Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Bekhzod Djalilov

Логотип телеграм канала @bekhzoddjalilov — Bekhzod Djalilov B
Логотип телеграм канала @bekhzoddjalilov — Bekhzod Djalilov
Адрес канала: @bekhzoddjalilov
Категории: Блоги , Новости и СМИ
Язык: Русский
Количество подписчиков: 969
Описание канала:

Yoshlar parlamenti a’zosi
M.Ulug’bek deputati
Murojaat uchun @askbdjalilovbot
https://instagram.com/bekhzoddjalilov
https://www.facebook.com/b.djalilov

Рейтинги и Отзывы

3.50

2 отзыва

Оценить канал bekhzoddjalilov и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

1

1 звезд

0


Последние сообщения 5

2022-04-28 15:11:49
Biz safarimizni Andijon viloyatidan boshladik. Safar doirasida tashkil etilgan bugungi tadbir qizg’in va ko’tarinki ruhda o’tganini e’tirof etmoqchiman. Andijonlik yoshlarning bilimga chanqoqligi, xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishi, shijoati, o’z oldiga eng ulkan maqsadlarni qo’yganligi meni behad quvontirdi. Bu iqtidorli yoshlarni keyingi yil universitetimiz talabalari safida ko’rishga umid qilaman.

Shu munosabat bilan, viloyatlardagi yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etishda ko’mak berib kelayotgan Yoshlar Agentligi hamda bugungi tadbir uchun agentlikning Andijon viloyat boshqarmasiga samimiy minnatdorchilik bildirib qolaman.

Eslatib o’taman, keyingi safarimiz 29.04.2022 14.00 da Namangan viloyatiga rejalashtirilgan.
1.2K views12:11
Открыть/Комментировать
2022-04-27 21:29:00 Andijondagi Yoshlar Agentligi saroyi lokatsiyasi:

https://maps.google.com/maps?q=40.794205,72.347629&ll=40.794205,72.347629&z=16
346 views18:29
Открыть/Комментировать
2022-04-27 21:29:00
Andijonlik, Namanganlik va Farg‘onalik abituriyentlar diqqatiga!

AKFA Universiteti (AU) jamoasi 28-30-aprel kunlari abituriyentlar bilan uchrashish maqsadida Andijon, Namangan va Farg‘ona shaharlariga tashrif buyuradi.
Uchrashuvlar doirasida abituriyentlarga AU haqida batafsil maʼlumot taqdim etiladi.

Andijon shahrida uchrashuv 28-aprel kuni Yoshlar Agentligi saroyida bo‘lib o‘tadi. 29-aprel kuni Namangan shahridagi Yoshlar Agentligi saroyida abituriyentlar bilan uchrashuv oʻtkaziladi.

Farg‘onalik abituriyentlar bilan uchrashuv 30-aprel kuni Farg‘ona shahridagi Yoshlar Agentligi saroyida tashkil etiladi. Uchrashuvlar 14:00 da boshlanadi.

AU uchrashuvni tashkil etishda koʻrsatgan amaliy yordami uchun Yoshlar Agentligiga minnatdorchilik bildiradi.

AKFA Universiteti haqida:

318 views18:29
Открыть/Комментировать
2022-04-21 20:51:31 Bugun uzoq yillik shogirdlarimizdan biri, yosh bo’lsa-da, katta tajribaga ega universitetimizning eng jonkuyar xodimlarimizdan biri - Abdurahmon haqida yoshlarga ibrat bo’luvchi motivatsion videorolikni ko’rib juda mamnun bo’ldim. Chindan ham u shijoatli, izlanuvchan, nihoyatda zakovatli, har ishga mas’uliyat bilan yondashuvchi yigit. Ustozdan o’tmagan shogird shogird emas, umid qilamanki, bu yutuqlar Abdurahmon uchun boshlanishi.

Jamoamdagilarning yutuqlarga erishishi, yangi marralarni zabt etishi eng avvalo, meni quvontiradi. Hayotda boshqalardan kuchli bo’lish uchun atrofingizda o’zingiz kabi kuchli insonlarni to’plashingiz kerak. Katta maqsadlargagina kuchli jamoa bilan erishiladi va bugun bizning jamoa o’z oldiga ulkan maqsadlarni qo’ygan oilaga aylandi deb faxr bilan ayta olaman.



458 viewsedited  17:51
Открыть/Комментировать
2022-04-14 20:24:59 Мактаб ўқитувчилари учун бепул AU Training for English Teachers (TET) дастури

Ўзбекистондаги умумтаълим мактабларининг ESL ўқитувчилари учун ажойиб имконият!

Чет тилларини ўқитиш ва ўргатишни ривожлантириш мақсадида AU’нинг Таълим мактаби бутун мамлакат бўйлаб танланган ESL ўқитувчилари/инструкторлари учун бепул ўқитувчилар тайёрлаш дастурини таклиф қилади.

Иштирокчиларга қулайлик яратиш учун бир ҳафталик (Душанба-Жума кунлари) ёзги интенсив дастури ташкил этилади. Дастур иштирокчилари ўз педагогик маҳоратларини ошириш ва уни янги босқичга олиб чиқиш имкониятига эга бўлишлари мумкин.

“Инглиз тилини иккинчи тил сифатида ўқитиш” йўналиши бўйича халқаро магистр даражасига эга профессорлар танлаб олинган ўқитувчиларнинг талаблари асосида ўқитиш, синфни бошқариш, баҳолаш ва инглиз тилини ўқитишнинг бошқа кўплаб ноёб жиҳатлари бўйича ўз тажрибалари билан ўртоқлашадилар. Дастур якунида барча иштирокчилар сертификат билан тақдирланадилар.

Дастурнинг афзалликлари:
Бепул;
Профессионал, тажрибали ва юқори билимга эга ўқитувчилардан дарс олиш имконияти;
Интенсив, махсус ишлаб чиқилган интерактив дастур;
Сертификат тақдим этилади;
Бепул турар жой.

Дастурда иштирок этишни истаган номзодлар 2022 йил 1 майга қадар рўйхатдан ўтишлари талаб этилади.

Рўйхатдан ўтиш

АU’нинг Таълим мактаби томонидан танлаб олинган 60 нафар ўқитувчилар ушбу дастурда қатнашиш имкониятига эга бўлади.

Манзил: Тошкент шаҳар, AKFA университети

Вақти қўшимча тарзда эълон қилинади (15 июндан 15 июль оралиғида)

676 views17:24
Открыть/Комментировать
2022-04-10 17:08:05
Harvard Business Case Competition finalidan taassurotlar


https://telegra.ph/Harvard-Business-Case-Competition-finalidan-taassurotlar-04-10-2
1.0K views14:08
Открыть/Комментировать
2022-04-06 22:41:05 Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlik, biznes misli ko’rilmagan tarzda rivojlanib, o’ziga xos yangi bosqichga ko’tarildi. Endi tadbirkorlar tez o’zgaruvchan zamon talablariga javob berish bilan birga, muammolarni hal qilish uchun innovatsion yechimlar taqdim etishlari kerak bo’lmoqda.
Shu o’rinda keng ommalashib borayotgan business-case musobaqalarining alohida o’rni borligini ta’kidlamoqchiman. Keyslarga yechim topish ayniqsa, talabalar uchun foydali, chunki u nafaqat biznesdagi real talab va extiyoj haqida tushuncha beradi, balki universitetda doim ham erishib bo’lmaydigan amaliy ko’nikmalarni mustahkamlaydi.
AKFA Universiteti ham Biznes fakulteti talabalarining bunday amaliy tadbirlarda ishtirokini ta’minlab, qo’llab-quvvatlash maqsadida, yurtimizdagi OTM lar orasidan birinchi bo’lib, “Harvard Business Case Competition” musobaqasini tashkil qilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilmoqchiman.
Ushbu amaliy biznes-keysning ahamiyati shundaki, yoshlarimiz jahon miqyosidagi ta’lim tajribasiga ega bo‘lish va butun dunyo bo‘ylab talabalar va dunyoning yetakchi universitetlari xodimlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari mumkin.
Tadbirga nufuzli davlat va biznes sektor vakillari taklif qilingan bo’lib, yuqori saviya va kayfiyatda o’tkazilishi rejalashtirgan.
Shu munosabat bilan, Barchangizni ushbu “Harvard Business Case Competition” tadbiriga chin dildan taklif qilaman.





Manzil: AKFA Universiteti
Sana: 10-aprel

Tadbirga quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin - 8 aprel 18.00 gacha: https://docs.google.com/forms/d/1BJ4raruVfkHIZHhzcALjqV9yL-7ddmlXwUF73gTzLPc/edit?ts=62449c7a
1.5K views19:41
Открыть/Комментировать
2022-03-29 22:32:18 Почему старт проекту дал Президент, где котируются дипломы, почему не поменяли название, сколько факультетов, сколько стоит обучение и еще почти все, что вы хотели знать про AKFA Университет



1.6K views19:32
Открыть/Комментировать
2022-03-27 18:53:52
Bugun AKFA Universitetida Startup Weekend Tashkent 2022

https://telegra.ph/AKFA-Universitetida-Startup-Weekend-Tashkent-2022-03-27

#Akfauniversity #au #startupweekend2022
1.6K views15:53
Открыть/Комментировать
2022-03-24 15:04:43 https://telegra.ph/YPX-xodimlarini-videoga-olish-taqiqi---shaffoflikka-tosiq-03-24
1.7K views12:04
Открыть/Комментировать