Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Bekhzod Djalilov

Логотип телеграм канала @bekhzoddjalilov — Bekhzod Djalilov B
Логотип телеграм канала @bekhzoddjalilov — Bekhzod Djalilov
Адрес канала: @bekhzoddjalilov
Категории: Блоги , Новости и СМИ
Язык: Русский
Количество подписчиков: 969
Описание канала:

Yoshlar parlamenti a’zosi
M.Ulug’bek deputati
Murojaat uchun @askbdjalilovbot
https://instagram.com/bekhzoddjalilov
https://www.facebook.com/b.djalilov

Рейтинги и Отзывы

3.50

2 отзыва

Оценить канал bekhzoddjalilov и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

1

1 звезд

0


Последние сообщения 3

2022-05-29 10:56:35 Hurmatli AU abituriyentlari!

AU to'liq moliyalashtirilgan yangi turdagi AU Excellence Scholarships (AUES) grantlarini taqdim etadi. Dastur xalqaro malakaga ega, xalqaro olimpiada hamda musobaqalarda ishtirok etganlar uchun AUda grant asosida taʼlim olish imkoniyatini beradi.

Quyidagi olimpiada va musobaqalarda , yoki -oʻrin gʻoliblari AUESni qoʻlga kiritishlari mumkin:
Shaxmat boʻyicha jahon chempionati
Matematika va informatika fanidan Jautikov nomidagi xalqaro olimpiada
Bolqon matematika olimpiadasi
Xalqaro matematika olimpiadasi
Informatika boʻyicha xalqaro olimpiada
Xalqaro kimyo olimpiadasi
Xalqaro biologiya olimpiadasi
Xalqaro STEM olimpiadasi

AUES granti quyidagi natijaga erishgan abituriyentlarga ham taqdim etiladi:
SAT 1400+ (IELTS kamida 7,5 bilan)
Kembrij xalqaro AS/A darajalarida uchlik A(AAA) ga ega.

Quyidagi abituriyentlar kirish imtihonlarisiz avtomatik ravishda kontrakt asosida AUga qabul qilinadi:
Yuqorida qayd etilgan barcha xalqaro olimpiada va turnirlar ishtirokchilari,
SAT sertifikati (1000+) ga ega arizachilar
Pearson malakalariga ega arizachilar:
- Pearson Edexcel International Advanced Levels — C va undan yuqori daraja
- Pearson Edexcel IGCSE — 5 va undan yuqori daraja
- Pearson BTEC xalqaro darajasi 3 — M darajasi (Merit) va undan yuqori
Kembrij malakalari:
- Kembrij IGCSE va GCE, O darajasi — C va undan yuqori daraja
- Cambridge International AS/A darajalari — C va undan yuqori daraja.

Agar mazkur talablarni bajara olsangiz, quyidagi havola orqali ROʻYXATDAN OʻTING:
https://forms.gle/WPcYD3SuJH5fNnae6

Sizni AU talabasi sifatida koʻrishni intiqlik bilan kutamiz!
3.2K viewsedited  07:56
Открыть/Комментировать
2022-05-28 17:01:15 Live stream finished (1 hour)
14:01
Открыть/Комментировать
2022-05-28 16:00:06 Live stream started
13:00
Открыть/Комментировать
2022-05-28 14:43:15
Notiqlik - o’z-o’zini rivojlantirish imkonini beruvchi murakkab, biroq foydali amaliyot. Ayni damda universitetimizda Ta’lim Maktabi tomonidan notiqlik san’atiga bag’ishlangan “AU Talks” tadbiri bo’lib o’tmoqda. Ushbu tadbirda universitetimiz talabalari o’zlari qiziqqan va boshqalar uchun ham foydali bo’lgan mavzularda o’z nutqlarini namoyon qilishdi. Mavzular xilma-xil tanlangan bo’lib, jadidlardan tortib, ota-onaning farzand muvaffaqiyatidagi roli, glyukozalar, uyquning o’qish va miya faoliyatiga ta’siri, emotsiyalar, xatolar ustida ishlash kabi aktual masalalar tilga olingan.

Talabalarimizdagi o’ziga ishonch, entuziazm, ochiq fikrlilikni ko’rib, ochig’i, juda quvondim. Bu kabi tadbirlar ularning iste’dodini namoyon qilishga, fikrlarini atrofdagilarga yetkazishga, o’z imkoniyatlarini kengaytirishga ko’mak berayotgani e’tirofga loyiq.

Ushbu tadbirni a’lo darajada tashkillashtirgan Ta’lim Maktabi dekani Munisa Muxtorova hamda professor Dilorom Akromovalarga alohida minnatdorchilik bildiraman.
1.1K views11:43
Открыть/Комментировать
2022-05-28 11:52:26
Ko’pchilik menga Akfa universiteti haqida turli savollar berishadi.

Ushbu savollarga barchasiga shaxsan o’zim javob berishga va jonli efir o’tkazishga qaror qildim.

Jonli efir 28-may 18:00 da bo’lib o’tadi.

Akfa universiteti haqida qanday savollaringiz bo’lsa, izohlarda qoldiring. Barchasiga jonli efirda javob berishga harakat qilaman.

Barchangizni jonli efrida kutib qolaman!
______________________

Многие спрашивают меня об университете Акфа.

Я решил ответить на эти вопросы лично и сделать прямой эфир.

Прямой эфир состоится 28 мая в 18:00.

Если у вас есть какие-либо вопросы об Университете Акфа, оставляйте их в комментариях. Постараюсь ответить на все в прямом эфире.

Всех буду ждать!

https://t.me/bekhzoddjalilov?livestream=85513f33c035c417d5
1.6K viewsedited  08:52
Открыть/Комментировать
2022-05-28 11:00:35 Live stream scheduled for May 28 at 13:00
08:00
Открыть/Комментировать
2022-05-26 13:56:55
Yurtimizning olis makonlaridan biri - ko’hna Xorazmga ham safarimiz o’z nihoyasiga yetdi. Kechagina so’nggi qo’ng’iroq bayramini nishonlaganligiga qaramay, abituriyentlarimiz zo’r ishtiyoq, energiya bilan tashrif buyurishdi. Boshqa uchrashuvlardan farqli jihati, bugungi tadbirda mehmonlarning aksariyatini ota-onalar tashkil etishgani bo’ldi. Farzandining kelajagiga befarq bo’lmagan, ularning ta’limini qo’llab-quvvatlaydigan ota-onalar doim hurmatimda bo’lgan.
Xorazm azaldan madaniyat, san’at, ilm-fan o’chog’i bo’lib kelgan va shahar kaloritida ham, odamlari, ayniqsa, yoshlarida ham bu yaqqol ko’zga tashlanadi. Urganch shahridagi abituriyentlar bilan uchrashuv ko’ngildagidek o’tdi va ushbu yoshlarni universitetimizning talabalar safida ko’rishdan mamnun bo’lardim.

Fursatdan foydalanib, uchrashuvni tashkillashda yaqindan yordam bergan Urgench tumani ijtimoiy yo’nalish bo’yicha hokim o’rinbosari Omonboy Sapurovga hamda Yoshlar Agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.
2.9K views10:56
Открыть/Комментировать
2022-05-26 13:07:40
Urganch safari chog’ida DATA o’quv markaziga tashrif buyurib, rahbari Shahzod Sabirov bilan tanishdim. Yaratilganiga 2 yil bo’lgan ushbu o’quv markazida qariyb 60 ta o’qituvchi va xodimlar mehnat qilib, raqamlar 150 taga ko’payishi kutilmoqda. Umumiy hisobda 600 ga yaqin yoshlar IT sohalari bo‘yicha kasbga o’qitilib, shu kungacha mingdan oshiq yoshlar mehnat bozorida o’z o’rinlarini topishgan.

Yangi texnologiyalar, kadr yetishtirmagan davlat jahon bozorida o’z o’rniga ega bo’la olmaydi. Yosh bo’lishiga qaramay, mana shu jihatlarga e’tibor qaratib, o’z hamyurtlari uchun zamonaviy o’quv markazlari joriy etayotgan yoshlarning mehnati tahsinga loyiq. Ta’limda biznes-ko’rsatkichdan ko’ra, ma’naviy omil ko’proq rol o’ynaydi, siz mamlakat ta’limini yaxshilashga, ta’limga yangi texnologiyalar, tendensiyalar olib kirishga hissa qo’shasiz.

DATA o’quv markaziga kichik safarim va rahbari Shahzod Sabirov bilan tanishuv iliq taassurotlarga boy bo’ldi. Yosh tadbirkorning boshlagan xayrli ishlariga omad va rivoj tilayman.
772 views10:07
Открыть/Комментировать
2022-05-24 12:01:37 O’z fuqarolarimizga nisbatan noqonuniylik normaga aylanmasligi kerak

https://telegra.ph/Oz-fuqarolarimizga-nisbatan-noqonuniylik-normaga-aylanmasligi-kerak-05-24
321 views09:01
Открыть/Комментировать