Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

kitobоокнига♾

Логотип телеграм канала @kitobooknigam — kitobоокнига♾ K
Логотип телеграм канала @kitobooknigam — kitobоокнига♾
Адрес канала: @kitobooknigam
Категории: Книги
Язык: Русский
Количество подписчиков: 508
Описание канала:

@kitobees (kitob galereyasi)
https://www.instagram.com/kitobookniga/?hl=ru

Рейтинги и Отзывы

2.33

3 отзыва

Оценить канал kitobooknigam и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

2


Последние сообщения 11

2021-09-13 19:51:48 "Haram Police"

Birovlarning hayotiga o'zicha aralashib, nima halol, nima harom ekanini so'ralmasa ham eslatib, o'zidan Jabroil yasab olgan, lekin, eng mudhish gunohlarni eti jimir etmay qilib yurgan, g'iybat desa o'zini teleminoradan shart tashlaydiganlarni "Haram police" deydi. Xo'p, ulardan nima ziyon, dersiz. Bir qaraganda din posbonlari, ezgulik elchilari bo'lib ko'ringan bu haram policelar odamlarni dindan bezdirayotgan eng katta omillardan biridir. DIndan qaytgan deyarli barcha odamlar aynan shu kabi jamiyatning mutaassib qatlamidan jabr ko'rib, dindan ko'ngli qolganlardir. Uni qilma, buni kiyma, unday dema, bu bilan gaplashma, buni yema, va hokazo hukmlar chiqaruvchi bu kabi jamiyat chirkindilari o'zining atrofidagi hammani nohaq, faqat o'zigina haq deb biladi. O'zlarini huddiki hayotlarini to'la-to'kis qilib, diniy majburiyatlarini ham do'ndirib qo'ygan pokdomon avliyolardek tutishadi.

Bundaylar ayniqsa dindorlashgan jamiyatlarda juda ko'p bo'ladi. Bizning jamiyatda ham kalamushdek bolalab ketishganini hammamiz ko'rib, bilib, va allaqachon bezib ham bo'lganmiz. Bundaylarni shunchaki ignor qilishni ham, yoki mazza qilib olishishni ham bilmaysan. Chunki ignor qilsang, har tarafdan baribir bostirib kelishaveradi. Gaplashsang, seni umuman tan olishmaydi ham, tinglashmaydi ham. Bir pasta notolerantga chiqaradi. Lekin o'zida bir gram tolerantlik mavjud emas.

Qisqasi, hurmatsiz haram policelar, sizlarning fikrlaringiz o'zingiz kabi ahamiyatsizdir! Vaqtingizning qiymati bo'lmasa, hech yo'q boshlarning qimmatli vaqtini hurmat qiling. So'ralmagan joylarda pashsha kabi burningizni suqib odamlarga hukm chiqarishni bas qiling. Sizlarni hech kim yaxshi ko'rmaydi. Hatto, xudoyingiz ham!

Tinchlik, xotirjamlik.

@kitobqurti
299 views16:51
Открыть/Комментировать
2021-09-13 12:00:59 Turgan joyingda qadirsiz lek bir butunlikka erishishdan ko'ra,
parchalanib parchalanib bo'lsada "ketish"ni haqiqatga yaqinligini sezyabman.

@kitobooknigam
36 viewsedited  09:00
Открыть/Комментировать
2021-09-13 07:31:22 ​​Тунда дарс тайёрлаябман, кимнидир бақириб-бақириб шеър ўқиётгани эшитилябти, хойнахой устки қаватдаги қўшнининг фарзанди. Қайта-қайта ўқилябти шеърнинг сатрлари ва яна бақириб бақириб )
Эсимга ўзимнинг мактаб давримдаги адабиётдан шеър ёдлашларимиз тушади. Шеър ёдлашни турли хилини қилардик, мен ховлимизда юриб ёдлардим шундагина ақлимда қоларди, қўшни болача эса ўз овозини эшитиб ёдлаябти (фақат ўзи эмас бошқалар ҳам эшитятби энг қизиғи)

Эрталаб тонг отди, ҳамма ишга ўқишга таёргарчилик кўрябти. Тунда дона-дона ўқилаётган шеър энди тонгда Онаси билан бирга ёддан айтилябти. (Табиики бола шеърни қайталаб ўқигунча Оналар ёдлаб олишган бўлишади, тутилиб қолган жойларини эслатябти халиги Она)...

Қахвамни ичиб тугатгунимга қадар шеър ҳам ёддан бир неча бор айтилди, Онаси мақтади мен ҳам кулиб қўйдим чунки қўшни болакайни ҳам қувончи ортганини ҳис этгандек бўлдим. Адабиётни кучи мана шунақа нарса, кўринмайди лекин доим мавжуд.

@kitobooknigam
230 views04:31
Открыть/Комментировать
2021-09-11 21:04:45 @kitobooknigam
242 views18:04
Открыть/Комментировать
2021-09-10 20:08:39 ​​Bir kuni suv bilan shakar urushib qolibdi. Suvning shakar bilan nima ishi bor ekan deng. Suv hadeb shakarni qo'rqitib: "Men seni yeb qo'yaman. Men seni eritib yuboraman. Men seni yumshatib tomchiga aylantiraman!" dermish. Shakar esa uning gaplarini hech tushunmabdi. Shakar hayotida erib ko'rmagan tomchilarga aylanmagan ekan-da. Shuning uchun bu gaplardan qo'rqibdi, u qattiqqina oppoq qandga aylanib qolibdi. Suvning ishi eritish va maqsadi ham suvligini qilish, shakarning ishi esa shirinligini ulashish.
Suv bir hamla qilib shakarning ustiga yopirilibdi. Keyin nima bo'libdi dersiz?
Shakar yanayam mayda zarralarga aylanib, suvning joniga kirib olibdi: shirin suv paydo bo'libdi.
Shakar esa suvning ichida ham shirinligini yo'qotmaganidan xursand bo'libdi. Ammo suv hali ham shakarni yo'q qilib yubordim deb o'ylar ekan.


Qissadan hissa: kim shakar-u kim suv aslida "mohiyatimiz"ni unutmasak bas.

@kitobooknigam
537 views17:08
Открыть/Комментировать
2021-09-07 17:53:21
Fitratni ko'rdim - titrab ketdim.

@kitobooknigam
428 views14:53
Открыть/Комментировать
2021-09-06 18:52:14
@kitobooknigam
333 views15:52
Открыть/Комментировать
2021-09-01 15:29:37
Kuz!
choyni, qahvani qaynoq tutunidan zavq olib ichiladigan fasl
g'ichr g'ichir barglarni bosishga iymanib qadam tashlanadigan,
shamolida butun olamni kezadigan fasl
to'yib-to'yib kitobni o'qidigan,
kitobni hididan mast bo'ladigan fasl,
yomg'irlarni kutmaydigan
yomgirlar kuniga yog'ishiga ishoniladigan fasl,
daraxtlar emas, daraxtlarni barglari gullaydigan fasl,
bizga sokinligi bilan huzur keltiradigan,
shoshishimiz kerakmasligini ko'z o'ngimizda ko'rsatadigan,
mazza qilib yayov yuradigan
va albatta o'zgarishlar faslisan kuz!

Hoş geldin Eylül!
@kitobooknigam

P.s. Eylül - Sentyabr (turkchada)
286 views12:29
Открыть/Комментировать
2021-08-30 18:28:25 @kitobooknigam
274 views15:28
Открыть/Комментировать
2021-08-29 21:18:53 barchasiga ko'nikkan ko'ngil,
azoblarga oshiq bo'larmush,
azoblarsiz qolsa ohu dil
bila turib senga do'narmush,
qayt demaydi
na zabon hech sas,
yana qayta cho'kadi dunyom,
har qaytganda o'yginam bir pas
qayta-qayta barpolar dunyom...

sen dema,
men demay,
demasin hech kim...
Qayt demoqqa yetmasin jur'at,
bekor o'tib butun umrimiz,
qaytarkanmiz so'zssiz indamay.

barchasi sen,
bari sensizmish,
senli kunlar
kunmasmish sensiz,


sening hechligingga oshiq bo'lgum men!

p.s. She'r yozmayman, lekin miyyada shunaqa satrlar aylanaveradi bundan faqat yozib qutulish mumkin.

@kitobooknigam
337 views18:18
Открыть/Комментировать