Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Muratov universiteti

Логотип телеграм канала @muratovuniversity — Muratov universiteti M
Логотип телеграм канала @muratovuniversity — Muratov universiteti
Адрес канала: @muratovuniversity
Категории: Бизнес и стартапы
Язык: Русский
Количество подписчиков: 111
Описание канала:

Oliy ta'lim haqida fikrlar
Ilm-fan bo'yicha tavsiyalar
Ma'ruza va suhbatlar: https://www.youtube.com/channel/UCs1PykxGCtWI_g1hwSFNtoQ

Рейтинги и Отзывы

1.00

3 отзыва

Оценить канал muratovuniversity и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

3


Последние сообщения

2022-11-05 18:05:27 Ta'limga oid turli mavzularni qamrov oluvchi konferensiya.
Abstraktlar 31-yanvargacha qabul qilinadi.
Grantlar ham bor.

Batafsil:

https://www.bera.ac.uk/conference/bera-conference-2023

@muratovuniversity
26 views15:05
Открыть/Комментировать
2022-11-03 10:46:57 Ilmiy ishda ahloq (etika) masalalari

Dissertatsiya va ilmiy ish yozganda ahloq (etika)ga oid masalalarni ham yozib o’tish kerak bo’ladi. Odatda bu Metodologiya bo’limining ohirlarida keladi.

Unda ilmiy ishning turli bosqichlarida duch kelishingiz mumkin bo’lgan ahloqiy masalalar hamda ularga qanday munosabatda bo’lishingiz, muammolarni oldini olish bo’yicha fikr va rejalaringizni yozib o’tasiz.

Avvalo, universitetlarda ahloq qo’mitalari bo’lib, ilmiy ish uchun ma’lumot yig’ishga kirishishdan oldin, ushbu qo’mitadan ruxsat olish kerak bo’ladi. Har bir universitetning o’z shabloni bo’lib, unda siz ma’lumot yig’ish (metod) jarayonini to’liq ko’rsatasiz.

Ilmiy ishingiz jamiyatning nozik qatlamlari (yosh bolalar, ruhiy kasallar) yoki hayvonlar bilan bog’liq bo’lsa, ya’ni ma’lumot yig’ishda ulardan foydalansangiz, ayniqsa e’tiborli bo’lish kerak bo’ladi.

Boshqa odatiy hollarda esa, tadqiqotingiz ishtirokchilariga oldindan ma’lumot berishingiz, tadqiqotdan avval esa rozilik xati (consent form)ga qo’l qo’ydirib olishingiz kerak bo’ladi. Unda siz ishtirokchilarning huquqlarini tushuntirasiz. Masalan, istalgan vaqtda tadqiqotdan bosh tortishlari, shaxslari sir qolishi mumkinligi (istashsa) va boshqalar.

Shuningdek, ahloq bo’yicha yozganda, plagiatga yo’l qo’ymasliginigz, birovlarning ishini hurmat qilishinigz, tahlil jarayonida faqat bir tomonlama natijalarni (musaffo osmon?) emas balki qarama-qarshi fikrlarni ham keltirishingizni aytib o’tsangiz bo’ladi. Bundan tashqari, manfaatlar to’qnashuvi haqida ham yozishingiz mumkin.

Adashmasam, bizda Ahloq qo’mitalari hali yo’q. Balki sekin-sekin paydo bo’lar. Faqat buni ham qo’shimcha byurokratik vosita qilib olinmasligi kerak

@muratovuniversity
39 views07:46
Открыть/Комментировать
2022-10-30 18:04:26 Mavzu xususiy Oliy ta'lim bo'lsa-da, umuman Oliy ta'lim haqida qiziqarli, tanqidiy va senzurasiz suhbat.

Ba'zi e'tiborli joylari:

Boylarimiz ijtimoiy ma'suliyatni his qilishi kerak. Ya'ni jamiyat uchun kerakli sohalarda ta'lim olmoqchi bo'lganlarni moddiy rag'batlantirish orqali

Xususiy universitetlarda asosan pedagogika, biznes va AKT (IT) yo'nalishlari taklif etilayotgani sabablaridan biri tabiiy fanlar uchun labaratoriya hududlari kerak. Kattaroq joylar yoki bo'sh turgan davlat binolarni esa asosan hokimiyatga yaqinlar olishi mumkin. Qolganlar esa auksionda olishi kerak. Va bunda ta'limdan ko'ra boshqa biznes qilgan foydaliroq bo'lib qoladi.

Xarajat kamligiga qaramay bozor talabidan kelib chiqib ijtimoiy fanlar bo'lmish Sotsiologiya, Siyosatshunoslik, Huquqshunoslik kabi fanlar xususiy universitetlarda deyarli uchramayapti. Lekin jamiyat sifatida rivojlanishimiz va xalq bo'lishimiz uchun aynan shu fanlar rivojlantirilishi kerak.

Shuningdek baxsli 2 ta fikr:

"Hozircha sifat muhim emas, bozor to'yingach, bunga ham kelamiz".

"Xorijiy filiallar bizga kerak emas"

@muratovuniversity



59 views15:04
Открыть/Комментировать
2022-10-29 09:31:50 Yana boshqa universitetlar iddao qilsa-da, defacto birinchi xususiy universitet bo'lgan Yodju o'z nomini Toshkent Kimyo Xalqaro universitetiga o'zgartiribdi. Kimyo bu shaxs nomi ekan, fan emas.

Buning sababilarini bilmasak-da, universitet nomini tanlashda ehtiyot bo'lish kerakligi, va nom boshqa mavjud brendga bog'liq bo'ladigan bo'lsa, ijobiy tomonlar bilan birga ma'lum cheklovlar bo'lishiga ham e'tibor berish kerak. Shuningdek, asosiy brend agar salbiy imijga ega bo'lsa, universitetga ham ta'sir etishi mumkin.

@muratovuniversity
102 views06:31
Открыть/Комментировать
2022-10-28 17:00:31
Хитой барча ўнта асосий йўналиш бўйича “highly indexed” илмий мақолалар бўйича Америка Қўшма Штатларни ортда қолдирди.

Америкада аҳвол қандай?

Нью-йоркнинг собиқ мэри, миллиардер Майкл Блумберг Америка таълим тизимини танқид қилди. Унинг фикрича, ҳозирги таълим чуқур инқирозни бошдан кечирмоқда. АCТ коллежига кириш имтиҳонларининг ўртача балли бу йил 30 йиллик энг паст даражага тушиб, 36 баллдан 19,8 баллга тушган. Тўртинчи ва саккизинчи синфларда математика ва ўқиш фанидан олинган баҳолар “ҳалокатли пасайиш”ни кўрсатмоқда.

Ўтган йил давомида барча тўртта фан йўналиши (ўқиш, инглиз тили, математика ва табиий фанлар) бўйича бирорта ҳам кўрсаткичга эриша олмаган имтиҳон топширувчилар улуши 38 фоиздан 42 фоизга кўтарилган.
66 views14:00
Открыть/Комментировать
2022-10-28 09:14:55 Times higher education ning fanlar bo'yicha reytingi e'lon qilindi.

Unga ko'ra ko'pgina fanlar bo'yicha yuqori o'rinlardagi AQSH universitetlari soni kamaygan. Britaniya universitetlari soni esa oshgan.

Shuningdek rivojlanayotgan davlatlar ichida Saudiya universitetlari ko'pgina fanlarda yuqoriroq o'rinlarni egallagan.

Batafsil:
https://www.timeshighereducation.com/news/world-university-rankings-subject-2023-results-announced

@muratovuniversity
64 views06:14
Открыть/Комментировать
2022-10-27 03:37:56 Ақлий меҳнат сирлари
Ақлий меҳнатнинг мисоллари: қийин китоб ўқиш, мураккаб масала устида ишлаш ва маънили матн ёзиш.
Оз одамларгина ақлий ишга осонгина шўнғиб, жараёндан лаззат топа оладилар, натижа эса уларга қўшимча мукофотдек бўлади. Кўпчилик эса бунга киришади-ю қандайдир ички совуқ тўсиққа урилиб хафсаласини йўқотади. Шу тўсиқларни енгиб ўтиш баъзи сирлари билан бўлишмоқчиман:
1. Ақлий иш қилишдан олдин таомингизга аҳамият беринг. Оқсилга бой, енгил ҳазм бўладиган озуқа мияга ҳужайралари тез ва самарали ишлашига омил бўлади. Балиқ, ёғсизроқ гўшт, тухум, творог, бир оз ёнғоқлар, кўтара олсангиз сут – мана шулар каби. Ширинлик, хамир овқатлар ақлий ишни секинлаштиради. Яхшиси уларни мукофот тариқасида иш битгач еган яхши, мутлақо воз кечвориш ярамайди.
2. Жисмоний машққа киришиш олдидан аъзоларни қиздириб, чўзиш ҳаракатлари қилинади. Худди шундай ақлий ишни бошлаш олдин мия аъзоларини яхшилаб қиздириб олиш керак. Лекин қиздириш ҳаракатлари, биринчидан, ишингиз мазвзуга алоқадор бўлгани яхши; иккинчидан, енгил истеъмол бўладиган визуал контент бўлмасин. Мисол учун биология бўйича китоб ўқиётганингизда “қизиқишни уйғотиш учун” енгил елпи мавзуга оид бўлса ҳам видео ролик кўманг. Ундан кўраси биологияга оид журнал кичик мақолаларини варақланг, ёки китобингиздаги ажратиб ёзилган абзацларни кўз югуртириб чиқинг. Асосий нарса миянгизда саволлар туғилсин ва ўзингизча жавобни ўйлаб кўринг, ўқиш жараёнида миянгиз жавобингизни текшириб кўришга уринади. Қизитиш йўлларидан бири бу. Видео контент эса ташқи ҳиссиёт ички ҳиссий иштаҳани бўғиб қўйиши мумкин (ширинликлар каби).
3. Ўпка, қон томирлари ва мия ҳужайралари етарлик кислород билан тўйинишини таъминланг. Билиб қўйинг, мияни зўриқтирадиган ақлий меҳнат - биокимёвий жараён. Биокимёвий жараённи ёниш деса бўлади, кислородсиз ёндириш, куйдириб босиш мумкин эмас. Нафас олиш машқлари жуда кўп, биронтасини танлаб қўлланг. Юриш ҳаракати ҳам кислород билан яхши таъминлайди. Сув ичиш ҳам кислород билан тўйинишга ёрдам беради, умуман биокимёвий жараёнлар сувли муҳитда кечади.
4. Ишга киришишдан олдин чалғимасликка аҳд қилиб 10, 20, 40, 60 минутдан иборат танаффусли муддатлар белгиланг. Самарасиз бўлаётган бўлса ҳам шу 10 ёки 20 минутлик вақт охиригача етказиб ўтираверинг. Агар мия ишлаб кетиб, илҳом ёқангиздан тутганини ҳис қилсангиз-у муддат тугаган бўлса ҳам тўхташ интизомини шакллантиринг. Бир оз танаффус қилиб янги муддатни бошланг. Интернетда “Помодорро” услуби ҳақида қизиқиб кўринг. Ишнинг энг қизиқ жойида узишдан қўрқманг! Бу ҳақда кейинги бандда.
5. Ҳеч қачон чарчаб холсизлангунча, кўнглингизга тегиб кетгунича ишламанг! Шундай қилсангиз вазифангизга бошқа сафар қайтиш жуда оғир кечади. Чарчоқнинг бошқа номи - оғриқ. Мия оғриқни ёмон кўради. Мия оғриқни унутмайди, минг хил баҳона билан ақлий ишга қайтишингизга тўсқинлик қилади. Яхшиси иштаҳа борида тўхтанг. Эртаси куни учун қайси жойидан давом эитишни белгилаб бошқа ишларингизга равона бўлинг, масалан ухланг. Вақти келиб енгилгина шу жойидан давом этиб кетаверасиз. Бу нафақат синалган услуб балки деярли барча ёзувчилар ва олимлар муваффақиятли меҳнати сири! Бундан кучлироқ тавсия топмаганман... Ишонишингиз учун, эсланг нима учун одамлар узундан узун сериалларни кутиб, севиб кўришади? Ҳар бир серия қизиқ жойидан узилади. Минг бир кеча эртакларидаги Шаҳризода ҳам бу сирни яхши билган.
Бу ҳақда яна ёзгим келди-ю, ажратилган тайм тугаб қолди.
Жамшид Муслимов
333 views00:37
Открыть/Комментировать
2022-10-26 10:24:20 Kanalga doktoranturaga qiziqish bildirgan yangi obunachilar qo’shilgani uchun Malayziyadagi doktorantura ta’limi haqida qisqacha yozib o’taman.

Fan sohalariga qarab dunyoda doktoranturaning turli xil ko’rinishlari bor – PhD, DBA, EdD, EngD.

Hozir o’z tajribamdan kelib chiqib PhD darajasi haqida yozmoqchiman.

PhDning ta’lim uslubiga ko’ra Amerika va Yevropacha ko’rinishlari bor. Farqi shundaki, AQSH uslubidagi PhDlar uzoqroq (5 yil) davom etadi, va dastlabki 2 yil odatda fanlar o’qiladi. So’ngra ilmiy tadqiqotlarga o’tiladi. Yevropa uslubidagi PhDlarda esa fanlar ancha kam bo’lib odatda tezroq (3-4) yilda yakunlash mumkin.

Malayziyadagi PhD Yevropa uslubiga yaqin bo’lib, asosan 2 ta majburiy fan Malay tili va Tadqiqot metodologiyasi o’qitiladi. Bundan tashqari universitet, kutubxona, fakultetlar tomonidan tez-tez turli xil seminar va ma’ruzalar tashkillashtiriladi. Qiziqishga qarab xoxlagan odam qatnashadi. Asosiy vaqt esa ilmiy ishga ajratiladi.

O’qish paytida avval ilmiy ishning 3 ta bobini imtihon sifatida topshirish kerak. Bular – Kirish, Adabiyotlar tahlili, Metodologiya. So’ngra Etika (Ahloq) qo’mitasidan o’tiladi. Keyingina tadqiqotni boshlash mumkin. Ohirida dissertatsiya topshiriladi.

Bundan tashqari bitirish uchun odatda Scopus/WoSda 2 ta maqola chiqarish talabi qo’yiladi. Shulardan kelib chiqib o’qish odatda 3-4 yil davom etadi. Uyo’gi odamni o’ziga bog’liq.

Universitetga kirishda ingliz tili sertifikati, maqolalar (ilmiy rahbarga bog’liq, agar oldingi bilim va tajribangiz bilan ishontira olsangiz, maqolasiz ham kirsa bo’ladi) va tadqiqot rejasi (research proposal) talab qilinadi.

Ish odatda sizga manzur kelgan ilmiy rahbarga bog’lanishdan boshlanadi. Agar sizni olishga rozi bo’lsa, keyin umumiy qabulga hujjat topshirsa bo’ladi. Qabul odatda yil bo’yi davom etadi.

Universitetlarning 3 turi bor – davlat, mahalliy-xususiy, xorijiy filiallar.
Odatda eng arzoni davlat universitetlaridir. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlangani uchun reytingdagi eng yuqori o’rindagilar ham ushbu universitetlardir. Masalan top-4 dagi 3 ta universitet davlatniki. Kelajakda El-yurt umidi fondi stipendiyasi orqali ketishni niyyat qilsangiz, ushbu reytingdagi top-300 ro’yhatga e’tibor qaratishni maslahat beraman. Malayziyadan 300 talikda 7 ta universitet bor ekan.

Men o’qiyotgan USM 4-o’rindagi davlat universiteti bo’lib, poytaxtdan 400 kmcha uzoqda joylashgan. Yuqorida aytganimday, ro’yhatdagi oliygohlar ichida eng hamyonbopi bo’lgani uchun UM, UPM yoki UKMni emas aynan USMni tanlaganman. Shuningdek universitet joylashgan orolning afzalliklari haqida yozgan edim.

Agar qiziq bo’lsa, universitetim haqida ham keyingi postlarda yozaman nasib qilsa.

@muratovuniversity
59 views07:24
Открыть/Комментировать
2022-10-23 15:59:58 Musulmon mamlakatlarda ilm-fan

Yaqinda Turk olimi tomonidan chiqarilgan ushbu maqolada 1990-2020 yillar davomida 15 ta musulmon mamlakat olimlari tomonidan nashr etilgan ilmiy maqolalar hajmi va sifati haqida so’z boradi.

Unga ko’ra, ushbu mamlakatlar aholisi jahon aholisining 14.16%ini tashkil qilsada, maqolalar jahonda nashr qilingan barcha maqolalarning 5.15%ini tashkil qiladi. Lekin maqolalar soni va sifati o’sib bormoqda.

Maqolalar soni bo’yicha Turkiya oldinda, Eron ikkinchi o’rinda va maqola chiqarish eng tez o’sayotgan davlat hamdir. Saudiya esa xalqaro hamkorlikda chiqarilgan maqolalar bo’yicha birinchi. Maqolalarning ta’siri (iqtiboslar) bo’yicha esa ilm-fan yaxshi rag’batlantiriladigan Qatar, BAA, Saudiya kabi davlatlar oldinda.

YAIMning ilm-fanga yo’naltirilgan ulushi bo’yicha musulmon mamlakatlar jahon o’rtacha ko’rsatkichlardan past. Jahon o’rtacha ko’rsatkichi 1.73%, Germaniyada 3.13%, AQSHda esa 2.83%. Musulmon mamlakatlarda eng yuqorilar bo’lmish BAAda 1.28%, Malayziyada 1.04%, Turkiyada 0.96%.

Shuningdek, sifatli jurnallarda maqola chiqarish bo’yicha Qatar 1-o’rinda bo’lib, 49.36% maqolalar Q1 (eng yuqori 25%) jurnallarda chiqarilgan.

Fanlar bo’yicha esa eng ko’p tabiiy fanlarda maqolalar chiqarilmoqda. So’ngra muhandislik/IT va meditsina yo’nalishlarida. Qishloq xo’jaligi, ijtimoiy va gumanitar fanlarda eng kam maqolalar chiqarilmoqda.

@muratovuniversity
114 viewsedited  12:59
Открыть/Комментировать
2022-10-21 05:44:39
Yangi ochilgan Profi universiteti saytiga ko’zim tushib qoldi. Maktab menejmenti fakulteti ham bor ekan. Menimcha, mamlakatimiz uchun bu yangilik, hali unday yo’nalishni ko’rmagan edik. To’g’ri Toshkent xalqaro ta’lim universitetida ham shunga o’xshash fakultet bor. Lekin u yerda asosan maktab ta’limi va boshqaruviga urg’u beriladi deb o’ylayman. Rasmdan ko’rinadiki, Profida nafaqat maktab, balki o’quv markazlari va universitetlar boshqaruvi bo’yicha ham ta’lim berish rejalashtirilgan. Fakultet nomini ham keng qamrovli qilib “Ta’lim menejmenti” deb o’zgartirishni tavsiya qilgan bo’lar edim.

@muratovuniversity
97 views02:44
Открыть/Комментировать