Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Kanalga doktoranturaga qiziqish bildirgan yangi obunachilar qo | Muratov universiteti

Kanalga doktoranturaga qiziqish bildirgan yangi obunachilar qo’shilgani uchun Malayziyadagi doktorantura ta’limi haqida qisqacha yozib o’taman.

Fan sohalariga qarab dunyoda doktoranturaning turli xil ko’rinishlari bor – PhD, DBA, EdD, EngD.

Hozir o’z tajribamdan kelib chiqib PhD darajasi haqida yozmoqchiman.

PhDning ta’lim uslubiga ko’ra Amerika va Yevropacha ko’rinishlari bor. Farqi shundaki, AQSH uslubidagi PhDlar uzoqroq (5 yil) davom etadi, va dastlabki 2 yil odatda fanlar o’qiladi. So’ngra ilmiy tadqiqotlarga o’tiladi. Yevropa uslubidagi PhDlarda esa fanlar ancha kam bo’lib odatda tezroq (3-4) yilda yakunlash mumkin.

Malayziyadagi PhD Yevropa uslubiga yaqin bo’lib, asosan 2 ta majburiy fan Malay tili va Tadqiqot metodologiyasi o’qitiladi. Bundan tashqari universitet, kutubxona, fakultetlar tomonidan tez-tez turli xil seminar va ma’ruzalar tashkillashtiriladi. Qiziqishga qarab xoxlagan odam qatnashadi. Asosiy vaqt esa ilmiy ishga ajratiladi.

O’qish paytida avval ilmiy ishning 3 ta bobini imtihon sifatida topshirish kerak. Bular – Kirish, Adabiyotlar tahlili, Metodologiya. So’ngra Etika (Ahloq) qo’mitasidan o’tiladi. Keyingina tadqiqotni boshlash mumkin. Ohirida dissertatsiya topshiriladi.

Bundan tashqari bitirish uchun odatda Scopus/WoSda 2 ta maqola chiqarish talabi qo’yiladi. Shulardan kelib chiqib o’qish odatda 3-4 yil davom etadi. Uyo’gi odamni o’ziga bog’liq.

Universitetga kirishda ingliz tili sertifikati, maqolalar (ilmiy rahbarga bog’liq, agar oldingi bilim va tajribangiz bilan ishontira olsangiz, maqolasiz ham kirsa bo’ladi) va tadqiqot rejasi (research proposal) talab qilinadi.

Ish odatda sizga manzur kelgan ilmiy rahbarga bog’lanishdan boshlanadi. Agar sizni olishga rozi bo’lsa, keyin umumiy qabulga hujjat topshirsa bo’ladi. Qabul odatda yil bo’yi davom etadi.

Universitetlarning 3 turi bor – davlat, mahalliy-xususiy, xorijiy filiallar.
Odatda eng arzoni davlat universitetlaridir. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlangani uchun reytingdagi eng yuqori o’rindagilar ham ushbu universitetlardir. Masalan top-4 dagi 3 ta universitet davlatniki. Kelajakda El-yurt umidi fondi stipendiyasi orqali ketishni niyyat qilsangiz, ushbu reytingdagi top-300 ro’yhatga e’tibor qaratishni maslahat beraman. Malayziyadan 300 talikda 7 ta universitet bor ekan.

Men o’qiyotgan USM 4-o’rindagi davlat universiteti bo’lib, poytaxtdan 400 kmcha uzoqda joylashgan. Yuqorida aytganimday, ro’yhatdagi oliygohlar ichida eng hamyonbopi bo’lgani uchun UM, UPM yoki UKMni emas aynan USMni tanlaganman. Shuningdek universitet joylashgan orolning afzalliklari haqida yozgan edim.

Agar qiziq bo’lsa, universitetim haqida ham keyingi postlarda yozaman nasib qilsa.

@muratovuniversity