Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Bir kuni suv bilan shakar urushib qolibdi. Suvning shakar bi | kitobоокнига♾

​​Bir kuni suv bilan shakar urushib qolibdi. Suvning shakar bilan nima ishi bor ekan deng. Suv hadeb shakarni qo'rqitib: "Men seni yeb qo'yaman. Men seni eritib yuboraman. Men seni yumshatib tomchiga aylantiraman!" dermish. Shakar esa uning gaplarini hech tushunmabdi. Shakar hayotida erib ko'rmagan tomchilarga aylanmagan ekan-da. Shuning uchun bu gaplardan qo'rqibdi, u qattiqqina oppoq qandga aylanib qolibdi. Suvning ishi eritish va maqsadi ham suvligini qilish, shakarning ishi esa shirinligini ulashish.
Suv bir hamla qilib shakarning ustiga yopirilibdi. Keyin nima bo'libdi dersiz?
Shakar yanayam mayda zarralarga aylanib, suvning joniga kirib olibdi: shirin suv paydo bo'libdi.
Shakar esa suvning ichida ham shirinligini yo'qotmaganidan xursand bo'libdi. Ammo suv hali ham shakarni yo'q qilib yubordim deb o'ylar ekan.


Qissadan hissa: kim shakar-u kim suv aslida "mohiyatimiz"ni unutmasak bas.

@kitobooknigam