Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Ilmiy ishda ahloq (etika) masalalari Dissertatsiya va ilmiy i | Muratov universiteti

Ilmiy ishda ahloq (etika) masalalari

Dissertatsiya va ilmiy ish yozganda ahloq (etika)ga oid masalalarni ham yozib o’tish kerak bo’ladi. Odatda bu Metodologiya bo’limining ohirlarida keladi.

Unda ilmiy ishning turli bosqichlarida duch kelishingiz mumkin bo’lgan ahloqiy masalalar hamda ularga qanday munosabatda bo’lishingiz, muammolarni oldini olish bo’yicha fikr va rejalaringizni yozib o’tasiz.

Avvalo, universitetlarda ahloq qo’mitalari bo’lib, ilmiy ish uchun ma’lumot yig’ishga kirishishdan oldin, ushbu qo’mitadan ruxsat olish kerak bo’ladi. Har bir universitetning o’z shabloni bo’lib, unda siz ma’lumot yig’ish (metod) jarayonini to’liq ko’rsatasiz.

Ilmiy ishingiz jamiyatning nozik qatlamlari (yosh bolalar, ruhiy kasallar) yoki hayvonlar bilan bog’liq bo’lsa, ya’ni ma’lumot yig’ishda ulardan foydalansangiz, ayniqsa e’tiborli bo’lish kerak bo’ladi.

Boshqa odatiy hollarda esa, tadqiqotingiz ishtirokchilariga oldindan ma’lumot berishingiz, tadqiqotdan avval esa rozilik xati (consent form)ga qo’l qo’ydirib olishingiz kerak bo’ladi. Unda siz ishtirokchilarning huquqlarini tushuntirasiz. Masalan, istalgan vaqtda tadqiqotdan bosh tortishlari, shaxslari sir qolishi mumkinligi (istashsa) va boshqalar.

Shuningdek, ahloq bo’yicha yozganda, plagiatga yo’l qo’ymasliginigz, birovlarning ishini hurmat qilishinigz, tahlil jarayonida faqat bir tomonlama natijalarni (musaffo osmon?) emas balki qarama-qarshi fikrlarni ham keltirishingizni aytib o’tsangiz bo’ladi. Bundan tashqari, manfaatlar to’qnashuvi haqida ham yozishingiz mumkin.

Adashmasam, bizda Ahloq qo’mitalari hali yo’q. Balki sekin-sekin paydo bo’lar. Faqat buni ham qo’shimcha byurokratik vosita qilib olinmasligi kerak

@muratovuniversity