Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Bekhzod Djalilov

Логотип телеграм канала @bekhzoddjalilov — Bekhzod Djalilov B
Логотип телеграм канала @bekhzoddjalilov — Bekhzod Djalilov
Адрес канала: @bekhzoddjalilov
Категории: Блоги , Новости и СМИ
Язык: Русский
Количество подписчиков: 969
Описание канала:

Yoshlar parlamenti a’zosi
M.Ulug’bek deputati
Murojaat uchun @askbdjalilovbot
https://instagram.com/bekhzoddjalilov
https://www.facebook.com/b.djalilov

Рейтинги и Отзывы

3.50

2 отзыва

Оценить канал bekhzoddjalilov и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

1

1 звезд

0


Последние сообщения 2

2022-06-25 22:54:12 Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q

Qariyb chorak asr avval Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan aytilgan bu so’zlar hozirgi voqeliklarga ham mos bo’lib turibdi, zero tarixdagi amaliyotlarni qo’llab, yangi kelajak yaratish ostonasida turibmiz. Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish bo’yicha barcha amaliyotga boshchilik qilgan, tajribali professional mutaxassis Akmal Saidov ta’biridagi “Konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yurishi”, bizga yaqin o’tmishda yuz bergan islohotlarni yodga solgan bo’lsa ajab emas.

Doimgidek, boshqa o’zgartirishlar ham taklif etilayotganligiga qaramay, muhokamalar markazini 90-modda egallab turibdi. Yodingizda bo’lsa, mamlakatni 27 yil uzluksiz boshqarib kelgan I.Karimov ham Konstitutsiyaga, aynan 90-moddaga bir necha bor o'zgartirishlar kiritish yo'li orqali prezidentlik lavozimini uzaytirgan, prezidentlikka to'rt marta qayta saylangan edi. Avvaliga 5 yil bo’lgan, keyin 7 yilga o’zgartirilib, 2011-yilda yana 7 yildan 5 yilga qaytarilgan prezident vakolat muddatini hech qancha muddat o’tmay yana 7 yillikka o’zgartirish taklif qilinyapti. Muddat atrofida shunchalik o’ralashib qolganimizdan xuddi shu moddadagi bir shaxsning ketma-ket ikki muddatdan ortiq nomzodini qo’yishi mumkin emasligi normasini unutayozibmiz .

Ushbu reformalarga doimgidek bosh-qosh bo’layotgan Akmal Saidovning e’tirof etishicha, Prezidentlik muddatini uzaytirish - xalq talabi va bu holatda u chorasiz, xalqning talabini bajarishga majbur. Menimcha, 11 yil avval ham xuddi shu xalq 7 yildan 5 yilga o’tkazishni talab qilgan va nega endi yana yuqoridagilarga noqulaylik keltirib, ortiqcha qog’ozbozlikni yaratib, eski raqamlarni qaytarmoqchi? Bizda barcha islohotlarning bosh tashabbuskori - shu xalqimiz, amaldorlar esa - xalq xizmatkori bo’lsa, “xizmatkor”dan bir ishni qayta va qayta qilishni talab qilish ham adolatsizlik menimcha.

Hozir biz chuqur eyforiya va dejavyu holatidamiz, bir tomondan o’zimiz talab qilgan lider 2036-yilgacha boshimizda quyoshdek turishi kafolatlanib turgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, konstitutsiyaviy reformalar Birinchi Prezident davridagi eski O’zbekistonni eslatib turgandek. Eski tizimni tanqid qilish instrumenti bilan faoliyatini boshlagan hukumatning yana o’sha tizimga qaytayotgani ommada “oltin asr” sindromi (“синдром золотого века”) kuzatilayotganini anglatadimi? “Oltin asr”imizda ham tizgin hozirgi siyosatchilar qo’lida edi, menimcha, ular yangisini qurish imkonsiz bo’lganligi uchun eski qoliplardan foydalanishni ma’qul ko’rishdi shekilli. Barchani chulg’ab olgan “oltin asr nostalgiya”si Birinchi Prezidentning konstitutsion islohotlari xalq manfaatini o’ylab qilingan oqilona islohotlar ekanligini bugun isbotlab turibdi, va aminmanki, bugungi islohotlar ham xuddi shunday samara beradi. Umuman olganda, avval ham o’zgartirish kiritib yomon bo’lmadik va hozir ham yomon bo’lmaymiz.

Qo’ylar o’z podachisi kim bo’lishini tanlay olmaydi, qo’y bo’lgani uchun, biz - xalqmiz, o’z liderimizni 2036-yilgacha o’zimiz mustaqil tanlash huquqimiz bor. Shaxsan men shu xalq vakili sifatida eski O’zbekiston qoliplaridan holi haqiqiy Yangi O’zbekiston yaratilishiga ishonaman, buning uchun ishni avvalgi yillardagi xatoni tuzatib, muddatni 7 yilga qaytarishdan boshlash kerak, faqat beshinchi yili yuz bergan voqea takrorlanib, rejalar o’zgarib ketmasa bas.
Bizda hozir hech bo’lmasa, 2036-yilgacha Konstitutsiya tegilmasligiga kafolat bor.

P.S. Asosiysi, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffoligicha qolsin. Qolgan barcha narsani o’zgartirsa bo’ladi :).
2.1K viewsedited  19:54
Открыть/Комментировать
2022-06-22 19:46:57 КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОҲОТЛАР ҲОЗИР ҚАЙСИ БОСҚИЧДА?

Конституциявий комиссия фаолияти юзасидан жамоатчиликда айрим саволлар пайдо бўлаётган экан. Хусусан, навбатдаги вазифалар, комиссиянинг ишлаш механизми бўйича такроран тушунтириш беришим ўринли, деб ўйлайман.

Конституциявий комиссия ўз низомига мувофиқ, фаолиятини давом эттирмоқда.

Конституциявий комиссия фаолиятининг
босқичлари:

Биринчи босқич – Конституцияни ўзгартириш бўйича таклифларни қабул қилиш, жамлаш ва таҳлил қилишни ташкиллаштириш;

Айни пайтда Конституциявий комиссия фаолиятининг биринчи босқичи якунига етди.

Иккинчи босқич – Парламент томонидан ишлаб чиқилган Янгиланган Конституция лойиҳасини умумхалқ муҳокамасида кўриб чиқиш.

Айни пайтда шу босқичдамиз ва умумхалқ муҳокамаси жараёни шу кунларда бошланади.

Учинчи босқич – умумхалқ муҳокамаси натижасида маромига етказилган Конституцияга ўзгартиришлар киритиш тўғрисидаги қонун лойиҳасини референдум ўтказиш йўли билан қабул қилиш.

@odiljon_tojiyev
1.9K views16:46
Открыть/Комментировать
2022-06-21 14:37:59
A group of students from AU arrived in the USA on a study visit. The visit is organized at the sponsorship of AKFA Group and support of Coca-Cola. During the visit to the US, the AU delegation will visit the sights of New York and Washington along the World of Coca-Cola in Atlanta.

AU bir guruh talabalari AQSh oʻquv safari bilan yetib keldilar. Tashrif AKFA Group homiyligida va Coca Cola kompaniyasi yordamida tashkil etildi. AQSh safari davomida AU delegatsiyasi Atlantadagi Coca-Cola dunyosi bilan birga Nyu-York va Vashingtonning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishni ham rejalashtirilgan.

Группа студентов AU прибыла в США с учебным визитом. Данный визит организован при спонсорской поддержки AKFA Group и с помощью компании Coca Cola. Во время визита в США, делегация AU посетят достопримечательности Нью-Йорка и Вашингтона наряду с World of Coca-Cola в Атланте.


https://akfauniversity.org/au-students-start-their-visit-to-the-usa/
1.5K views11:37
Открыть/Комментировать
2022-06-19 19:06:08
Xalqaro siyosatda asosiy e’tibor shimol tarafga qaratilib turgani barchaga ayon. Kuni kecha Qozog’iston rahbari Sankt-Peterburg iqtisodiy forumida LDXR kvazi-davlat sub’ektlari ekanligini e’tirof etib, Qozog’iston bunday mamlakatlarni tan olmasligini aytgan.
Bundan tashqari, u "Qozog'iston va Rossiya o'rtasida adovat qo'zg'atayotgan" bir qator rossiyalik siyosatchilar, jamoat arboblari va jurnalistlariga qarshi keskin da'volarini ham bildirdi.
Meni ajablantirgan tomoni, ushbu bayonot V.Putin ishtirokida bo’lib o’tib, Rossiya rahbari bu so’zlarga xotirjam munosabatda bo'ldi hamda Rossiya Federatsiyasi va Qozog'iston munosabatlarining muhimligi haqida ko'p marta takrorlab turdi.

Ushbu chiqish boshqa mamlakatlarga ham siyosiy signal bo’lishi kerak, nazarimda. Xalqaro maydonda o’z nufuzi va mamlakat imidji haqida qayg’uradigan lider keskin xarakter va qat’iyatga ega bo’lishi kerakligini bugun J.Tokaev timsolida ko’rib, qoyil qolyapmiz. Prioritetlarni qayta ko’rib chiqadigan davr yaqin deb umid qilaman.
1.7K views16:06
Открыть/Комментировать
2022-06-17 21:45:59 “Konstitutsiyamizga o’zgartirish vaqti keldi” - deya Sodiq Safoyev o’z nutqini boshlabdi kecha e’lon qilingan intervyuda. Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish, aynan qaysi moddalar o’zgarishi haqida turli gipotezalar yurgan edi, biroq men bugun Sodiq Safoyevning jur’atiga, qaysi normalar yangilanishini va maqsadini ochiq-oydin aytib berganini alohida hurmat bilan tilga olmoqchiman. Konstitutsiya bilan bog’liq vaziyat xuddi «Секрет Полишинеля» holatini eslatib turgandi, muhim bir sir bor, biroq hech kim u haqida churq etmaydi, chunki shundoq ham u barchaga ayon . Ushbu intervyu o’sha sirning uchini chiqargani bilan ham e’tirofga loyiq.

Odatda konstitutsiyaga o’zgarishlar yangi parlament va yangi hukumat rahbari kelganda kiritiladi, biroq saylanganiga hali bir yil to’lmasdan asosiy qomusni o’zgartirish harakatiga tushishgan bo’lsa, demak bizga yanada yaxshiroq islohotlar paketini taqdim qilishadi degan yaxshi gumonda bo’lamiz. Muddatlarni nollashtirish - haqiqatan xalqaro tajriba, u asosan, Janubiy Amerika, MDH va so’nggi yillarda Afrika mamlakatlari tajribalarida kuzatilyapti. Xalqaro munosabatlarga oid ozgina bilimi bor odamlarimiz xalqaro tajribasini endi Afrika mamlakatlarida oshirayotgani ham alohida e’tiborga loyiq holat .
Oila instituti, mahalliy hokimiyat, tenghuquqlilik kabi boshqa masalalar reforma qilinyotganiga ishontirilib, deputatlar, konstitutsiyaviy komissiyani ovora qilishdan, rakursni boshqa tomonga buraverishdan nima foyda, maqsad ochiq-oydin ko’rinib turgan bo’lsa?
Bizdagi Asosiy Qonunni modernizatsiya qilish tendensiyasi negadir faqat 90-modda atrofida aylanib yurishiga o’rganib qoldik, agar tendensiyaga shu modda bilan chek qo’yilsa, unda faqat ikki marta saylanish punktini olib tashlash kerak. Xalq o’zi anglab ikki marta ovoz berdimi, keyingi muddatlarda ham ovoz beraveradi.

Sodiq Safoyev aytgandek, islohotlarning izchilligi va davomiyligini ta’minlash kerak ekan, unda yangi o’zgartirish shu islohotlarni ta’minlashga garant bo’la oladimi? O’zgarishlar doimgidek konsensus orqali amalga oshiriladimi yo jamoatchilik fikri inobatga olinadimi? Masalaning shu tomoni ham bor. Nima bo’lgan taqdirda ham, o’zgartirishdan bosh maqsadni ochiqlashga jur’at topgan ushbu hukumat vakiliga qoyil qolmay iloji yo’q, qolganlardan ham shu jur’atni kutib qolamiz.

Menimcha esa, yuqori organlarni shakllantirish va faoliyat yuritish tartibini, ularning fuqarolar bilan munosabatlarini, ularning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi aniq va BUZILMAS me’yorlar mamlakat taraqqiyotining poydevori hisoblanadi. Haddan oshiq kiritilgan o’zgarishlar o’zining muhimligi va fundamentalligini yo’qotadi.
Bugun biz boshimizdan kechirayotgan holat bizga begona bo’lmagan Rossiyaning ham boshiga tushgan kunlari yangiliklarni kuzatib, qiziq sarlavhaga ko’zim tushgandi: «Не боги ее написали — можно поправить», fikrimni shu so’zlar bilan yakunlamoqchiman.
1.7K views18:45
Открыть/Комментировать
2022-06-12 21:09:09 ​​Top Fully-Funded Scholarships of the Week (Bachelors, MS, PhD)

USA, UK, Singapore, Germany, Russia, New Zealand, Azerbaijan, and Japan.

1) Stanford University Scholarships in USA 2023 | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/knight-hennessy-scholarship-program/

2) Rhodes Scholarship in UK 2023 | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/rhodes-scholarship/

3) Singapore International Scholarship Program 2023 | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/fully-funded-singapore-international-graduate-award/

4) DAAD Scholarship 2022-23 in Germany | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/daad-helmut-schmidt-programme/

5) Skoltech University Scholarship in Russia | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/skoltech-university-scholarship/

6) Victoria University of Wellington Scholarships in New Zealand | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/wellington-doctoral-scholarship-new-zealand/

7) Khazar University Scholarship in Azerbaijan | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/khazar-university-full-scholarship/

8) MEXT Scholarship in Japan 2022-23 | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/mext-scholarship/

9) DAAD Scholarship for African Students in Germany | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/daad-masters-scholarship-germany/

10) Simmons University Scholarships in USA | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/simmons-university-kotzen-scholarship-usa/

@brain_food_channel
269 views18:09
Открыть/Комментировать
2022-06-10 22:45:04 , va bilan birga, fiziologik va intellektual jihatdan odamlarga yaqin. Bugun ular ustida o’tkazilgan ba’zi bir tajriba va tadqiqotlar bilan tanishib, xulosalarimni baham ko’rmoqchiman.

https://telegra.ph/Mushoha-qilishga-undovchi-kichik-tajribalar-06-10-2
637 viewsedited  19:45
Открыть/Комментировать
2022-05-29 22:19:43

301 views19:19
Открыть/Комментировать
2022-05-29 18:35:17
Today's event was full of positive emotions and high mood. School of Education has done a great job
334 views15:35
Открыть/Комментировать
2022-05-29 16:29:58
MFaktorda Premyera

Ilmga chanqoq va o'z sohasida taʼlim olmoqchi boʻlgan yoshlar uchun ham imkoniyatlar kengayib bormoqda.

Bunga poytaxtimizda qad rostlagan Akfa universitetini misol qilishimiz mumkin. Bu yerda chet el universitetlaridan kam boʻlmagan holda, balkim ulardan-da yaxshi sharoitlar va taʼlim oluvchilar uchun mos keladigan infratuzilma shakllantirilgan.

MFaktor jamoasi ustozimiz Husan Mamasaidov boshchiliklarida Akfa universitetiga tashrif buyurib, u yerdagi muhit va imkoniyatlar bilan tanishib sizlar uchun maxsus koʻrsatuv tayyorlandi.

Akfa universiteti haqida toʻliq maʼlumotli videoni MFaktor YouTube kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Premyera vaqti:
29-may, soat 21:00 da

https://youtube.com/c/MFaktoruz

@MFaktorUz
739 views13:29
Открыть/Комментировать