2021-05-05 21:53:40
Tun.
Soat 11:30.
Xonada nimanidir qidirib derazam oldiga bordim.
Deraza burchagida ko'rimsiz holda qolgan pushti mitti quti. Ha, o'sha! Unga ko'zlarimni tikib soniyacha qarab qoldim. Ichida nimalar borligini ich-ichimdan bilsamda, lek jur'atla tez-tez qo'l urmaydigan pushti qutim.
Yutindim.
Qo'limga oldim, o'rnimga kelib asta avaylagandek ochdim.
Huddi xontaxtaga dasturxon yozgandek, o'tmish xotiralar oldimga sochildi-yu burishiq salfetkalar, rangli qaydnomalar ko'rindi.
Avval, huuu oldiiiiin.
Mening menim o'zini bilmagan damlarimda yig'lagan ko'z yoshlarimni o'zida saqlagan oppoq salfetkalarim.
Kunimni shukrla o'tkazgan damlarimda yozgan rango-rang qaydli qog'ozlardagi shukrona jumlalarim.
Bularning bari meni "men" bo'lishimda o'z hissani qo'shgan, men ulardan ayro emas butun holdaman. Ular men bilan bor bo'lganidek, men ham ular bilan ma'nolarga boy o'tmishimni yaratganman.
Ajabo, men o'shanda menmidim?
@kitobooknigam
11:52 P.M.
553 views18:53