетлигига қатъий амал қилган ҳолда қўшимча қабул қилишга рухсат берилди.

Магистратурага кириш имтиҳонларида иштирок этиб, юқоридаги талабни бажарган талабгорлар тегишли олий таълим муассасаси қабул комиссиясига 2021 йил 9 ноябрдан мурожаат қилишлари мумкин.

Тўлов шартнома миқдорининг камида 50 фоизини бажаришнинг охирги муддати 2021 йил 20 ноябрь.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021-йил 22 июндаги ПҚ–5157-сон қарорига кўра, магистратура мутахассисликларига қўшимча қабул тўлов-контракт миқдори бир талабанинг ўқиши учун сарфланадиган харажат миқдоридан келиб чиққан ҳолда олий таълим муассасаси томонидан белгиланади.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
64.8K views09:13
Открыть/Комментировать
2021-11-08 10:38:08 ​#Qonunchilik_yangiliklari

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori (674-son, 04.11.2021-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.

Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi.

Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda oʻqiyotgan talabalarga toʻlanadi.

Stipendiyalar uchun nomzodlarni koʻrsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning oʻquv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.

OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uz” tizimiga har yili 1-15-avgust kunlari kiritiladi.

Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30-sentabr kunlari koʻrib chiqiladi.

Stipendiyalar 1-sentabrdan tayinlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
21.4K viewsedited  07:38
Открыть/Комментировать
2021-11-07 12:48:39
#Ijtimoiy_rolik

Самарқанд ветеринария медицинасы институты Нөкис филиалы инәм етеди:"Өзбекстан жаслары бузғыншы идеяларға қарсы"

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali taqdim etadi: „Oʻzbekiston yoshlari buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi“

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10.5K views09:48
Открыть/Комментировать
2021-11-06 14:49:25 ​#Professional_taʼlim

Rasman: 10-20-noyabr kunlari kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun test sinovlari oʻtkaziladi

Yoshlar hamda mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan xodimlarni kasb yoki mutaxassisliklar egallashini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021/2022-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga SIRTQI, KECHKI va DUAL taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

2021/2022-oʻquv yili qabulida kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni belgilangan qabul parametrlariga nisbatan tanlov ortgan kasb (mutaxassislik)larga Davlat test markazi tomonidan 2021-yil 10-20-noyabr kunlari test sinovlari tashkil qilinadi.

Test sinovlari professional taʼlim muassasalarining binolari va viloyat markazlarida tayyorlangan katta sigʻimli bino va inshootlarda oʻtkaziladi.

Test sinovlari oʻtkaziladigan binolarning manzili va test sinovlarida ishtirok etish boʻyicha ruxsatnomalarni taqdim etish vaqti qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi.
__
@eduuz
30.0K views11:49
Открыть/Комментировать