Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Bekhzod Djalilov

Логотип телеграм канала @bekhzoddjalilov — Bekhzod Djalilov B
Логотип телеграм канала @bekhzoddjalilov — Bekhzod Djalilov
Адрес канала: @bekhzoddjalilov
Категории: Блоги , Новости и СМИ
Язык: Русский
Количество подписчиков: 969
Описание канала:

Yoshlar parlamenti a’zosi
M.Ulug’bek deputati
Murojaat uchun @askbdjalilovbot
https://instagram.com/bekhzoddjalilov
https://www.facebook.com/b.djalilov

Рейтинги и Отзывы

3.50

2 отзыва

Оценить канал bekhzoddjalilov и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

1

1 звезд

0


Последние сообщения 4

2022-05-17 23:10:49

416 views20:10
Открыть/Комментировать
2022-05-15 22:44:22 Tonirovka otning kallasiday narx, kim uchun?

https://telegra.ph/Tonirovka-otning-kallasiday-narx-kim-uchun-05-15
645 viewsedited  19:44
Открыть/Комментировать
2022-05-07 17:27:55
Yurtimizning eng ko’hna shaharlariga uyushtirilgan safarimiz o’z nihoyasiga yetdi. Bugun biz Samarqand shahridagi abituriyentlarimiz bilan uchrashdik va ularning universitetimiz haqidagi fikr-mulohazalarini eshitib xursand bo’ldik. Fursatdan foydalanib, bugungi uchrashuv uchun yoshlarga samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Bu hafta uchun mo’ljallangan safarimiz o’z nihoyasiga yetdi va hafta davomida bo’lib o’tgan ajoyib tadbirlar, yoshlar bilan samimiy va maroqli suhbatlardan katta taassurotlar bilan qaytmoqdaman. Bilimli, iste’dodli va izlanuvchan talabalarni qamrab olish hamda ularning istiqbolida o’z hissasini qo’shish universitetimizning bosh maqsadlaridan hisoblanadi. Yoshlarimizning ham o’z maqsadlarini biz bilan bog’lashi esa, rektor sifatida meni xushnud qildi. Ishonamanki, bu tadbirlarda uchrashgan, suhbatlashgan abituriyentlarimizni keyingi yil albatta, talabalar safida ko’ramiz.
1.0K views14:27
Открыть/Комментировать
2022-05-07 06:55:13
AKFA universiteti 14-15-may kunlari sport dasturlash musobaqasini tashkil qiladi. Bosh sovrin: 22 000 000 soʻmlik grantlar*. Musobaqa faqat maktab, litsey bitiruvchilari va abituriyentlar uchun.

Olimpiada ikki bosqichda oʻtkaziladi:

1. Ochiq saralash bosqichi: 14-may, Shanba, soat 16:00-17:00. U codeforces.com platformasida onlayn oʻtkaziladi.

2. Final: 15-may, Yakshanba, soat 10:00 — 17:00. U Toshkent shahridagi AKFA Universiteti kampusida boʻlib oʻtadi.

Sovrinlar:

Finalda kamida 3 ta masalani topshirolgan ishtirokchilar AKFA Universitetining IT yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilinadi

Eng yaxshi uchta final ishtirokchisiga mos ravishda 10 million, 7 million va 5 million soʻmlik grantlar*

Musobaqa tili: Ingliz tili

Roʻyxatdan oʻtish: www.au-acm.club/olympiad

*Grantlar faqat AKFA Universiteti kontrakt summasini toʻlash uchun ishlatilishi mumkin.
2.9K views03:55
Открыть/Комментировать
2022-05-06 13:44:16
Biz hozirgina Buxoro yoshlari bilan ucrashuvni yakunladik. Bu ko’hna va azim shahardagi uchrashuv o’ziga xos bo’lishini tahmin qilgandim, chindan ham tadbir uzoq kutilgani uchun iliq atmosfera hamda energiyaga boy bo’ldi. Yoshlar - har qanday jamiyatning ertasi hisoblanadi va men o’tkazilayotgan har bir tadbirda ular bilan suhbatlashib, kelajagimiz ishonchli qo’llarda degan xulosaga kelmoqdaman. Yoshlarimizning o’z kelajagini AU da ko’rayotgani esa odamni yanada xushnud qiladi.

Ertaga yana bir manzil - Samarqand shahrida bo’lamiz va u yerda ham bugungidek ajoyib tadbir tashkil etilishiga umid qilaman.
2.9K views10:44
Открыть/Комментировать
2022-05-05 15:05:58
Hurmatli abituriyentlar!

Vodiyning so’lim shaharlaridan boshlangan safarimiz endi vohamizning viloyatlarida davom etmoqda. Bugun biz Navoiy viloyatidagi yoshlar bilan uchrashdik va bu uchrashuv kutilgandan ham a’lo darajada o’tganini sizlarga ma’lum qilmoqchiman. Har doimgidek, seminardan so’ng yoshlar bilan ularning o’z oldiga qo’ygan maqsadlari, rejalari haqida suhbatlashdik, kerakli tavsiya va maslahatlarni ulashdik. Har bir viloyatdagi uchrashuv takrorlanmas va o’ziga xos o’tmoqda. Umid qilamanki, bu tendensiya mana shu tarzda har yili davom etaveradi.

Alisher Sadullaev va Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati bo’limiga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Eslatib o’taman: keyingi uchrashuvimiz Buxoro shahrida, Yoshlar Agentligi Saroyida bo’lib o’tadi. Barchangizni kutib qolamiz.
3.1K views12:05
Открыть/Комментировать
2022-05-01 21:52:40
Aziz yurtdoshlar,

Muqaddas Ramazon oyi intihosi bilan uzoq kutilgan ayyom ham kirib keldi. Men Barchangizni Ramazon Hayiti bilan samimiy tabriklar ekanman, xonadoningizga barakot, ishlaringizga unum va muvaffaqiyat, o’zingizga esa sihat-salomatlik va xotirjamlik tilayman. Bunday ulug’ kunlar ezgu niyatlar qilish va oldimizga ezgu maqsadlar qo’yish uchun yaxshi imkoniyat. Alloh barchamizning duolarimizni qabul qilib, niyatlarimizni o’zi ijobat aylasin.

Ramazon Hayit Ayyomi muborak bo’lsin!

***

Уважаемые соотечественники!

С окончанием священного месяца Рамадан наступил долгожданный праздник. Сердечно поздравляю всех Вас с окончанием благословенного месяца и светлым праздником разговение Рамазан Хаит и желаю Вам благополучия в Вашем доме, успехов в работе, крепкого здоровья и душевного спокойствия. Эти священные дни - отличная возможность для благородных намерений и поставить перед собой высокие цели. Пусть Аллах услышит наши молитвы и исполнит все наши мечты и желания.

С праздником Рамазан Хайит!
279 viewsedited  18:52
Открыть/Комментировать
2022-05-01 16:29:36
Abituriyentlar diqqatiga!

Biz 5-7 may kunlari abituriyentlar bilan uchrashish maqsadida Navoiy, Buxoro va Samarqand shaharlariga tashrif buyuradilar.

Uchrashuvlar doirasida abituriyentlarga AU haqida batafsil maʼlumot taqdim etiladi. Uchrashuvlar mahalliy Yoshlar Agentligi saroylarida boʻlib oʻtadi.

Uchrashuvlar jadvali:
Navoiy shahri – 5 may kuni soat 14:00 da
Buxoro shahri – 6 may kuni soat 14:30 da
Samarqand shahri – 7 may kuni soat 14:00 da

Abituriyentlarni kutib qolamiz!
228 views13:29
Открыть/Комментировать
2022-04-30 17:22:58
Vodiy bo’ylab safarimiz o’z nihoyasiga yetdi. Bugun so’nggi manzil - Farg’ona shahrida tashkil etilgan uchrashuv ham yuqori kayfiyat va atmosferada o’tdi. Seminar tugagach ham yoshlarimiz bilan uzoq suhbatlashdik. Farg’ona azaldan ilm o’chog’i bo’lib kelgan va hozirgacha bu tendentsiya saqlangani, yoshlarining bilimga nihoyatda chanqoqligi meni xursand qildi. Universitetimizda farg’onalik talabalarning salmog’i ko’pchilikni tashkil etadi va bu yil ham ko’plab abituriyentlarning bosh maqsadi - bizning universitetda ta’lim olish bo’ladi deb ishontira olaman.

Uchrashuvni tashkillashda yaqindan yordam bergan Yoshlar ishlari agentligi Farg’ona viloyati bo’limiga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Vodiyga mo’ljallangan sayohatimiz tugadi, taassurotlar yuqori. Ushbu hududlar tanlangani safarimiz uchun yaxshi boshlanish bo’ldi. Keyingi manzillar haqida qo’shimcha ma’lumot beriladi.
1.8K views14:22
Открыть/Комментировать
2022-04-30 08:34:30 Dunyodagi oliy ta’lim muassasalarining eng nufuzli xalqaro reytinglaridan biri hisoblanuvchi “Impact Rankings 2022” natijalari e’lon qilindi. E’tiborli jihati, AU universiteti ilk bor bu reytingga 2021-yili kirgan edi va bu yil ham o’z o’rnini saqlab qolishga erishdi. Reytingning asosiy maqsadi - Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2030-yilga qadar moʻljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda oliy taʼlim muassasalarining taʼsirini baholashdan iborat hamda joriy yilda universitetimiz ushbu maqsadlarning 13 tasida ishtirok etdi.

Albatta, bunday natijalar ortida bir insonning mehnatigina turmaydi. Shu o’rinda men universitetimizning nufuzi, istiqboli uchun ter to’kayotgan jamoamning xizmatlarini alohida e’tirof etmoqchiman. Ko’pincha ushbu loyihaning va mening muvaffaqiyatlarim haqida so’raganlarida, men eng avvalo, o’z ishining ustalari bo’lgan xodimlardan shakllangan jamoamni tilga olaman. Biz o’z oldimizga yuqori maqsadlarni qo’yganmiz, barcha nufuzli reytinglarga kirish va ulardagi eng yuqori o’rinlardan joy olish esa keyingi maqsadlarimizdan.

Fursatdan foydalanib, shu maqsadlar yo’lida xizmat qilayotgan jamoam xodimlariga bugun alohida tashakkur aytmoqchiman. Sizlar bilan hali ko’p marralarni birgalikda zabt etamiz.

https://akfauniversity.org/au-keeps-its-place-in-the-times-higher-education-impact-ranking/
1.3K viewsedited  05:34
Открыть/Комментировать