Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Musulmon mamlakatlarda ilm-fan Yaqinda Turk olimi tomonidan c | Muratov universiteti

Musulmon mamlakatlarda ilm-fan

Yaqinda Turk olimi tomonidan chiqarilgan ushbu maqolada 1990-2020 yillar davomida 15 ta musulmon mamlakat olimlari tomonidan nashr etilgan ilmiy maqolalar hajmi va sifati haqida so’z boradi.

Unga ko’ra, ushbu mamlakatlar aholisi jahon aholisining 14.16%ini tashkil qilsada, maqolalar jahonda nashr qilingan barcha maqolalarning 5.15%ini tashkil qiladi. Lekin maqolalar soni va sifati o’sib bormoqda.

Maqolalar soni bo’yicha Turkiya oldinda, Eron ikkinchi o’rinda va maqola chiqarish eng tez o’sayotgan davlat hamdir. Saudiya esa xalqaro hamkorlikda chiqarilgan maqolalar bo’yicha birinchi. Maqolalarning ta’siri (iqtiboslar) bo’yicha esa ilm-fan yaxshi rag’batlantiriladigan Qatar, BAA, Saudiya kabi davlatlar oldinda.

YAIMning ilm-fanga yo’naltirilgan ulushi bo’yicha musulmon mamlakatlar jahon o’rtacha ko’rsatkichlardan past. Jahon o’rtacha ko’rsatkichi 1.73%, Germaniyada 3.13%, AQSHda esa 2.83%. Musulmon mamlakatlarda eng yuqorilar bo’lmish BAAda 1.28%, Malayziyada 1.04%, Turkiyada 0.96%.

Shuningdek, sifatli jurnallarda maqola chiqarish bo’yicha Qatar 1-o’rinda bo’lib, 49.36% maqolalar Q1 (eng yuqori 25%) jurnallarda chiqarilgan.

Fanlar bo’yicha esa eng ko’p tabiiy fanlarda maqolalar chiqarilmoqda. So’ngra muhandislik/IT va meditsina yo’nalishlarida. Qishloq xo’jaligi, ijtimoiy va gumanitar fanlarda eng kam maqolalar chiqarilmoqda.

@muratovuniversity